12-Ma’ruza. Mavzu: Boshlang’ich ta’limda integratsiya mohiyati




Download 77,18 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2024
Hajmi77,18 Kb.
#142698
1   2   3
Bog'liq
12-Ma’ruza

guhkjhjkn


2018 yildan boshlab Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetida integratsiyaning innovatsion pedagogik ta’lim klasteri joriy etildi. Unga ko’ra, klaster usuli innovatsion pedagogik integratsiyaning asoslaridan biri sifatida qabul qilindi va mazkur innovatsion integratsiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligini ta’minlash;
  • o’quv jarayoni va amaliyotning uyg’unligini birlamchi bilish;
  • kafedralarning mahalliy va xalqaro hamkorligini qat’iy kuchaytirish;
  • institutning Toshkent viloyati ta’lim muassasalari bilan nazariy va amaliy hamkorligini amalga oshirish;
  • viloyatning ta’limga oid muammolarini barcha manfaatdorlar bilan birgalikda hal etish;
  • pedagog kadrlarni tayyorlashda ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish;
  • “Maktab-laboratoriya”lar tashkil etish.
  • boshlang’ich ta’lim va tarbiya jarayoniga turdosh fanlar tajribasidan o’tgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
  • boshlang’ich ta’lim muammolarini pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan hamkorlikda ilmiy tatqiq etish;
  • boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarining optimal va uzviylik tamoyillariga asosan bog’liqligini ta’minlash;
  • boshlang’ich ta’limning tajribaviy yutuqlarini boshqa ta’lim turlari va fanlariga taqdim etib borish.

o’quv fanlarini turdosh ta’lim bosqichlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda o’qitish;
o’quv adabiyotlarini amaliy faoliyat bilan uyg’unlikda yaratish;
Boshlang’ich ta’limda integratsiya quyidagi mexanizmlarga asoslanadi:
boshlang’ich ta’limni amalga oshiruvchilarning faoliyatini manfaatli hamkorlik asosida tashkil etish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida boshlang’ich ta’limda integratsiyani tarkib toptirish uchun quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
  • o’zaro uzviy bog’liq o’quv fanlarini birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;
  • o’quvchilarning o’z bilim va ko’nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o’rgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;
  • fanlararo o’zaro aloqadorlikni qat’iy ta’minlash;
  • yangi avlod darsliklarini o’qituvchining metodik qo’llanmasi, o’quvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish hamda nashr etish.

  • Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash natijasida O’zbekiston boshlang’ich ta’limida o’ziga xos integratsiya yuzaga keladi.

Download 77,18 Kb.
1   2   3




Download 77,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-Ma’ruza. Mavzu: Boshlang’ich ta’limda integratsiya mohiyati

Download 77,18 Kb.