|
Namangan Davlat Universiteti Biotexnologiya fakulteti
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,86 Mb. | | #138546 |
Bog'liq Mamatova Matluba
Namangan Davlat Universiteti
Biotexnologiya fakulteti
Sabzavotchilik polizchilik kartoshkachilik
2 kurs AU-22 guruh talabasi
Mamatova Matlubani
Sabzavotchilik fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
Mavzu: Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi
Reja:
Tarvuz yetishtirish texnologiyasi
Tarvuz navlari
Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tarvuz erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yo‘q. Ekinlar kechki muddatlarda ekilganda yerni qayta shudgorlash zarur. Bunda tuproqni ag‘darmasdan turib, 22 sm chuqurlikda yumshatib chiqiladi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – O‘rinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1 va o‘rta-ertapishar – Surxon tongi, Dilnoz, Sharq ne’mati, kechpishar – Hayit qora, Qo‘ziboy.
Urug‘ tanlash. Ekiladigan tarvuz urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.
Y er tayyorlash. Polizchilikda yerni ekishga tayѐrlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini ta’minlovchi muhim omildir. Kuzda yer 35-40 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash ѐrdamida ishlov beriladi.
Ekish muddati va sxemasi. Poliz ekinlari urug‘ining unib chiqishi ekish muddatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Respublikamizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlarida qovun va tarvuzning ertagi navlari 15 aprelgacha, o‘rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha; janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o‘rtagisi 10–20 aprelda, kechkilari esa 10–20 iyunda ekiladi
E'TIBOR UCHUN RAXMAT
|
| |