• 6.4. Konni ishlash va jihozlash tizimlarini asosiy ko’rsatgichlari 6.5. Gaz konini ishlash va ishlatish orasidagi aloqa Tayanch atamalar
  • 6.1. Gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning o’ziga xosligi Gaz konlarini ishlatishning o’ziga xos hususiyatlari.
  • Gaz uyumlarini ishlatish tizimi
  • 6-ma’ruza Gaz konlarini ishlashni loyihalashtirish Reja




    Download 24.85 Kb.
    bet1/5
    Sana29.03.2024
    Hajmi24.85 Kb.
    #181204
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6-ma\'ruza
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

    6-ma’ruza
    Gaz konlarini ishlashni loyihalashtirish
    Reja
    6.1. Gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning o’ziga xosligi
    6.2. Gaz konini ishlashni loyihalashtirish bosqichlari
    6.3. Gaz konini ishlash loyihasini asosiy bo’limlari
    6.4. Konni ishlash va jihozlash tizimlarini asosiy ko’rsatgichlari
    6.5. Gaz konini ishlash va ishlatish orasidagi aloqa
    Tayanch atamalar
    Ishlash loyihasi, ishlashni loyihalashtirish, loyihalashtirish bosqichlari, konni sinov-sanoat ishlatish davri, konni sanoat ishlash davri, konni to’la o’rganguncha ishlatish, konni keyingi o’rganishni amalga oshirish, boshlang’ich ma’lumotlarni tayyorlash.
    6.1. Gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning o’ziga xosligi
    Gaz konlarini ishlatishning o’ziga xos hususiyatlari. Gaz konlarini ishlatishning o’ziga xos jihati gazning fizik hususiyatlari neft hususiyatlaridan farqlanishidadir: qovushqoqlik va zichlikning ancha pastligi va yuqori siqiluvchanlikka egaligi, shuningdek gaz mahsulot sifati bilan ham farq qiladi. Shuning uchun gaz konlarini ishlatishni loyihalashtirish neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishdagidan tubdan farq qiladi.
    Gaz uyumlarini ishlatish tizimi deganda qatlamdagi, quduqdagi va gaz yig’ish tizimidagi gazning harakatlanish jarayonini boshqarish tushuniladi. Bunda ishlatish tizimiga gazlilik maydoni bo’ylab zarur ishlatish quduqlari, ularni ishlatishga tartibi bilan kiritish, mos ravishda gaz yig’ish tizimlarining, quduq va inshootlarning texnologik ishlash rejimi kiradi.
    Bunda quduqlarni ishlatishning turli darajalari uchun masalalar yechiladi, ya’ni yillar bo’yicha gaz qazib chiqarishning bir qator variantlar rejasi uchun amalga oshiriladi. Gaz uyumlarini ishlatishning turli darajalarida texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar rejalashtirish bilan shug’ullanadigan korxonalar uchun xalq xo’jaligi samaradorligidan kelib chiqib gaz qazib chiqarish rejalarni aniqlashga yordam beradi.
    Yangi gaz konini ishlatishning o’ziga xosligi qatlam – quduq – gaz quvuri – iste’molchi tizimlarining uzluksiz aloqasiga asoslangan.
    Gazning fizik hususiyatlarini gazodinamik hisoblarda inobatga olish lozim. Suyuqlik va gazlarning qatlamda harakatlanishi sizilish qonuniyatlariga bo’ysunadi. Gaz qovushqoqligining pastligi sabab, u qatlamda yuqori harakatchanlikka ega. Shuning uchun gaz qatlamlaridan yuqori gaz beruvchanlikka erishiladi. Agar qatlamlar bir-biridan ajratilmagan bo’lsa, u holda barcha gazni bitta quduqlar to’ridan olish mumkin. Biroq quduqlarning bosimga qarshi ishlashi texnik nossozliklar va tez-tez uchrab turuvchi kollektorlarning past mustahkamliligi, shuningdek quduqlarning chegaralangan o’tkazuvchanlik hususiyati sababli konda bir emas bir qancha quduqlar burg’ilashga majbur etadi.
