|
1-Mavzu: Konstruktorlik normativ-texnik hujjatlar
|
bet | 3/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 32,23 Kb. | | #145268 |
Bog'liq 1-Muxandislik va kompyuter grafikasiDavlat umumiy standarti
Eslatma: Texnikaviy normativ xujjatlarining yagona klassifikatsiyasi va belgilanishi joriy etilguncha, mazkur klassifikatsiya va standart nomerini tuzish sistemasi uz kuchini saklab koladi.
Maxsulot turlari va loyixa xujjatlari
Buyum turlari. Buyum deb yasash mumkin bulgan predmet yoki predmetlar tuplamining istalgan kurinishiga aytiladi. Buyumlarga, masalan, detallar va yigiladigan birliklar, komplektlar va komplekslar kiradi (GOST 2.101-68).
Detal deb nomi va markasi bir xil materialdan yasalgan, yigish operatsiyalarisiz tayyorlangan buyumga aytiladi. Masalan, val, kuyma tana va x.k.).
Yigma birlik deb kismlari yigish operatsiyalari yordamida yigiladigan buyumlarga. Masalan, reduktor, payvandlangan tana va x.k.) aytiladi.
Ukuv sharoitlarida asosan 2 xil kurinishdagi buyumlar kullanadi - detallar va yigma birliklar.
Konstruktorlik xujjatlarining turlari.
Ularning ishlab chikarishdagi turlari va komplektlarini GOST 2.102-68 belgilab beradi.
Bunday xujjatlar buyumlarni ishlab chikishda, tayyorlashda, sifatini nazorat kilishda, ekspluatatsiya va taʼmirlashda ularning tarkib va kurilishini aniklab beradi.
Konstruktorlik xujjatlariga grafik va matniy xujjatlar kiradi. Masalan, detalning ishchi chizmasi, yigish chizmasi, umumiy kurinishi, sxemasi, spetsifikatsiyasi, tushuntirish xati va boshkalar.
Detal chizmasi va spetsifikatsiyasi asosiy konstruktorlik xujjatlari sanaladi. Bunday xujjatlar original, nusxa, dublikat kurinishida bajarilishi mumkin.
Detal chizmasi - bu detalni tayyorlash va nazorat kilish uchun zarur buladigan detal tasviri va boshka maʼlumotlar xakidagi xujjatdir.
Ishchi chizmada buyumning ulchamlari, chetlanishlari, yuza, gadir-budirliklari va boshka shunga uxshash yigishda buyum mos kelishi kerak bulgan maʼlumotlar kursatiladi. Ishchi chizmalarda texnologik kursatmalar berishga yul kuyilmaydi.
Yigma chizma - bu yigma birlikni yigish va boshka maʼlumotlar xakidagi xujjatdir. Yigma chizmalarga, shuningdek, gidromantaj, pnevmomontaj va elektromontaj chizmalari kiradi.
Umumiy kurinish chizmasi - bu buyum konstruktsiyasi, asosiy tuzuvchi kismlarining uzaro taʼsiri, ishlash printsipini tushuntiruvchi xujjatdir.
Sxema - bu buyum tuzuvchi kismlarining shartli belgi va tasvirlari va ular orasidagi boglikliklarni kursatuvchi xujjatdir.
Spetsifikatsiya - yigma birlik, kompleks yoki komplektning tarkibini aniklovchi xujjatdir.
Tushuntirish xati - bu ustida ish olib borilayotgan maxsulotning tuzilishi va ishlash printsipini bayon kiluvchi, shuningdek ustida ishlashda kabul kilingan texnik va texnik - iktisodiy karorlarni asoslovchi xujjatdir.
Ukuv sharoitlarida mazmun jixatdan baʼzi ishlab chikarish konstruktorlik xujjatlariga yakin bulgan ukuv chizmalari kullaniladi. Ularga detallar ukuv chizmasi, ukuv yigma chizmalar, ukuv umumiy kurinishlar, spetsifikatsiyalar va boshkalar kiradi.
|
| |