|
12-Ma’ruza. Mavzu: Boshlang’ich ta’limda integratsiya mohiyati
|
bet | 1/3 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 77,18 Kb. | | #142698 |
Bog'liq 12-Ma’ruza 12-Ma’ruza. Mavzu:Boshlang’ich ta’limda integratsiya mohiyati. Reja: 1.Integratsiya tushunchasi. 2.Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni. 3.Boshlang’ich ta’lim o’qtuvchisining integratsion faoliyat asoslari. Integratsiya tushunchasi. “Integratsiya”tushunchasi lotincha bo’lib,to’liq,yaxlit va bir butunlik ma’nolarni anglatadi.Atama sifatida integratsiya so’zi quyidagilarni ifodalaydi:
O’quv fanlarining o’zaro bog’liqligini;
O’qitish jarayonining boshqa turdosh faoliyatlar bilan aloqadorligini.
XX asr oxirlarida butun dunyoda davlatlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari boshlandi. Buning natijasida ta’lim va ilm-fanda ham integratsion jarayonlari yuzaga kelib, unda g’oyaviy bog’liqlik, mavzuli aloqadorlik va ilmiy-metodik samaradorlik masalalarga alohida e’tibor berila boshlandi. Pedagogik nuqtai nazardan integratsiyaning quyidagi afzalliklari mavjud: - o’quv rejalari, dasturlari va adabiyotlarini turdosh fanlar bilan aloqadorlikda tuzish, buning natijasida fanlar mavzularida takroriylikning yuzaga kelmasligi;
- ta’lim va tarbiya ishlarini turdosh fanlarning o’zaro bog’liqligida amalga oshirish;
ta’lim muassasasining hamkorlik ko’lamining kengayishi; - ta’lim beruvchilarning professional hamkasblari bilan o’zaro aloqaga kirishishi;
- ilmiy ishlanmalarning amaliy xususiyatlari kuchay
Ta’lim muassasalariga teng shart-sharoit yaratish va ularni bir xil texnologik jihozlash
Fanlarning muammolarini hamkorlikda hal etish
Ta’lim va tarbiya jarayonining texnologiyalari,metodlari va vositalarini manfaatdor muassasalar bilan birgalikda yaratish
Ta’lim va tarbiya ishtirokchilarining nazariy bilimi,ko’nikma va malakasini takomillashtirib boorish.
Pedagogik integratsiyani yuzaga keltirish uchun talablar:
Boshlang’ich ta’limda integratsiya mazmuni.
O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida keyingi yillarda integratsiya jarayoni. Integratsiya asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
- o’quv rejalari va dasturlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda tuzilishi;
- o’quv adabiyotlarining turdosh fanlar bilan hamkorlikda yaratilishi va bunda mavzularning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik;
- boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayonini umumiy o’rta ta’lim hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan aloqadorlikda amalga oshirish;
|
| |