• ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • Maktablarda sinf rahbarlari faoliyatining samaradorligini oshirish




    Download 0,96 Mb.
    bet2/6
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #252681
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Sinf rahbarlari faoliyatining samaradorligini oshirish

    MAVZUNING DOLZARBLIGI
    Sinf rahbari o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.
    Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e'tibordan chetda qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya ob'ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sportchi sifatida, ya'ni har bir aniq ish sharoitida kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomala qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalar, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, xulqida vujudga kelayotgan holatlarining sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta'sir etishning to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e'tibor bergan sinf rahbari tarbiyada yetakchi o‘rinni egallaydi.
    Shuni ham unutmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi oila, keng jamoatchilik, radio, televidenie kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta'sir etishda yetakchilik, birdamlik rolni tarbiyaviy ta'sirini, saqlab qolish g‘oyat qiyinlashib boryapti. Ba'zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi, ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta'sir etish hollariga duch kelamiz. Chunki, har bir bolada ma'lum kurtaklar yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik sifatlari mavjud. U munosabatlarga e'tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega. Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha bolaga oldindan noshud, yalqov, tartibsiz deb qaralsa hamda o‘jarlik va terslik bolaning sifati hukm chiqarilsa, u holda tarbiyalanuvchi o‘zining xuddi shunday qilib ko‘rsatadi. Natijada u bu borada ham tarbiyachining umidini oqlaydi. Sinf rahbari bolalarni yaxshi bilishi uchun ularni o‘rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda amalga oshiriladi.
    Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq ma'lumotga ega bo‘ladi. Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o‘zlashtirishiga munosabatlariga jamoadagi o‘rniga ta'sir etadi. Shu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotiganda alohida o‘quvchini unutish yaramaydi. Chunki sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi.

    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


    Maktabda sinf rahbarining mehnati, jumladan, tadbirlar, mushoiralar, turli kechalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o'yinlar orqali o'quvchilar tarbiyalanadi. Natijada o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.


    Sinf rahbari maktab ma'muriyati va jamoatchilik, ota-onalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Maktab ma'muriyati sinf rahbari va uning ishini doimo qo'llab-quvvatlashi kerak. Chunki sinf rahbari o‘z o‘quvchilarini yaxshi biladi, ularga ta'lim berish uchun nimalar zarurligini hisobga oladi. Sinf rahbarining ishiga direktorning ma'naviyat va ma'rifat bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
    Sinf rahbarining ish rejasi maktab direktori va direktor o‘rinbosari tomonidan ishlab chiqiladi va unga rahbarlik qiladi. Ular o‘zlarining ta'lim faoliyatida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O'qituvchi ko'pincha sinf bilan yolg'iz va tarbiyachi sifatida ishlaydi. O'qituvchilar bolalarga katta mehr va g'amxo'rlik bilan ajralib turadi. Bular katta talab bilan amalga oshirilmoqda.


    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktablarda sinf rahbarlari faoliyatining samaradorligini oshirish

    Download 0,96 Mb.