|
Kelajakdagi atrof-muhit muammolari
|
bet | 1/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #133467 |
Bog'liq KELAJAKDAGI ATROF-MUHIT MUAMMOLARI Reja - Iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar.
- Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli.
- Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit
Tabiatning ham sabr-toqat chegarasi bor, insonlarning shafqatsizliklari me’yoridan oshganda, u qasos olishni boshlaydi. - Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror manbadir. Insoniyat va tabiat o‘rtasidagi mavjud muvozanat esa shu qadar nozik, o‘zaro bog‘liq, o‘zaro tobe va shunchalar zaifki, gohida u yoki bu inqiroz, falokat yoki halokatning ibtidosini ilg‘ash juda mushkuldir. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib, sayyoramiz aholisi 8,0 mlrdga yetadi. Mavjud noekologik texnologiyalar sharoitida bu atrof-muhit sifatining keskin yomonlashuvi, suv va havo havzalarining keskin ifloslanishi, tabiiy resurslarining kamayishi, ko‘plab murakkab iqtisodiy, energetik, oziq-ovqat hamda ijtimoiy-siyosiy muammolarga olib kelishini tushunish qiyin emas, hatto hozirda kunda bu kabi oqibatlarning shohidi bo‘lmoqdamiz. XXI asr chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topish uchun zamonaviy muammolarni hal qilish va kelgusida ularning oldini olishga yo‘naltirilgan barqaror taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqildi. “Barqaror taraqqiyot” atamasi (Sustainable Development) ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, uni turg‘un, qo‘llab-quvvatlanayotgan, avaylanayotgan,
davomli, uzluksiz rivojlanish deb tarjima qilish mumkin. Adabiyotda ushbu tushunchaning yuzdan ortiq ifodalarini uchratish mumkin. Uning ko‘p ishlatiladigan ifodasi 1987-yilda e’lon qilingan “Bizning umumiy kelajagimiz” mavzusidagi ma’ruzada keltirilgan. Unga ko‘ra, “Barqaror taraqqiyot” deganda hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi.2Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi 1992-yilda Rio de Janeyroda tashkil qilingan, dunyo mamlakatlari rahbarlarining eng yirik uchrashuvlaridan biri sanalgan yig‘ilishda tasdiqlangan. Mazkur forumda ishtirok etgan 179 mamlakatning siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari o‘zlariga istiqbolda jahon taraqqiyotini barqarorlashtirish majburiyatini oldilar va bu iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni emas, balki kelgusi avlodlarning katta miqdordagi ehtiyojlarini ko‘zda tutadi. Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning resurslari cheksiz va bitmastuganmasdek ko‘ringan bo‘lsa, sanoat taraqqiyoti davri, ya’ni oxirgi ikki asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan bo‘lib bormoqda. - davomli, uzluksiz rivojlanish deb tarjima qilish mumkin. Adabiyotda ushbu tushunchaning yuzdan ortiq ifodalarini uchratish mumkin. Uning ko‘p ishlatiladigan ifodasi 1987-yilda e’lon qilingan “Bizning umumiy kelajagimiz” mavzusidagi ma’ruzada keltirilgan. Unga ko‘ra, “Barqaror taraqqiyot” deganda hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi.2Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi 1992-yilda Rio de Janeyroda tashkil qilingan, dunyo mamlakatlari rahbarlarining eng yirik uchrashuvlaridan biri sanalgan yig‘ilishda tasdiqlangan. Mazkur forumda ishtirok etgan 179 mamlakatning siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari o‘zlariga istiqbolda jahon taraqqiyotini barqarorlashtirish majburiyatini oldilar va bu iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni emas, balki kelgusi avlodlarning katta miqdordagi ehtiyojlarini ko‘zda tutadi. Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning resurslari cheksiz va bitmastuganmasdek ko‘ringan bo‘lsa, sanoat taraqqiyoti davri, ya’ni oxirgi ikki asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan bo‘lib bormoqda.
|
| |