|
Kelajakdagi atrof-muhit muammolari
|
bet | 3/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #133467 |
Bog'liq KELAJAKDAGI ATROF-MUHIT MUAMMOLARIHozirgi kunda yuqorida ko‘rib chiqilgan iqlimiy omillar asosida kuzatilayotgan iqlimiy o‘zgarishlar sabablarini tushuntirib beruvchi qator nazariyalar mavjud. Yerning geologik tarixi davomida butun Yer tabiati bilan birgalikda atmosfera tarkibi, uning massasi o‘zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari tog‘ sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va okeanlar maydonlari ham o‘zgarib turgan. Quyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi ekssentrisitetining tebranishlari va ekliptika tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o‘qi qiyaligining o‘zgarishlari kuzatilgan. Shu bilan birga Yerning aylanish tezligi ham sekinlashgan. Oqibatda, bu holat, issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi va atmosfera sirkulyatsiyasi hamda iqlimning geografik omillarining o‘zgarishiga olib kelgan. Bularning barchasi Yerda iqlimning ko‘p karra o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, insoniyat sivilizatsiyasining gullagan vaqtidan buyon global harorat 1°C dan kamroq qiymatga o‘zgargan. Oxirgi yuz ming yillik davomida ekstremal va ba’zan tez ro‘y bergan iqlimiy tebranishlarga nisbatan bizning iqlimni osoyishta deb atash mumkin. - Hozirgi kunda yuqorida ko‘rib chiqilgan iqlimiy omillar asosida kuzatilayotgan iqlimiy o‘zgarishlar sabablarini tushuntirib beruvchi qator nazariyalar mavjud. Yerning geologik tarixi davomida butun Yer tabiati bilan birgalikda atmosfera tarkibi, uning massasi o‘zgargan, shu bilan birga materiklarning shakllari tog‘ sistemalarining konfiguratsiyasi va balandliklari quruqlik va okeanlar maydonlari ham o‘zgarib turgan. Quyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi ekssentrisitetining tebranishlari va ekliptika tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o‘qi qiyaligining o‘zgarishlari kuzatilgan. Shu bilan birga Yerning aylanish tezligi ham sekinlashgan. Oqibatda, bu holat, issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi va atmosfera sirkulyatsiyasi hamda iqlimning geografik omillarining o‘zgarishiga olib kelgan. Bularning barchasi Yerda iqlimning ko‘p karra o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, insoniyat sivilizatsiyasining gullagan vaqtidan buyon global harorat 1°C dan kamroq qiymatga o‘zgargan. Oxirgi yuz ming yillik davomida ekstremal va ba’zan tez ro‘y bergan iqlimiy tebranishlarga nisbatan bizning iqlimni osoyishta deb atash mumkin.
|
| |