13- MA`RUZA
Mavzu: Ko`tarish tashish mashinalarini ishlatishda xavfsizlikni ta`minlash.
Reja:
Davlat texnika nazorati va texnika xavfsizligi bo`yicha umumiy qoidalar.
YKTTMM larini texnik ko`rikdan o`tkazish.
Kranlarda ishlash tartib qoidalari.
YKT mashinalarida ishlatiladigon xavfsizlik qurilmalari.
Tayanch soʻzlar: “To`xtatgich”, “bufer”, “o`chirgich”, “richag”, “qismiy tekshiruv”, “ to`liq tekshiruv”, “ statik sinov”, “dinamik sinov”, “xavfsizlik qurilmalari”.
Davlat texnika nazorati va texnika xavfsizligi bo`yicha umumiy qoidalar.
Davlat texnika nazorati. Texnika xavfsizligi yuk ko`tarish mashnalari bilan ishlashda katta ro`l o`ynaydi. Mashinadagi ozgina nosozlik yoki uni ishlatish yo`l yo`riqlarinibuzilishi katta jismoniy, iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shuning uchun bu masalaga katta e`tibor berilgan va berib kelinmoqda. Mashinalar bilan ishlashda texnika xavfsizligini nazorat qilish davlat miqyosida olib boriladi. Shu maqsadda xukumat qoshida sanoat va tog`-kon ishlarini xavfsiz olib borishni nazorat qilish davlat qo`mitasi GOSGORTEXNAZOR va viloyatlarda uning boshqarmalari tashkil etilgan. Bu tashkilot mashina va uning mexanizmlarini uning pasportida ko`rsatilgan norma va talablar bajarilayotganini, mashinaning sozligini nazort qilish bilan birga, bu mashina va mexanizmlarni loyixalash, tayyorlash, sinovdan o`tkazish, ekspulatatsiya qilish davrlari uchun yo`l-yo`riq, qonun-qoidalar ishlab chiqadi va uni xayotga tadbiq bo`lishini nazorat qiladi.
Mashinani ish jarayonida xavfsiz ishlashini ta`minlash uning konstruktsiyasini xisoblash va loyihalash davridan boshlanadi.Yuk ko`tarish va tashish mashinalari, mexanizmlari va elementlarining (arqon,ilmoq singari) konstruksiyasi, asosiy o`lcham va parametrlari davlat standartlari, GOSGORTEXNOZOR yo`l-yo`riq, qonun-qoida talablariga to`la javob berish kerak.
Texnika xavfsizligi bo`yicha umumiy qoidalar.
Texnika xavfsizligi bo`yicha:
1. Konstruksiyasi, mexanizm va uzellarni joylashtrilishi komponenti shunday bo`lishi kerakki, ularni mantaj, eksplutatsiya, remont, regrullovka qilishda qiyinchilik bo`lmasin, yani mashinaning biror uzelini chiqarib olish va boshqa asboblar bilan ishlaganda joy yetarli qulay xavfsiz bo`lishi kerak.
2. Yuritma va uztma uzellari xarakatda bo`ladigan elementlar yopilgan bo`lishi kerak.
3. Mashina va mexanizmlar saqlagichlar (predoxronitel), to`siqlar tormozlar, signallar elektr xavfsizlik elementlari, ish maydonlari (masalan kran uchun) ta`minlangan bo`lishi kerak.
4. Elektr apparatlari va simlari elektr xavfsizlik qonun-qoidalari bo`yicha tanlanishi, mantaj qilinishi u joylashtrilishi kerak.Metal qismlar qarshiligi noldan katta bo`lmagan o`tkazgich (sim) bilan zazemleniya qilingan bo`ishi kerak.
Elektr matorli boshqaruv zanjirida, tok kelishi to`xtab qolganda matorni tokdan uzib qo`yadigan avtomat bo`lishi kerak.Buni nolavey zashita deyiladi.Bunday qilinmasa tok kelganda mator o`zi yurib ketishi mumkin.Elektr matorni yuklanishdan tokning qisqa tutashuvidan saqlaydigan ximoyalar bo`lshi kerak.
Kran vaauning tagi yoritilgan bo`lishi kerak. Boshqaruv pulti priborlar 150…500 lyuks, kabina umumiy yuzasi 50…150 lyuks yoritilishi lozim.Yuk ushlagichlar 5 lyuks, yukni maydonlari 20 lyuksdan kam bo`lmagan xolda yoritilishi kerak.
YKTTMM ekspluatatsiya davrida ularning ish qobiliyati texnika xavfsizligi bo`yicha GOSGORTEXNOZOR tartib qoidalariga standartlarning texnik shart-talablariga muvofiqligini davriy tekshirilishdan o`tkazilib tushirilishi lozimligi davlat standartlarida belgilab qo`yilgan. Bu qoidalarga ko`ra YKT mashina va mehanizmlari xar 12 oyda qismiy va xar 3 yilda to`liq tekshiruvdan o`tkazilishi lozim. Kam ishlatiladigan YKT lar xar 5 yilda tekshiruvga tortiladi. Tekshiruvlarni korxononing texnika xavfzizligi bo`limi o`tkazadi va ishlatishga ruxsat beradi. GOSGORTEXNOZOR inspeksiyasi korxonada texnika xavfsizligi ishlari qanday borayotganini nazorat qilib turadi.
|