YKT mashinalarida ishlatiladigon xavfsizlik qurilmalari.
Bu qurilmalar mashinalarning eksplutatsiya davrida avariyasiz ishlashini ta`minlash uchun mo`jallangan. Ular mashina yoki mexanizmni o`z vaqtida to`xtatadi, ortiqcha yuklanishdan saqlaydi, og`darilib ketshini oldini oladi.
Ular ta`siri bo`yicha saqlovchi (predoxranitelniыe) va signal beruvchi (tok yorug`ligi, ovoz bilan) turlariga bo`linadi.
Axamiyati bo`yicha o`chiruvchi (xarakatni oxiriga o`chirgich qo`yiladi) chegaralovchi (ko`tarish mexanizmida qo`yiladi, ortiqcha yukni ko`tarmaydi) mashina shamol tasirida siljib ketishiga qarshilik qiluvchi (pretivougonniye) va to`suvchi (xar xil to`siqlar) turlarga bo`linadi.
1. Ko`tarish va qulochni o`zgartrish mexanizimlarining xavfsizligini ta`minlash uchun yuk va strela oxirgi chegarasiga kelganda hamda ko`tarish quvvatidan ortiq yukni ko`targanda matorni avtomatik o`chiradigan jihozlar qoyiladi.
1.1.Yuk va strelani ko`tarish yo`lining oxiriga o`chirgichlar qo`yiladi.
Bu o`chirgichlar yuk ko`taruvchi bloklarni va strelani tayanchga borib urilishidan saqlaydi.O`chirgichlar bir tomonli (fiqat ko`tarishning oxirida) va ikki tomonli (yukni tushirish tomonida ham) bo`ladi. Richakli knopkali o`chirgichlar faqat bir tomonni o`chirishi kerak bo`lganda ishlatiladi. Oxirgi o`chigichlar mexanizmni qayta ishga tushurganda faqat orqaga yurishni ta`minlaydi.
Bulardan tashqari yuk ko`tarish balandligini chegaralovchi maxsus jihozlar ham ishlatiladi. Bu elektromotorlarda foydalaniladi, chang va xo`llik yuqori xamda tipdagi jarayondagi oxirgi o`chirgichlar tez ishdan chiqadi. Bu xolatlarda kontaktsiz o`chirgichlar ishlatiladi. Elektron magnit indeks ultura tovish tipidagi bu priborlar nisbatan ancha mustahkam ishonchli xizmat muddati ko`p.
YKT mashinalarini ortiqcha yuklanishdan saqlash uchun, qaysiki buning oqibatida arqonlar uzilishi, ilmoqlar sinishi metal konstruksiyalari darz ketishi va qoldiq deformatsiya xosil bo`lishi mumkin yuk ko`taruvchanlikni chegaralovchi priborlar qo`yiladi. Datchikning kostruktsiyasi bo`yicha purjinali gidravlik elektrok bo`ladi.Qulochi o`zgaradigon strelali kranlarda xar bir quloch uchun ruxsat etilgan ko`tarish quvvatini ko`rsatuvchi pribor ko`rsatkichi ham ishlatiladi.Qulochi o`zgaradigon strelali kranlarda har bir qulochda yukdan xosil bo`ladigan moment xar xil bo`lganligi uchun momentga ishlatiladigan ko`taruvchanlikni chegaralovchi ham ishlatiladi.Bular moment predelga yotganda matorni o`chiradi.
Teleshka yoki kran yo`llarining oxiriga zarbani yumshatuvchi, yo`lni to`suvci to`siqlar –uprugiy buferlar (yog`ochli, rezinali,purjinali,gidravlik) qo`yiladi.
Yuklarni koʻtarish, tushirish va koʻchirish ishlarini bajarishda xavfsizlik ta`minlash maqsadida kranlarning mexanizmlari avtomatik toʻxtatgich qurilmalar turli cheklovchi moslamalar bilan jihozlanadi. Bunday moslamalarning aniq ishlashi va ishonchli boʻlishi xavfsizlikni ta`minlash garovidir.
Xavfsizlik qurilmalari ishlash printsipi, bajaradigan vazifasi va tuzilishiga koʻra quyidagi gruppalarga klassifikatsiyalanadi:
1. Mexanizmlar, yuk va kranning xarakatini cheklovchi moslamalar. Bularga chetki oʻchirgichlar va cheklagichlar kiradi.
2. Yuk massasi va momentini cheklovchi qurilmalar.
3. Yurib ketishda saqlovchi moslamalar.
4. Shamol kuchi va tezligini oʻlchovchi, ogohlantiruvchi qurilmalar.
5. Mexanizm va kranning harakat yoʻlini cheklovchi bufer qurilmalar.
6. Kran mexanizmlarini notoʻg`ri ishga tushirilishidan saqlovchi blokirovka qurilmalari.
7. Krenomerlar va ilgak qulochining oʻzgarishini koʻrsatuvchi qurilmalar. Krenomerlar kran ishlayotgan maydonning eng xavfli qiyaligi toʻg`risida ogohlantiradi.
