• 1. Tekshirishlarni reglamentlashtirilish tartibi.
  • 4 – ma’ruza mavzu: Metrologik xizmatda qiyoslash va kalibrlash ishlarini tutgan o’rni. Qiyoslash sifatini va qiyoslash ishlarini unumdorligini oshirish. Reja




    Download 59 Kb.
    bet1/3
    Sana06.03.2024
    Hajmi59 Kb.
    #167976
      1   2   3
    Bog'liq
    Asosiy termodinamik holat parametrlari, siddiqov word, Baholash faoliyati to\'g\'risida, Маълумотларга дастлабки ишлов бериш фанидан 1-топшириқ, 1-SINF Tarbiya, kasbiy faoliyatda axborot Nuriddinov, ABN yangi sillabus 2023 2 uzb, test olimpiada saralaw, Elektra stansiyalarni ekalogiya ga tasiri referat, Neftni atmosferali haydash Kurs ishi, DEMIDOVICH ORGINALI, Percy Shelley his life and work, Fat man 2 3, Kabel turlari va ularning qo’llanishi, Tarmoq xavfsizligi

    4 – MA’RUZA
    MAVZU: Metrologik xizmatda qiyoslash va kalibrlash ishlarini tutgan o’rni. Qiyoslash sifatini va qiyoslash ishlarini unumdorligini oshirish.
    Reja:
    1. Tekshirishlarni reglamentlashtirilish tartibi.
    2. O‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar.
    3. Metrologiya xizmati idorasi tekshiruv o‘tkazish tartibi.


    Tayanch so‘zlar va iboralar: o‘lchash vositalarini tekshirish,birlamchi tekshiruv, davriy tekshiruv, navbatdan tashqari tekshiruv, inspeksion tekshiruv, ekspert tekshiruvi.


