|
Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi
|
bet | 1/4 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 136,78 Kb. | | #263007 |
Bog'liq Xotin кизлар тадбиркорлар
Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi
Annotatsiya. Maqolada xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik va biznes faoliyatini rivojlantirish, ushbu yо‘nalishda ularni qо‘llab-quvvatlash masalalari bо‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi tadqiq qilingan. Ushbu tajribalar asosida mamlakatimizda xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
Аннотация. В статье рассматривается опыт передовых зарубежных стран по развитию предпринимательства и деловой активности среди женщин, их поддержка в этой сфере. На основе этого опыта разработаны предложения по развитию предпринимательства среди женщин в нашей стране.
Annotation. The article discusses the experience of many foreign countries in the development of entrepreneurship and business among women, support for them in this area. Based on this experience, proposals have been cultuvated for the development of entrepreneurship among women in our country.
Tayanch tushunchalar: xotin-qizlar tadbirkorligi, tadbirkor ayollar indeksi, ayollar biznesini qо‘llab-quvvatlash, qulay biznes muhiti, imtiyozli kreditlar, ta’lim va kasbiy kо‘nikmalar.
Ключевые слова: женское предпринимательство, индекс женского предпринимательства, поддержка женского бизнеса, благоприятная деловая среда, льготные кредиты, образование и профессиональные навыки.
Keywords: women’s entrepreneurship, women’s entrepreneurship index, support for women’s business, supportive business environment, soft loans, education and skills.
Kirish. Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qо‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan: “Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi – 17 millioni xotin-qizlardir. Ularning manfaatlarini ta’minlash, jamiyat hayotidagi о‘rnini mustahkamlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yо‘nalishi”, – deb ta’kidlanishi buning yaqqol isbotidir.
Ta’kidlash joizki, 2022–2026-yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy kо‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama kо‘maklashish, tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini tо‘g‘ri yо‘naltirish yuzasidan hamda 85-maqsadida ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga о‘qitish, ish bilan band bо‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va о‘zini о‘zi band qilish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bо‘yicha vazifalar belgilangan[1]. Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5020-sonli qarorida xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy kо‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama kо‘maklashish, tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini tо‘g‘ri yо‘naltirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish vazifalari belgilangan.
Bundan tashqari, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida”gi Qonunning tegishli qoidalari asosida mamlakatning uzoq muddatli maqsadlari va ustuvorliklariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining ishlab chiqilganligi ham ayollarning barcha sohalarda, xususan, iqtisodiyotdagi о‘rnini mustahkamlash bо‘yicha belgilangan vazifalarning ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini о‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Maqsad va uni asoslash. Xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorijda kо‘plab olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xususan, xorijda S.R.Crane[2], S.R.Xavier[3], G.M.Cardella[4], A.Bullough[5], V.Yadav[6], V.A.Morozov[7], A.Y.Bajenov[8], R.Gallyamov[9] va S.U.Astanova[10] kabi olimlar ushbu yо‘nalishda chuqur tadqiqotlar о‘tkazgan.
Janubiy Missisipi universiteti professori Sara Krane о‘z tadqiqotlarida tadbirkorlik faoliyatining mamlakat iqtisodiy о‘sishiga ta’sirini gender xususiyatni inobatga olgan holda baholagan hamda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bо‘yicha о‘z xulosalarini ishlab chiqqan[11].
Delaver universiteti professori Amanda Bullou ayollar tadbirkorligi mamlakatda yangi ish о‘rinlarini yaratishda va ijtimoiy-iqtisodiy о‘sishni ta’minlashda katta hissaga ega ekanligini yoritib bergan. Shuningdek, olim о‘z tadqiqotlarida ayollar tadbirkorligi va madaniyatini tadqiq qilib, iqtisodiyot tarmoqlarida ayollarning gender rolini oshirish imkoniyatlarini ochib bergan[12].
Rossiya Fanlar akademiyasi Ufa ilmiy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi professori R.Gallyamov ayollar tadbirkorligi va biznes faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi gender tengsizlik va tо‘siqlar bо‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Olim sotsiologik sо‘rovlar natijasida ayollarning tadbirkorlik va biznes faoliyati bilan shug‘ullanishiga ta’sir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish yо‘llarini ishlab chiqqan.
Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik va biznes kо‘nikmalarini shakllantirish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish masalalarini kо‘plab xorijiy mamlakatlar tajribasida kо‘rish mumkin. The Boston Consulting Group (BCG) xalqaro kompaniyasi tahlilchilarining 2019-yildagi xulosasiga kо‘ra, jahon amaliyotida ayollar boshchiligidagi biznes ijobiy natijalarga erishmoqda. Ayrim mamlakatlarda ayollar rahbarligidagi kompaniyalar yalpi ichki mahsulotning 50–60 foizini tashkil qiladi. Masalan, Germaniya va AQSHda bunday korxonalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50–52 foiz, Yaponiyada 55 foiz, Italiyada 60 foizni tashkil qiladi[13]. Xalqaro The Boston Consulting Group (BCG) tahlilchilari biznes hamjamiyatidagi gender farqlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Ayollarni tadbirkorlikka erkaklar bilan teng ravishda jalb qilish jahon yalpi ichki mahsulotini, taxminan, 3–6 foizga, jahon iqtisodiyotiga esa qо‘shimcha 2,5 trln AQSH dollardan 5 trln dollargacha oshirish imkonini beradi. Qoida tariqasida dunyo bо‘ylab erkaklar о‘z biznesini boshlash ehtimoli kо‘proq. The Boston Consulting Group kompaniyasining hisob-kitoblariga kо‘ra, ortiqcha balans 4–6 foizni tashkil qiladi. Ma’lumotlarga kо‘ra, 2016-yilda ayollar tomonidan tashkil etilgan yirik hajmdagi “start up” loyihalar natijasida Vyetnam, Meksika, Indoneziya va Filippinda ayollar gender tafovuti bartaraf etilgan. Boshqa kо‘pgina mamlakatlarda gender tafovuti asta-sekin yо‘q bо‘lib bormoqda. Xususan, eng faol Turkiya, Janubiy Koreya va Slovakiyada ayollarning tadbirkorlikdagi ulushi sezilarli darajada ortib bormoqda. Biroq, dunyoning 40 foiz mamlakatlarida, shu jumladan, Shvetsariya, Urugvay va Janubiy Afrika mamlakatlarida biznesda ayollar va erkaklar tengsizligi kuchaymoqda. The Boston Consulting Group kompaniyasi tahlilchilarining ta’kidlashicha, ayollar boshchiligidagi biznes kо‘pincha ijobiy natijalarga erishadi va hatto erkaklarnikidan ham oshib ketadi[14].
Mastercard kompaniyasi tomonidan 2017-yilda ilk marotaba “tadbirkor ayollar indeksi” (Index of Women Entrepreneurs) ishlab chiqilgan. Kompaniya tomonidan о‘tkazilgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatdiki, ayollar, asosan, о‘z bizneslarini ehtiyojdan kelib chiqib iroda kuchi bilan rivojlantiradilar. Ayollarning о‘z biznesini boshlashiga tо‘sqinlik qiladigan ikkita asosiy tо‘siq, ya’ni cheklangan madaniy an’analar va kasbiy о‘sish uchun imkoniyatlarning yetishmasligi keltirilgan. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish va tijorat faoliyatini rivojlantirishni qо‘llab-quvvatlovchi qulay muhitni yaratish xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirkor ayollar indeksi bо‘yicha Isroil (74,66 ball), AQSH (72,00 ball), Shveysariya (71,51 ball), Yangi Zelandiya (70,13) va Polsha (68,92) kabi mamlakatlar yuqori reytingga ega bо‘lgan. Bu mamlakatlarda ayollar tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash uchun qulay biznes muhiti yaratilgan (1-rasm).
Bu indeks qiymatining ortishiga turli omillar sabab bо‘lgan. Masalan, Shvetsiyada tadbirkor ayollar indeksi 2020-yilda 2019-yildagi 62,6 (25-о‘rin) dan 68,3 (8-о‘rin) ga kо‘tarilgan. Bunda ayollar tadbirkorlik faolligi kо‘rsatkichining yuqori qiymatiga tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlovchi omillar hamda kichik va о‘rta biznesni qо‘llab-quvvatlashning keskin о‘sishi hisobiga erishilgan. Polshadagi ayollar tadbirkorligi sohasida ham kuchli taraqqiyot kuzatilmoqda. Xususan, Polsha 2020-yilda 2019-yilga nisbatan umumiy reytingda 11 pog‘ona yuqoriga, ya’ni 5-о‘ringa kо‘tarilgan (indeks qiymati 64,5 dan 68,9 ga ortgan). Bunda asosiy omillar bо‘lib, tadbirkorlik faoliyatidagi gender tafovutini 25 foizdan 10 foizga qisqartirish, kichik va о‘rta biznesni qо‘llab-quvvatlashni keskin yaxshilash, tadbirkorlarning madaniy idrokini oshirish kabilar hisoblanadi.
1-rasm. Mastercard kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “tadbirkor ayollar indeksi”: biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan davlatlar (2020 yil)[15]
Nisbatan pastroq daromadli mamlakatlarda, xususan, Uganda (34,8 foiz), Bangladesh (31,6 foiz) va Vetnam (31,4 foiz)da tadbirkorlar orasida ayollarning yuqori ulushi kuzatilgan. Ushbu davlatlarda ayollar tijorat faoliyatini kо‘pincha о‘z bizneslarini ochishga undaydigan imkoniyatlar tufayli emas, balki ehtiyoj tufayli boshlashadi (1-javdal).
|
| |