8. Yukni vertikal tekislikdan og`ishdan saqlovchi qurilmalar.
9. Kran mexanizmlarining maksimal tezligini cheklovchi qurilmalar.
10. Ish xavfsizligini ta`minlovchi tovush va yorug`lik bilan ogohlantiruvchi qurilmalar.
11. Elektr motorning oʻta yuklanishdan himoyalovchi tok, issiqlik ximoya vositalari.
12. Yashin qaytargichlar. Elektr yuritmali yuk koʻtarish mexanizmlari oxirgi oʻchirgichlar bilan jihozlanadi.
Bunday qurilmalar yukning eng yuqorigi va pastki holatlarida elektr zanjirini tok manbaidan avtomatik tarzda uzadi. Ular shunday oʻrnatiladiki, mexanizm harakatdan toʻxtatilganda yuk ilgagi bilan balandlikni cheklovchi tirgak orasidagi masofa elektr tallarda 50 mm, yuk koʻtarish mashinalarining boshqa turlarida 200 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Yuk harakatini bir tomonlama cheklashda richagli va knopkali oxirgi oʻchirgich qoʻllaniladi (13.1-rasm).
13.1-rasm. Richag va knopkali oʻchirgichlar.
Ilgak moslamasi eng chetki holatini egallaganda tok zanjiri uziladi va tormoz ishga tushadi. Bu holda yuk koʻtarish mexanizmining elektr sxemasi uning faqat teskari yoʻnalishda harakatlanishiga imkon beradi.
Mexanizmning har ikkala yoʻnalishdagi harakatini cheklash uchun shpindelli oʻchirgichlar ishlatiladi (13.2 rasm).
13.2-rasm. Shpindelli oʻchirgichlar.
Bunday moslamalar mexanizmning aylanuvchi vallariga oʻrnatiladi. Oʻchirgichning shpindel-vinti 3 tishli yoki zanjirli uzatma mexanizmdan harakatni oladi. SHpindel rezbasi boʻylab gayka 2 suriladi va chetki holatlarda elektr zanjirining kontaktlari 1 va 4 ni ajratadi. Agar kontakt 1 uzilgan boʻlsa, kontakt 4 qoʻshilgan xolatda boʻladi, u holda kontaktor 6 zanjiri uziladi va elektr dvigatelning harakati tuxtatiladi. Kontroler 5 punktir bilan koʻrsatilgan holatga surilganda kontaktor 5 mexanizm elektr dvigatelini ishga tushiradi. Gayka 2 esa 1 kontaktdan 4 kontakt tomonga harakatlanadi.
13.3. rasmda KU tipdagi richagli oʻchirgich koʻrsatilgan.
13.3-rasm. KU tipdagi richagli oʻchirgich.
Bu moslama koʻprik kranlarda koʻtarish balandligini cheklash maqsadida qoʻllaniladi. U boshqarish zanjiri bilan bog`langan boʻlib, kontaktlari richag 3 ga sharnir bilan bog`langan yuk 2 yordamida ulangan holatda ishlab turadi. Richag 3 dan kuch oʻchirgich richagiga tros 1 vositasida oʻzatiladi.
Ilgak osmasi 4 yuqorigi chetki holatini egallaganda, richag 3 ni koʻtarib, tros 1 ni boʻshatadi. Oʻchirgichning prujinasi ta`sirida uning kontaktlari uziladi va yuk koʻtarish mexanizmining elektr yuritmasi tok manbaidan ajratiladi.
Kranlarning oʻta yuklanishi ta`sirida arqonlarining uzilib ketishi, ilgak yoki boshqa detallarning yorilishi, sinishi, metall konstruktsiyaning deformatsiyalanishdan strelali kranlarning ag`darilib tushishi mumkin. Bunday xavfdan saqlash maqsadida yuk koʻtarish mexanizmlari oʻta yuklanish hollarida avtomatik oʻchiruvchi moslamalar bilan jihozlanadi. Bunday moslamalar strelali va minorali kranlarda yuk nominal qiymatidan 10 % oshganda, portal kranlarda 15 % oshganda, koʻprik kranlarda 25 % oshganda elektr yuritma zanjirini avtomatik uzadi.
