|
Faradey doimiysini va elektronning zaryadini aniqlash
|
bet | 1/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 105,71 Kb. | | #107723 |
Bog'liq L3-laboratoriya
FARADEY DOIMIYSINI VA ELEKTRONNING ZARYADINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:
Elektroliz yordamida vodorod olish va uning hajmini o'lchash
Talab etilgan o'zgarmas kuchlanish U0 da elektr toki ishini W o'lchash.
Faradey doimiysini F hisoblash.
Kerakli asbob-uskunalar: 1 dona suvni elektroliz qilish qismi (664350), 1 dona patnis,6 × 5 RE (64945), 1 dona Joul-vattmetr (53183), 1 dona o'zgarmas quvvat manbai 0±15 V (52145), 1 dona voltmetr, DC, U 30 V (531100), 1 dona termometr, −10 C to + 40 C (38236), Suyultirilgan sulfat kislota, 500 ml (674492), Ulovchi simlar
I. Nazariy ma’lumotlar
1.1. Elektrolitlar orqali elektr tokining o‘tishi. Tuzlar, kislotalar va ishqorlarning toza noorganik suyuqliklardagi eritmalari elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Shunday eritmalarga elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlar ikkinchi jins o‘tkazgichlarga mansub bo‘lib, ionli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladilar. Ularda tok hosil qiluvchi zaryadli erkin zarralar – ionlar elektrolitik dissosiasiya hodisasi tufayli paydo bo‘ladi. Eruvchi (tuz, kislota, ishqor) va erituvchi (masalan, suv) molekulalarining erish jarayonida o‘zaro ta’sirlashishlari tufayli eruvchi molekulalarning qarama-qarshi ishorali zaryadga ega bo‘lgan ionlarga parchalanish hodisasiga elektrolitik dissosiasiya deyiladi.
Elektrolitdagi qarama-qarshi ishorali ionlar tartibsiz issiqlik harakatini qiladi. Agar elektrolitda tashqi elektr maydoni hosil qilinsa, maydonning kuchi ( , qi – ionning zaryadi) ta’sirida undagi ionlar tartibli harakatga kelib, elektrolitda elektr toki paydo bo‘ladi. Shuning uchun elektrolitlarning elektr o‘tkazuvchanligiga ionli o‘tkazuvchanlik deyiladi. Elektrolitdan o‘zgarmas elektr toki o‘tganda, unda erigan modda elektrodlarda tarkibiy qismlarga ajralib chiqadi. Bu hodisaga elektroliz deyiladi.
Elektroliz hodisasini tajribada kuzatish uchun metall (yoki ko‘mir) elektrodlar botirilgan elektrolit orqali o‘zgarmas elektr toki o‘tkaziladi. Tokni hosil qilayotgan manfiy ionlar (anionlar) anod elektrodga tomon, musbat ishorali ionlar (kationlar) esa katod elektrodiga tomon tartibli harakat qiladilar. Ular elektrodlarga yetib kelib neytrallanadi (zaryadsizlanadi): anionlar ortiqcha elektronlarini anodga, kationlar yetishmagan elektronlarini katoddan qabul qiladilar.
|
| |