    1. Tekshirishlarni reglamentlashtirilish tartibi. Tekshirishlarni reglamentlashtirilgan holda tashkil qilish va o‘tkazishning asosiy hujjati bo‘lib, GOST 8.513 – 84 “O‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashning davlat tizimi. O‘lchash vositalarini tekshirish. Tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi” xizmat qiladi. Ushbu standart quyidagi asosiy shartlarga asoslanadi:
    – mamlakatda o‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashning muhim vositasi o‘lchash vositalarini tekshirish hisoblanadi;
    – tekshirish barcha o‘lchash vositalarini – ishlab chiqarish va ta’mirdan chiqqan, chet eldan keltirilgan, foydalanilayotgan va saqlashdagi vositalarning barchasini qamrab olishi kerak;
    faqatgina, tekshirish, metrologik va texnik talablarga mos kelishini tasdiqlagan o‘lchash vositalarigina qo‘llash uchun yaroqli deb tan olinishi mumkin;
    – foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalarini tekshirish davriyligi foydalanish sharoitlariga bog‘liq va u nosoz asboblarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashi lozim;
    – tekshirish, tekshirish bo‘yicha NTD talablaridan kelib chiqqan holda maxsus tayyorlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
    Standartda tekshirishning besh turi nazarda tutilgan: ular – birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert.
    Ishlab chiqarish yoki ta’mirdan chiqarilayotgan, shuningdek xorijdan keltiriladigan o‘lchash vositalarining barchasi (sinov va tekshirish natijalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga ega bo‘lgan mamlakatlardan keltiriladigan o‘lchash vositalari bundan mustasno) birlamchi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
    Davriy tekshirish bu – o‘lchash vositalaridan foydalanish yoki ularni saqlash vaqtida ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng o‘tkaziladigan tekshirish. Ushbu vaqt oraliqlari – tekshirishlar o‘rtasidagi interval – tekshirishlar orasidagi davrda o‘lchash vositalarining metrologik sozligini ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatilishi lozim.
    Navbatdan tashqari tekshirish bu – navbatdagi davriy tekshirish muddatigacha amalga oshiriladigan tekshirish hisoblanadi. Navbatdan tashqari tekshirishlar quyidagi holllarda majburiy amalga oshiriladi:
    – o‘lchash vositalarining sozligini tasdiqlash lozim bo‘lganda;
    – agar o‘lchash vositalari tekshiruvlar orasidagi intervalning yarmi o‘tgandan keyin komplektlovchi (tarkibiy qism) buyum sifatida o‘rnatilsa;
    – ishonch kleymasi, plombalari shikastlanganda va o‘lchash vositasining davriy tekshiruvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qolganda;
    – o‘lchash vositasini konservatsiyalanganligiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda davriy tekshiruvdan o‘tkazish imkoni bo‘lmagan saqlashdan keyin foydalanishga kiritishda;
    – o‘lchash vositalarini uzoq muddatli saqlashga berish va saqlash davrida qaytdan konservatsiyalashda;
    – tekshiruvlar orasidagi intervalning yarmigacha, o‘lchash vositalarini iste’molchi – ishga tushmagan korxona – tayyorlovchiga berishda;
    – saqlashdan keyin ombordan olingan o‘lchash vositalarini foydalanishga kiritishdan oldin.
    O‘lchash vositalarini inspeksion tekshiruvi deb, Davlat nazorati va idora nazorati o‘tkazilayotganda amalga oshiriladigan tekshiruvlarga aytiladi. U ishlab chiqarish yoki tamirdan chiqarilayotgan hamda muomalada bo‘lgan o‘lchash vositalarini sozligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
    Ekspert tekshiruvi o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda sozligi, ularning qo‘llashga yaroqliligi bo‘yicha bahsli savollar yuzaga kelganda amalga oshiriladi.
    Tekshiruvni kim amalga oshirayotganligidan kelib chiqqan holda, o‘lchash vositalarini tekshirish davlat va idora tekshiruviga farqlanadi.
    Davlat tekshiruvini O‘zstandartning quyidagi hududiy organlari amalga oshiradi: metrologik institutlar, standartlashtirish va metrologiya markazlari, standart va o‘lchash texnikalari bo‘yicha Davlat nazorati laboratoriyalari. Mamlakatda o‘lchashlar yagonaligini ta’minlashda eng muhim rolь o‘ynaydigan, moddiy hisob, qo‘riqlash va boshqalar uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi o‘lchash vositalari Majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Ularga quyidagi o‘lchash vositalari kiradi:
    davlat metrologiya xizmati organlarida ishlatiladigan vositalar;
    metrologiya xizmatlari ko‘rsatish idorasi organlarida boshlang‘ich namunaviy o‘lchash vositalari sifatida ishlatiladigan vositalar (boshlang‘ich namunaviy o‘lchash vositalariga korxonaning metrologiya xizmatlarini lokal tekshirish sxemasining eng yuqori pog‘onasiga mos keluvchi namunaviy tarozilar va namunaviy asboblar, ya’ni ushbu korxona uchun eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari kiradi);
    to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llanilish vazifasi yoki korxona buyurtmasi shartlariga ko‘ra namunaviy o‘lchash vositasi sifatida ishlab chiqarilayotgan o‘lchash vositalari;
    moddiy boyliklar, yoqilg‘i va energiya hisoblari, hisob va savdo bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek tabiiy muhitlarni himoyalash, mehnat xavsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchashlarda ishchi o‘lchash vositasi sifatida qo‘llashga mo‘ljallangan va qo‘llanilayotgan vositalar;
    milliy va xalqaro rasmiy sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchashlarda ishlatiladigan vositalar.
    Qolgan barcha o‘lchash vositalari idoraga oid tekshiruvdan o‘tkaziladi, ya’ni korxonadagi metrologiya xizmati tomonidan tekshiriladi. Agar korxonada metrologiya xizmati mavjud bo‘lmasa, yoki tekshiruv huquqiga ega bo‘lmasa, unda korxonaning o‘lchash vositalari davlat metrologiya xizmati ko‘rsatish organlarida yoki tekshiruv huquqiga ega bo‘lgan boshqa korxonaning metrologiya xizmati idorasida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
    O‘lchash vositalarini tekshirish me’yoriy – texnik hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Umumiy qo‘llanishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalari uchun bunday hujjatlar davlat standartlari yoki O‘zstandartning tekshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalari hisoblanadi.

    Download 59 Kb.
      1   2   3




    Download 59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4 – ma’ruza mavzu: Metrologik xizmatda qiyoslash va kalibrlash ishlarini tutgan o’rni. Qiyoslash sifatini va qiyoslash ishlarini unumdorligini oshirish. Reja

    Download 59 Kb.