Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
770
GRAFIK DASTURLARNING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Boymuratov Erkin Kamolovich
Farg‘ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
Maxsus fan o‘qituvchisi
Annotasiya: Grafik dasturlari KOMPAS , SOLIDWORKS dasturlarining afzallik va
kamchiliklari xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: Grafik dasturlar, KOMPAS , SOLIDWORKS, ASKON
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida
birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni
hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi
loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini
yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan
dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga
asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday
kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy
dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda
uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim muassasalarda o‘qitilayotgan «Kompyuter grafikasi»
fanining o‘rni va ahamiyati, ijtimoiy hayotimizda zarur bo‘lgan moddiy va ma'naviy
ehtiyojlarning qondirilishida hamda barcha soha mutahassislarini o‘z ish faoliyatlarini
avtomatlashtirish imkoniyatlarining kengligida deb qarash mumkin. Shuning uchun
ham, ayni paytda Respublikamiz ta’lim muassasalarda kompyuter grafikasini turli
sohalarga bo‘lib o‘rganish, uning imkoniyatlaridan qator sohalarda foydalanishning
metodik asoslarini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish
hamda hayotimizga kirib kelayotgan yangi sohalar (ixtisoslashgan rassom, mahsus
effektor, vektorli art-ustasi, CAD-ustasi, modeler, animator, teksturachi, vizualizator va
h.k) kabi malakali mutaxassislar bilan ta'minlash masalasi ta’lim muassasalarda
«Kompyuter grafikasi»ni fan sifatida o‘qitilishiga bo‘lgan ehtiyojning oshishiga olib
keldi. Bugungi kunda muassasalarda «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitishda
talabalarni fanga nisbatan maqsadli harakatlarini shakllantirish va shu orqali biror bir
natijaga erishish mumkinligini singdirishda, kerakli pedagogik va psixologik
vositalarni amalda qo‘llash va ularni ilmiy asoslash muhimdir.
Grafik dasturlarda axborot bilan ishlash insonning ko‘rish, eshitish va sezish
organlariga qaratilgan bo‘ladi, ya'ni, axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng
foydalaniladi. Asosiy maqsad, axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat.
Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lsada, ular bir
birlaridan o‘zaro qo‘llanilish sohalariga qarab farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari
o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning
Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
771
imkoniyatlari ham ma'lum bir sohaga yo‘naltirilgan. Shuning uchun, grafik dasturni
tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda
grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga
ehtiyoj seziladi.
Talaba ongida fazoviy tasavvurni rivojlantirish uchun, avvalo, unda fanga
nisbatan qiziqish shakllangan bo‘lishi va bu qiziqish asosida bilim olishi hamda ularni
esda saqlashi, bilimlar yig‘ilib ko‘nikma va malakalarga aylanishi kuzatiladi. Talaba
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda berilgan muammoni ongida
tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
KOMPAS dasturi haqida umumiy ma’lumotlar
Kompas - Rossiya Federasiyasining ASKON kоmpаniyasining avtomatik
loyihalash paketi bo‘lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli
bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali
aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog‘ozga chiqarish imkoniyatini
beradigan tizimdir.Kompas dasturi Rossiya Federasiyasining ASKON ijodiy markazi
tomonidan ishlab chiqaradigan dastur bulib, "MS WINDOWS" operasion tizimida
ishlaydi. Kompas dasturi konstruktorlik xujjatlarini, detal andozalarini kop
qollaniladigan detallarning ishchi chizmalarini yigish chizmalarini va boshqalarning
kompleks
kutubxonalarini
ozida
mujassamlashtirilgan
kompas
dasturida
konstruktorlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan. Masalan, yuza gadir-
budirliklari, olcham aniqliklari va chetlanishlari, yuzalarining o‘zaro joylashuvi olcham
dopusklari va boshqalar ilovada avtomatik qollanish mumkin.
Kompas dasturi detallarni ozaro biriktirish, yigish ketma-ketligi, ularni ajratish
kabi ko‘p mehnat talab qilinadigan ishni avtomatik ravishda amalga oshiradi. Yig‘ish
chizmalarida ornatmalarni qoshish tezkor va aniq ravishda amalga oshiriladi.
"Kompas" dasturi konstruktorlik xujjatlarning yagonaligi tizimi (ESKD) talabalariga
asosan ishlaganligi uchun unda loyihalangan ishchi va yigish chizmalari davlat
andozasiga toliq mos keladi. "Kompas" dasturida nafaqat detallarni loyixalash, balki
ularga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini xam tuzish mumkin.
