|
Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi
|
bet | 3/4 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 136,78 Kb. | | #263007 |
Bog'liq Xotin кизлар тадбиркорларQozog‘istonda ayollar umumiy aholining 51 foizini, band aholi ulushida esa deyarli yarmini, ya’ni 49 foizni tashkil qiladi. Xotin-qizlar tadbirkorligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 39 foizni tashkil etmoqda. Qozog‘iston vaziyatni bosqichma-bosqich о‘zgartirib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining umumiy tarkibida ayollar tadbirkorligi ulushini oshirib bormoqda. Bu boradagi davlat siyosatining faol olib boruvchisi “Bayterek” xoldingiga qarashli “Damu” tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi hisoblanadi. Bu yerda qozog‘istonlik ishbilarmon ayollar о‘z biznesini qurish istagida yordam topish imkoniga ega. Sо‘nggi о‘n yillikda ayollarni qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy instrumentlari sifatida quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
Ayollar tadbirkorligini sо‘nggi mikrokreditlash uchun mablag‘larni ikkinchi darajali banklarga shartli joylashtirish dasturi.
Osiyo taraqqiyot banki (The Asian Development Bank, ADB) kreditlari.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (European Bank for Reconstruction and Development, EBRD) “Ayollar biznesda” dasturi.
Tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat dasturi doirasida “Biznes yо‘l xaritasi – 2025”.
Ushbu dasturlar orqali Jamg‘armaning barcha dasturlari bо‘yicha moliyaviy kо‘mak olgan tadbirkorlar umumiy sonining 57,6 foizini ayollar tashkil etadi.
Yakuniy qism. Kо‘plab xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni kо‘rsatadiki, xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qо‘llab-quvvatlash dasturlari xususiy tadbirkorlik va kichik biznesda gender tengsizlikning kamayishiga, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ayollar faolliginining oshishiga, bandlik kо‘rsatkichining yaxshilanishiga, oxir-oqibatda esa mamlakat iqtisodiy о‘sishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xotin-qizlarga mahsulot va xizmatlarni bozorga olib chiqish bilan bog‘liq barcha tо‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini tо‘xtatgan xotin-qizlarga о‘z faoliyatini qayta boshlashida kо‘mak berish, ularning tadbirkorlik hamda biznes faoliyati bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarini oshirish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlarni olib borish, shuningdek, qishloq joylarida vaqtincha ishsiz ayollarni tadbirkorlikka yо‘naltirish mamlakatimizda tadbirkorlik va biznesda xotin-qizlar ulushining ortishiga xizmat qiladi.
Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ushbu yо‘nalishda ularni qо‘llab-quvvatlash hamda О‘zbekistonning “biznes erkinlik” indikatori tarkibida “ayollarning iqtisodiy integratsiyalashuvi” subindikatori bо‘yicha reytingini oshirish yuzasidan ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Ayollarning norasmiy haq tо‘lanadigan, kasanachilik, mikrofirma, kichik va о‘rta korxonalar, qishloq xо‘jaligi, yakka tartibdagi yoki tо‘liq bо‘lmagan ish kunida ish bilan bandligiga о‘tishga kо‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish va ish haqi bilan ta’minlash, norasmiy iqtisodiyotda ishchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini rag‘batlantirish orqali norasmiy iqtisodiyotda ishlashga xos bо‘lishi mumkin bо‘lgan xavfli va nosog‘lom mehnat sharoitlarini bartaraf etish choralarini kо‘rish lozim.
Qishloq ayollari va ayol fermerlarining qishloq xо‘jaligiga qо‘shgan hissasini mustahkamlash hamda qо‘llab-quvvatlash, iqtisodiy farovonligini ta’minlash, qishloq xо‘jaligini rivojlantirish, shu jumladan kichik fermer xо‘jaliklarini rivojlantirish va ta’minlash, ular teng ravishda qishloq xо‘jaligi texnologiyalariga ega bо‘lishlari uchun tegishli investitsiyalarni amalga oshirish, texnologiyalarni о‘zaro kelishilgan sharoitda о‘tkazish, kichik qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi va mahsulot taqsimoti doirasida innovatsion vositalardan foydalanish, ayol fermerlarning daromadlarini oshirish hamda ularning salbiy ta’sirlarga chidamliligini mustahkamlash, shuningdek, mavjud bо‘shliqlar va tо‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan keng qamrovli hamda kо‘p tarmoqli strategiyalarni amalga oshirish, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini mahalliy, mintaqaviy, xalqaro bozorlarda sotishga tо‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish zarur.
