|
Maktablarda sinf rahbarlari faoliyatining samaradorligini oshirish
|
bet | 1/6 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #252681 |
Bog'liq Sinf rahbarlari faoliyatining samaradorligini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Menejerlik o‘quv kursi tinglovchisi
Xalimbetov Xamid Qurbanbayevichning
“MAKTABLARDA SINF RAHBARLARI FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH”
mavzusidagi
AMALIY TOPSHIRIG‘I
Toshkent 2024
UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA SINF RAHBARLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Xalimbetov Xamid A.Avloniy nomidagi MTI
Menejerlik o‘quv kursi tinglovchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada sinf rahbarligi ishlarini tashkil etish metodikasi, sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlari, sinf rahbari shaxsiga qo'yiladigan muhim talablar, maktab ustavida sinf rahbarining asosiy vazifalari haqida batafsil bayon etilgan.
Kalit so'zlar: sinf rahbarligi, shaxs tarbiyasi, maktab ustavi, o'quv faoliyati.
KIRISH
Shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o'quvchilarining qobiliyatlarini to'liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada maktab pedagogik va o'quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o'quvchining o'ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo'lga qo'yadi.
Sinf rahbari deganda o'quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo'lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari deb ataladi. Sinf rahbarining asosiy maqsadi, o'quvchilarini to'g'ri tarbiyalash jarayonida o'quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olishi va sinf rahbari tomonidan o'quvchilarga e'tiborliroq bo'lishi kerak.O'quvchilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish hamda o'quvchilarning o'sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Sinf rahbari qiladigan ishlari hujjatlarini olib boradi va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadi.
|
| |