|
Faradey doimiysini va elektronning zaryadini aniqlash
|
bet | 5/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 105,71 Kb. | | #107723 |
Bog'liq L3-laboratoriyaQo'shimcha ma'lumot
Kislorod va boshqa gazlar elektrolitda erishi, gaz pufakchalari shisha devoriga yopishib elektrolit temperaturasini oshirishi va tok oqimi tufayli gaz sababli sistematik xatoliklar uchraydi. Elektroliz davomida ajralgan atomar kislorodning bir qismi reaksion ta'sirlashib per-sulfat kislotani hosil qiladi. Shuning uchun yig'ib olingan kislorod miqdori ajralgan kislorodnikiga qaraganda biroz kamroq bo'ladi. Shu sababli o'lchashlar vodorod miqdori orqali olib boriladi.
Nazorat savollari.
Elektrolitlar ionli elektr o‘tkazuvchanligining mexanizmini tushuntiring.
Elektrolitik dissosiasiya va elektroliz hodisalarining mohiyatini ayting. Elektroliz qo‘llaniladigan sohalarni ayting.
Faradeyning birinchi qonunini ayting va uning ifodasini nazariy jihatdan asoslang. Modda elektroximiyaviy ekvivalentining fizik mohiyatini ayting.
Faradeyning ikkinchi qonunini ayting. Ximiyaviy ekvivalent deb nimaga aytiladi?
Faradey qonunlarining birlashgan ifodasini yozing va undan foydalanib Faradey sonining fizik mohiyatini tushuntiring.
Elektrolitik vannadan o‘zgarmas elektr toki o‘tkazish tajribasidan elektrokimyoviy ekvivalentni (k) aniqlashni tushuntiring. O‘zgaruvchan elektr toki o‘tkazish yo‘li bilan ham k-ni aniqlab bo‘ladimi?
Tajriba nisbiy xatoliklarini aniqlaydigan (13), (16) va (12) ifodalarni nazariy jihatdan asoslab bering.
Adabiyotlar
Frish S.E., Timoreva А.V. Umumiy fizika kursi. 2-tom. – Тoshkent: O‘qituvchi, 1972. – 567 b.
Эллиот Л., Уилкокс У. Физика. – Москва: Наука, 1975. – 736 с.
Kamolov J. va boshqalar. Umumiy fizika kursidan praktikum. Elektr. Optika. – Т.: “O`qituvchi”, 1984. – 264 b.
Рымкевич П. А. Курс физики. – М.: “Высшая школа”, 1975. – 463 с.
Майсова Н. М. Практикум по курсу общей физики. – М.: “Высшая школа”, 1970. – 448 с.
|
| |