Davlat moliyasini boshqarishda genderga mos yondashuvni qо‘llab-quvvatlash va institutsionallashtirish, shu jumladan, genderga mos byudjetlashtirish va barcha sektorlar bо‘yicha davlat xarajatlarini kuzatish, gender tengligi hamda ularning imkoniyatlarini kengaytirish uchun resurslardagi bо‘shliqlarni bartaraf etish hamda gender tengligi, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bо‘yicha barcha milliy hamda sanoat strategiyalarini sarf-xarajatlar nuqtayi nazaridan tо‘liq baholash, ularni samarali amalga oshirish uchun zarur resurslar bilan ta’minlash lozim.
Xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yо‘lga qо‘yish lozim. Mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish bо‘yicha imkoniyat va shart-sharoitlar kengayib borayotgan bо‘lsa-da, oilalarda yetarli bilim va kо‘nikmalarning yо‘qligi va bozor konyuktura о‘zgarishlariga mos ixtisoslashish jarayonlarining yо‘lga qо‘yilmaganligi ushbu faoliyatning yanada kengayishiga tо‘siq bо‘lmoqda.
Mahallalarda iqtisodiy manfaatdorlikni birlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini faoliyatning ma’lum turlari bо‘yicha ixtisoslashtirish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda ishlab chiqarish kooperatsiyalarini tashkil qilish lozim. Bunda mahalla fuqarolar yig‘ini va mahallabay ishlash tizimi xodimlari hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallalarning о‘sish nuqtalaridan kelib chiqib, tadbirkorlik guruhlari shakllantiriladi. Ularning ichki zaxira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ma’lum faoliyat turi bо‘yicha ixtisoslashtirish jarayonlari olib boriladi. Ushbu jarayonlar natijasida xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda о‘zaro hamkorlikdagi ishlab chiqarish kooperatsiyalari tashkil qilinadi. Mazkur mexanizmning joriy qilinishi mahallalarda xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishi, bozor о‘zgarishlariga tez moslashishi va oilalar daromadlarini kengayishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Qо‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish dasturlarini joriy qilish lozim. Ushbu kredit dasturlari tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan ulush olish tamoyiliga asoslangan bо‘lishi lozim. Bunda Markaziy bank tomonidan ushbu dasturlar uchun yо‘naltirilgan pul tijorat banklariga qayta moliyalash stavkasisiz taqdim etiladi. Bunday dasturlar tijorat banklarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning о‘z bizneslarini yanada rivojlantirishda manfaatdor bо‘ladilar. Bu esa xotin-qizlar tadbirkorliginining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Xotin-qizlar uchun lizing dasturlarini kengaytirish lozim. Bunda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalarni amortizatsiya muddati bilan tenglashtirilgan davrga dastlabki 3–6 oylik imtiyozli davr bilan lizingga berish tartibi joriy qilinadi.
Mahallalarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bо‘lgan ayollar uchun ularning iqtisodiy-huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida bepul о‘quv seminarlarini davriy ravishda tashkil etish tartibini joriy qilish lozim. Ushbu о‘quv tadbirlari har oyda davriy ravishda mahalla fuqarolar yig‘inlarida tadbirkorlikka о‘rgatish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maxsus jihozlangan xonalarda о‘tkaziladi.
Xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlashda tayyor tadbirkorlik va biznes namunalarni о‘z ichiga olgan elektron kitoblar, audio va video qо‘llanmalar yaratish hamda keng kо‘lamli targ‘ibotlarni olib borish zarur.
|
| |