    Boshlang’ich qatlam bosimi yuqori bo’lgan yirik gaz konini ishlatish jarayonini 2 bosqichga ajratsa bo’ladi.
    Birinchi bosqichda, ya’ni qatlam bosimi magistral gaz quvuri boshida talab qilinadigan bosimdan yuqori bo’lsa, gazni qatlam energiyasi hisobiga uzoq masofalarga transport qilish mumkin. Bunda quduq tubidagi bosim quduq tanasi bo’ylab va kondagi gaz quvurlarida bosim pasayishi hisobiga gaz quvurlari boshidagi bosimdan farq qiladi.
    Ikkinchi bosqichda, ya’ni qatlam bosimi magistral gaz quvuri boshida talab qilinadigan bosimdan past bo’lsa, bosh kompressor stansiyasi quriladi va u konning tugatilishiga qadar xizmat qiladi.
    Uzoq muddat mobaynida gazga bo’lgan talab ortishining samarali rejasiga bog’liq ravishda qazib chiqarishning doimiy yoki o’suvchi darajasini saqlab turish mumkin.
    Gaz zahiralari kamaya borgan sari qatlam bosimi tushib boradi va qazib chiqarishni belgilangan darajada faqatgina yangi quduqlarni ishga tushirish bilan ushlab turish mumkin.
    Ishlatishning oxirlarida belgilangan darajada mahsulot olishni ushlab turish faqatgina quduqlar sonini oshirish orqali amalga oshirish mumkin, biroq bu samarali bo’lmasligi mumkin. Uyum ishlatishning yakunlanish rejimiga o’tadi, bu jarayon qatlam bosimi quduqdagi gaz ustuni og’irligi tufayli paydo bo’ladigan bosimga yaqinlashgunga qadar davom etadi. So’ngra kon ishlatishdan to’xatiladi va gaz faqatgina mahalliy ehtiyojni ta’minlash uchun qo’llaniladi.
    Gaz quduqlari soni turli davrlarda turlicha bo’lishi, biroq qazib chiqarishning belgilangan rejasini ta’minlash uchun yetarli bo’lishi, gaz quduqlari eng minimal soni bilan belgilangan umumiy qazib chiqarishga erishi maqsadga muvofiq. Bundan ko’rinib turibdiki, gaz konlarini ishlatishda qazib chiqarishning imkon darajasida yuqori debit bilan quduqlarni ishlashi uchun uchun qulay sharoit yaratish kerak.
    Agar qidirish quduqlar soni gaz konini ishlatish uchun kerak bo’lgan minimal darajadagi quduqlar sonidan oshib ketsa, u holda ortiqcha quduqlarni ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ularni vaqtinchalik yopish yoki boshqa gorizontlarga o’tkazish kerak.
    Yuqori debitga qatlamda bosimning minimal sarfi, quduq tubi zonasi va quduq stvolida olish mumkin. Quduq tubi zonasi qatlamdagi bosim sarfini kamaytirish uchun qatlamni o’qli va o’qsiz perforatsiya yoki torpedalash yordamida ochish, quduq tubi zonasini gilli eritma va sement qoldiqlaridan tozalash, qatlamni xlorid kislota va ftor kislotasi aralashmalari bilan qayta ishlash, qatlamni gidravlik yorish ishlarini amalga oshirish kerak.
    Qatlam va quduq tubi zonasidagi bosim yo’qotilishi qanchalik kam bo’lsa, o’zgarmas depressiyada quduq debiti shunchalik yuqori bo’ladi.
    Quduq minimal depressiya bilan ishlatilganda quduq tubi va qatlam tag suvlari ko’tarilishi oldini olish mumkin.
    Siqilgan gazning qatlam energiyasini ratsional ravishda ishlatish kerak. Quduq konstruksiyasi, quduq diametri va favvora quvurlari diametri (agar zaruriyat bo’lsa), quduqni ishlatishda minimal energiya sarfini ta’minlashi kerak.
    Gaz konlarini ham huddi neft konlari singari kompleks loyihalashtirish kerak. Bu loyiha konning geologik o’rganilganligi, gazodinamik hisob-kitoblar, texnologik va iqtisodiy tahlillardan kelib chiqqan holda amalga oshirish kerak.

    Download 24.85 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 24.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-ma’ruza Gaz konlarini ishlashni loyihalashtirish Reja

    Download 24.85 Kb.