O‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar




Download 59 Kb.
bet2/3
Sana06.03.2024
Hajmi59 Kb.
#167976
1   2   3
Bog'liq
Asosiy termodinamik holat parametrlari, siddiqov word, Baholash faoliyati to\'g\'risida, Маълумотларга дастлабки ишлов бериш фанидан 1-топшириқ, 1-SINF Tarbiya, kasbiy faoliyatda axborot Nuriddinov, ABN yangi sillabus 2023 2 uzb, test olimpiada saralaw, Elektra stansiyalarni ekalogiya ga tasiri referat, Neftni atmosferali haydash Kurs ishi, DEMIDOVICH ORGINALI, Percy Shelley his life and work, Fat man 2 3, Kabel turlari va ularning qo’llanishi, Tarmoq xavfsizligi
2. O‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar. Agar bir turdagi o‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar (texnik shartlar) ning davlat standarti mavjud bo‘lsa va tekshirish vositalarini seriyali ishlab chiqarilishi ta’minlangan bo‘lsa, bunday o‘lchash vositalari uchun Tekshirishlar metodikasining Davlat standarti ishlab chiqiladi. Seriyali ishlab chiqariladigan yoki partiyalab import qilinadigan va tekshirish vositalari bilan ta’minlangan o‘lchash vositalari uchun O‘zstandartning tekshirish bo‘yicha metodik (uslubiy) ko‘rsatmasi ishlab chiqiladi.
Davlat sinovi qabuliga taqdim etilgan yangi o‘lchash vositalari uchun tekshirish bo‘yicha metrologiya institutlarining uslubiy ko‘rsatmasi ishlab chiqiladi va davlat metrologiya xizmatlari ko‘rsatish organlari yoki idoralarida sinovdan o‘tkazilgandan keyin tekshirish bo‘yicha O‘zstandartning uslubiy ko‘rsatmalari yoki davlat standartlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Standartlashtirilmagan, tor sohaga mo‘ljallangan, bir marta ishlab chiqilgan o‘lchash vositalarini idoraviy tekshiruvdan o‘tkazish uchun O‘zstandartning davlat standartlari va uslubiy ko‘rsatmalari bo‘lmaganda, ishlab chiqaruvchilar ushbu o‘lchash vositalarini tekshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tuzishlari lozim. Ushbu ko‘rsatma ishlab chiqaruvchi korxonaning bosh metrologi tomonidan tasdiqlanadi.
Bitta fizik kattalikni o‘lchashga mo‘ljallangan yoki barcha diapazonda ishlatilmaydigan kombinirlashgan va ko‘p diapazonli o‘lchash vositalarini davriy tekshirish korxonaning bosh metrologi qaroriga ko‘ra faqat ishlatiladigan diapazonlardagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda o‘lchash vositasiga qo‘llanish sohasini belgilab beruvchi yozuv osiladi. Bunday yozuv pasport va tekshiruv haqidagi guvohnomaga ham amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.
Faqatgina, fizik kattaliklarning o‘zgarishini, ularni me’yorlashtirilmagan aniqlik bilan sifat bo‘yicha baholash uchun xizmat qiluvchi o‘lchash vositalari, ya’ni indikatorlar, shuningdek o‘quv maqsadlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari tekshiruvdan o‘tkazilmaydi. Ularning sozligini nazorat qilish idora xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunday o‘lchash vositalariga ko‘rinadigan qilib, “I” (indikator) yoki “U” (o‘quv (uchebnыy)) belgilari qo‘yiladi.

Download 59 Kb.
1   2   3




Download 59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘lchash vositalariga bo‘lgan texnik talablar

Download 59 Kb.