• Annotatsiya
  • Ключевые слова
  • Qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi




    Download 331.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana09.11.2023
    Hajmi331.58 Kb.
    #96143
      1   2   3   4
    Bog'liq
    6085-Текст статьи-15189-1-10-20220610
    39010, 10-sinf ingliz tili ish reja YANGI, zebra 2, Kirish Issiqlik almashinish qurilmalari, 20-mavzu1, ggh, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjat turlari va xususiyatlari, Маълумотнома toifaga, resume uz, Nutq madaniyati uslublari haqida, 9-mavzu ma\'ruza matni, TIJORAT BANKLARI RENTABELLIK KO\'RSATKICHLARI, 1- Amaliy mashg\'ulot.docx


    O’QITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA
    TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
     
    Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’li 
    Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. 
    e-mail: zuxriddinbekjon@umail.uz  
     
    Annotatsiya: 
    Maqolada 
    bo’lajak 
    texnologiya fani o’qituvchilarini 
    innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonlari yoritib berilgan.
    Kalit so’zlar : Texnologiya, o’qituvchi, innovatsiya, faoliyat, tayyorlash.
    *** 
    Резмю: В статье описан процесс подготовки будущих учителей-
    технологов к инновационной деятельности. 
    Ключевые слова: технология, учитель, инновации, деятельность, 
    обучение. 
    *** 
    Annotation: The article describes the process of preparing future technology 
    teachers for innovative activities. 
    Keywords: Technology, teacher, innovation, activity, training. 
    Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya 
    tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon 
    andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, 
    jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, 
    ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish
    yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish 
    borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20 
    apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 
    Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan 


    ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani 
    bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali 
    mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9 
    darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va 
    ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan.[2] 
    Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, 
    pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni 
    shakllantirishdan iboratdir.
    Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash 
    texnologiyasi, bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar 
    u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan
    yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) 
    foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy
    ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa 
    turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang-
    barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush 
    tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni 
    taqdim etadi.

    Download 331.58 Kb.
      1   2   3   4




    Download 331.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi

    Download 331.58 Kb.
    Pdf ko'rish