Kompas_3D_V12 dasturi o‘rnatiladigan kompyuter ma’lum bir minimal talablarga
javob berishi, parametrlarga ega bo‘lishi lozim. Ushbu talablarga quyidagilar kiradi:
• Operatsion sistema.
• WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2)
• WINDOWS XP 10
• WINDOWS XP 8
• WINDOWS 7
• Web – brauzer
Processor Intel Pentium IV yoki undan yuqori 3.0 GGts
OZU (operativ xotira)
4 gb MB (tavsiya etiladi)
Video
Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
772
2048X1268 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum), RGB
Qattiq disk (vinchester)
1 TB o‘ringa ega bo‘lishi
Ko‘rsatish qurilmasi
Sichqoncha «Trecbol» yoki boshqalar
DVD – ROM
Dasturni o‘rnatish uchun, qaysi model bo‘lishidan qat’iy nazar zarur.
SOLIDWORKS dasturi haqida umumiy ma’lumotlar
Yangi maxsuloat ishlab chiqarish uchun birnecha dastur komplekslari kerak
bo‘ladi. Ulardan birinchisi 3D modellashtirish dasturlaridir. 3D modellashtirish
dasturlari turli xil maqsadlarga mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Ishlab
chiqarishda foydalanish uchun bizga Fusion 360, SolidWorks va shunga o‘xshash 3D
modellashtirish dasturlari kerak bo‘ladi. Albatta hozirgi qurilmalarni elektr
sxemalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak elektr sxemalarni loyixalashimiz kerak
bo‘ladi. Elektr sxemalarni loyixalashtirish uchun ko‘lplab dasturiy ta’minotlari mavjud.
Ulardan eng taniqlisi Altium dasturi hisoblanadi. Bundan tashqari Autodesk Eagle va
EasyEDA dasturlarini ham sanab o‘tish mumkin. Ularni birma bir ko‘rib chiqamiz.
Solid Works dasturi logotipi.
SAPR ishlab chiqaruvchisi SolidWorks SolidWorks Corp. (AQSh), yuqori
texnologiyali dasturiy ta'minot bo‘yicha dunyoda etakchi bo‘lgan Dassault Systemes
(Frantsiya) mustaqil bo‘limi. Rossiya va MDH davlatlarida markazlashtirilgan etkazib
berish SolidWorks Russia ofislari tarmog‘i va uning mintaqaviy vakillari tomonidan
amalga oshiriladi, amalga oshiriladi, o‘qitiladi va dasturiy ta'minot texnik ta'minlanadi.
SolidWorks dasturiy ta'minot to‘plamiga SolidWorks Standard, SolidWorks
Professional, SolidWorks Premium-ning asosiy konfiguratsiyalari, shuningdek turli xil
dastur modullari kiradi.Tizim uch o‘lchovli kosmosda qismlar va yig‘ilishlarni
loyihalash uchun funktsiyalarni o‘z ichiga olgan asosiy modulga asoslanadi, ularning
uch o‘lchovli prototiplaridan qismlar va yig‘ilishlarning ikki o‘lchovli chizmalarini
yaratadi. Turli xil standartlar tizimlari talablariga muvofiq dizayn hujjatlarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, boshqa dizayn tizimlari bilan hujjatlar almashinuvi, shuningdek
boshqa bir qator muammolarni hal qilish uchun. Bunga, kerak bo‘lganda, amaliy
muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan modullarga ulanish
mumkin
SolidWorks
quyidagilarni
loyihalashtirish
uchun
ishlatiladigan
integratsiyalashgan korporativ avtomatlashtirish dasturiy ta'minot to‘plamining asosiy
qismidir.
solidworks va kompas dasturlarini bir biridan farqi.
kopmas dasturidagi 3d grafik ammalarini bajarish yangi o‘qitilayotgan
o‘quvchilar uchun ancha oson va qulayligi bian boshqa dasturalrdan ajralib turadi.
kompas dasturida 2d formatda 3d formatga nusxa ko‘chirib detalga x;y;z o‘lchamlariga
o‘tkazish mumkin.
Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
773
SOLIDWORKS dasturdi uch o‘lchamli fazoviy tekisliklarda detal o‘lchamlarini
ammalar ketma ketligi tugagandan keyin ham o‘zgartirish va detalga yuklama va
o‘tkazma shunga o‘xshash turli hil ammalarni bir vaqtda o‘zgartirish imkoniyati bilan
boshqa dasturalardan murakam lekin teskordir SOLIDWORKS dasturini o‘rnatish
uchun yuqori operativ xotira so‘ngi rusumdagi kompyuterlar kerak va zarur.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ikkala dasturning o’z o’rni bor. Ish faolaitida
xozirda grafikaga oid ish xajmlari bor va albatta talaba o’rgansa bas.
|