• Standartlarning taʼrifi va vazifasi.
  • Bu tartib va koidalar yordamida
  • Standartlarning taʼsir doirasi.
  • 1-Mavzu: Konstruktorlik normativ-texnik hujjatlar




    Download 32,23 Kb.
    bet1/6
    Sana25.01.2024
    Hajmi32,23 Kb.
    #145268
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Muxandislik va kompyuter grafikasi


    1-Mavzu: Konstruktorlik normativ-texnik hujjatlar.
    Reja:
    1.Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi standartlarining tarkibi, klassifikatsiyasi va belgilanishi.
    2. Maxsulot turlari va loyixa xujjatlari.
    3. Mashinalarni tarkibiy qismlariga bo’lish metodikasi.


    Standartlarning taʼrifi va vazifasi.
    Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi - Respublikamizdagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar ishlab chiqayotgan va foydalanayotgan konstruktorlik xujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan tartib va qoidalarni belgilovchi davlat standartlari kompleksidir.
    Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi standartlarining asosiy vazifasi - korxona, tashkilot, muassasalarda konstruktorlik xujjatlariga rioya qilish, rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanishda yagona tartib va qoidalarni joriy etishdan iborat.
    Bu tartib va koidalar yordamida:
    1. Korxona va tashkilot, muassasalar o’zaro konstruktorlik xujjatlarini qayta rasmiylashtirmay turib, ular o’rtasida bu xujjatlarni almashtira olish imkoni yaratiladi.
    2. Ishlab chikarishga keraksiz xujjatlarni takror ishlab chikarilishini oldi olinadi xamda komplektlari stabillashtiriladi (barkarorlashtiriladi).
    3. Sanoat buyumlarining konstruktorlik loyixalarini ishlashda unifikatsiya qilish imkoni kengaytiriladi.
    4. Konstruktorlik xujjatlarining formalari va grafikaviy tasvirlarini soddalashtirilishi, sanoat buyumlarining mashaqqatli loyixa-konstruktorlik ishlarini kamaytiradi.
    5. Texnikaviy xujjatlarni va ulardagi maʼlumotlarni ishlab chikishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish imkoni yaratiladi.
    6. Ishlab chikarishning texnikaviy tayyorlik sharoiti yaxshilanadi.
    7. Sanoat buyumlarining ishlatish sharoiti yaxshilanadi.
    8. Ishlab turgan korxonalarni tezda qayta sozlashda xujjatlarni operativ ravishda tayyorlash imkoni yaratiladi.
    Standartlarning taʼsir doirasi.
    Xujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ulardan foydalanishda konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi (KXYaT) standartlarida belgilangan tartib va koidalar kuyidagilarga:
    a) konstruktorlik xujjatlarining barcha turlariga;
    b) konstruktorlik xujjatlariga uzgartirishlar kirituvchi va xisobga oluvchi xujjatlarga;
    v) texnikaviy normativ va texnologik xujjatlarga taʼsir etadi.
    2. Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi standartlari konstruktorlik xujjatlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan boglik bulgan xujjatlar xamda adabiyotlarni nashr ettirish uchun asos buladi.
    Masalan, bunday xujjatlarda:
    a) korxonalar texnika bulimining (texnikaviy xujjatlar bulimi, norma-nazorat xizmati va sh.k.) strukturasi va vazifalarni belgilovchi koidalar;
    b) sanoat va korxonalarning tarmoklari urtasida konstruktorlik xujjatlarining xarakati xamda kelishib olish tartibi tugrisidagi koidalar;
    v) texnikaviy xujjatlarni tayyorlash, saklash, komplektlash va gurppalash buyicha kursatmalar va koidalar belgilanadi.

    Download 32,23 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 32,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Konstruktorlik normativ-texnik hujjatlar

    Download 32,23 Kb.