• AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI
  • Tanlovda qatnashish uchun qabul komissiyasiga 2019 yil 10 avgustgacha ariza va quyidagilar taqdim etilishi kerak
  • Elektron pochta manzili
  • Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti urganch filiali tarkibida tashkil qilingan o’zbek-belarus qo’shma fakultetiga abituriyentlar qabul qilinadi




    Download 16.92 Kb.
    Sana03.07.2021
    Hajmi16.92 Kb.
    #15356

    TOSHKENT AХBOROT TEХNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI TARKIBIDA TASHKIL QILINGAN O’ZBEK-BELARUS QO’SHMA FAKULTETIGA ABITURIYENTLAR QABUL QILINADI

    Fakultet Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti (TATU) va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetlari (BDIRU) tomonidan hamkorlikda tashkil qilingan. Qo’shma fakultetda ta’lim olish ikki bosqichda tashkil etiladi. Ya’ni, talaba 1-2-kurslarda TATU Urganch filialida tahsil olsa, 3-4-kurslarni BDIRUda davom ettiradi.

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU-BDIRU) bakalavriatning “AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING DASTURIY TA’MINOTI” ta’lim yo’nalishi bo‘yicha o‘qishga hujjatlarni qabul qiladi.


    • Qo’shma fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega bo‘lishadi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti;

    • Belorussiyada o’qish davrida yotoqxona bilan ta`minlanadi.

    • Talabalarga stipendiya berilmaydi.

    • O‘qish uchun kontrakt to‘lovlari quyidagilardan iborat:

    - birinchi bosqichda (TATU Urganch filialida 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSh doll.

    - ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSh doll.


    Tanlovda qatnashish uchun qabul komissiyasiga 2019 yil 10 avgustgacha ariza va quyidagilar taqdim etilishi kerak:

    • ariza (rus tilida);

    • 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

    •  pasport nusxasi;

    •  umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari.

    Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish bo‘yicha suhbat) natijalari asosida amalga oshiriladi. 2019-2020 o‘quv yilida qo’shma fakultetga Axborot texnologiyalarning dasturiy ta’minoti bakalavriati ta’lim yo’nalishiga 25 nafar talaba qabul qilinadi.

    Qabul komissiyaning qaroriga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar g‘oliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra qaror qabul qilinishi mumkin.


    TATU-BDIRU qabul komissiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida joylashgan (Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 110).

    Qabul har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha, yakshanba kunidan tashqari amalga oshiriladi.



    Elektron pochta manzili: info@ubtuit.uz

    Telefon: +998 62 224 61 37

    Download 16.92 Kb.




    Download 16.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti urganch filiali tarkibida tashkil qilingan o’zbek-belarus qo’shma fakultetiga abituriyentlar qabul qilinadi

    Download 16.92 Kb.