|
Kelajakdagi atrof-muhit muammolari
|
bet | 6/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #133467 |
Bog'liq KELAJAKDAGI ATROF-MUHIT MUAMMOLARIEkologiya deganda, organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini o‘rganadigan fan tushuniladi. Shuningdek, inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan, inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro muammolarni o‘rganishga alohida ilmiy yondashish (ekologik yondashish) ham tushuniladi. Ekologiya yer yuzidagi har qanday moddiy narsa – geografik unsurlarning (tog‘ jinslari, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, inshootlar va boshqalar) tadrijiy rivojiga, ularni o‘rab turgan muhitning ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganadigan va bu jarayonni boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat sohasidir. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1866-yilda nemis biologi Ernest Gekkel “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” asarida kiritgan. - Ekologiya deganda, organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini o‘rganadigan fan tushuniladi. Shuningdek, inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan, inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro muammolarni o‘rganishga alohida ilmiy yondashish (ekologik yondashish) ham tushuniladi. Ekologiya yer yuzidagi har qanday moddiy narsa – geografik unsurlarning (tog‘ jinslari, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, inshootlar va boshqalar) tadrijiy rivojiga, ularni o‘rab turgan muhitning ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganadigan va bu jarayonni boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat sohasidir. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1866-yilda nemis biologi Ernest Gekkel “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” asarida kiritgan.
- Ekologiya tirik jonzotlarning yashash muhitini, o‘zaro bir-biriga nisbatan munosabatlarini hamda yashash sharoitlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni o‘rganadi. Azaldan ekologiya biologiya fanining tarkibiy qismi sifatida kimyo, fizika, geologiya, geografiya, tuproqshunoslik kabi boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqlikda rivojlanib kelgan.
Ekologiyaning bosh o‘rganish obyekti ekologik tizimdir. Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning yashash muhiti – makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya fanining vujudga kelishida Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil (evolyutsion) ta’limoti katta rol o‘ynaydi. Ekologiya(yunoncha oykos – yashash muhiti, turar joyi va logos – ta’limot) – tirik mavjudotlarning yashash shart-sharoitlari va organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadigan fan. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti – atrof-muhit va organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va aloqalarning majmuasi va tuzilmasi bo‘lib, uning asosiy tadqiqot obyekti tabiiy va antropogen ekotizimlar, ya’ni tirik organizmlar va ular yashaydigan muhitdan tashkil topgan yagona tabiiy va tabiiy antropogen komplekslar (landshaftlar) hisoblanadi3. Ekologiyaning asosiy o‘rganish obyekti ekologik tizimlar (ekotizimlar), ya’ni tirik organizmlar bilan ularning yashash muhitidan tashkil topgan tabiiy majmualardir. Bundan tashqari uning sohasiga organizmlarning ayrim turlari (organizm darajasi), ularning populyatsiyasi, ya’ni bir turga mansub zot yoki navlar majmuyi (populyatsiya – tur darajasi) va biosferani bir butun (biosfera darajasi) o‘rganish ham kiradi. - Ekologiyaning bosh o‘rganish obyekti ekologik tizimdir. Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning yashash muhiti – makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya fanining vujudga kelishida Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil (evolyutsion) ta’limoti katta rol o‘ynaydi. Ekologiya(yunoncha oykos – yashash muhiti, turar joyi va logos – ta’limot) – tirik mavjudotlarning yashash shart-sharoitlari va organizmlar bilan tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadigan fan. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti – atrof-muhit va organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va aloqalarning majmuasi va tuzilmasi bo‘lib, uning asosiy tadqiqot obyekti tabiiy va antropogen ekotizimlar, ya’ni tirik organizmlar va ular yashaydigan muhitdan tashkil topgan yagona tabiiy va tabiiy antropogen komplekslar (landshaftlar) hisoblanadi3. Ekologiyaning asosiy o‘rganish obyekti ekologik tizimlar (ekotizimlar), ya’ni tirik organizmlar bilan ularning yashash muhitidan tashkil topgan tabiiy majmualardir. Bundan tashqari uning sohasiga organizmlarning ayrim turlari (organizm darajasi), ularning populyatsiyasi, ya’ni bir turga mansub zot yoki navlar majmuyi (populyatsiya – tur darajasi) va biosferani bir butun (biosfera darajasi) o‘rganish ham kiradi.
|
| |