13.4 - rasmda prujinali yuk koʻtarishni cheklash moslamasining konstruktsiyasi koʻrsatilgan.
13.4-rasm. Prujinali yuk ko`taruvchanlikni cheklash moslamasi.
Unda yukli arqon bloki richag 1 ning qisqa yelkasiga oʻrnatilgan. Richag 1 ning ikkinchi yelkasi shtok vositasida prujina 2 qisiladi va planka 3 avtomat oʻchirgichning shtoki 4 ni harakatlanib yuk koʻtarish mexanizmining elektr zanjirini ajratadi.
Strelali kranlarda yuk massasi bilan birgalikda ilgak qulochining oʻzgari ishiga bog`liq holda yukning momenti ham cheklanadi.
13.5 – rasmda tortsion yuk momentini cheklagich koʻrsatilgan.
13.5–rasm. Yuk momentining torsion cheklagichi.
U torsion poʻlat 3 dan tashkil topgan. Val 3 bir uchi bilan poʻlat truba 9 ga bikr qilib mahkamlangan. Tortsion valning ikkinchi uchi harakatlanish imkoniyatiga ega boʻlib, unga podshipnik 10 vositasida sirg`a 2 mahkamlangan. Sirg`a 2 strela qulochini oʻzgartiruvchi arqon 1 ning qoʻzg`almas uchi bilan bog`langan tortsion valning buralishi ya`ni unga oʻrnatilgan richag 4 ning burilishi val 3 ning ish jarayonida elastik deformatsiya chegarasida boʻlib, yukni koʻtarishda strela polispastida hosil boʻladigan taranglik kuchiga proportsional.
Taranglik kuchi ruxsat etilgan qiymatidan ortganda richag 4 mikro oʻchirgich 5 ga ta`sir etib, elektr zanjirini uzadi va avariya paytida chalinadigan tovush hamda yorug`lik signallarini ulaydi.
Kranning qoʻshimcha nagruzkasi 10 % dan ortganda strelaning barcha og`ish burchaklarida ishlay olishini ta`minlash uchun cheklagich ma`lum profili kulachok shaklidagi sozlovchi moslama 6 bilan ta`minlangan. U richag 7 vositasida strela 8 bilan bog`langan. Strelaning og`ish burchagi oʻzgarganda kulachok 6 buriladi va mikrooʻchirgich 5 ning holati oʻzgaradi. Bunda mikrouchirgichning shtogi bilan richag 4 orasidagi masofa oʻzgaradi. Bu esa kuch momentining ham oʻzgarishini ta`minlaydi.
Kran va aravachalarni harakatlantirish mexanizmlarining harakat xavfsizligini ta`minlash uchun kran va kran aravachasi harakat yoʻllarining ikki chetiga bufer moslamalar hamda chetki oʻchirgichlar oʻrnatilgan.
Bufer moslamalar asosan yumshoq rezina yoki prujinadan tayyorlanib xarakat oxirisida inertsiya kuchlarini soʻndirish uchun xizmat qiladi. Ustki oʻchirgich sifatida knopkali oʻchirgichlar qoʻllanilib, ular bufer moslamalar bilan birgalikda oʻrnatiladi yoki xarakat tezligi katta boʻlganda, harakat yoʻlining oxirida bufer moslamasidan ma`lum masofa oldinroqda oʻrnatiladi. Bu masofa kranning harakatlanishidan hosil boʻladigan inertsiya kuchining kattaligiga va tormozlash yoʻliga bog`liq boʻladi.
Ochiq maydonda ishlaydigan kranlar (strelali, minorali, portal kranlar) tormozdan tashqari, haydab ketilishga qarshi moslamalar v anemometrlar bilan ham jihozlanadi. Bundan koʻzlangan maqsad shamol kuchli boʻladigan zonalarda kranlar ishining xavfsizligini ta`minlashdir.
Agar shamolning bosim kuchi kranning tinch holatida uning oʻz massasidan g`ildiraklarda hosil boʻladigan harakatga qarshiligi kuchidan katta boʻlsa, kran garchi tormozlab qoʻyilgan boʻlsa ham, oʻz-oʻzidan harakatlana boshlashi mumkin.
Kranlarda qoʻllaniladigan anemometrlar shamol bosimi kuchini oʻlchab beradi va uning kran turg`unligi uchun xavfli qiymatlarida kran xarakatini toʻxtatishni talab etuvchi tovushli yoki yorug`lik signali beradi.
|