• 1-MASHG’ULOT. Mobil texnologiyalar va biznesning Raqamli transformatsiyasi Reja
  • О‘zbekiston respublikasi




    Download 131 Kb.
    bet1/2
    Sana02.02.2024
    Hajmi131 Kb.
    #150363
      1   2
    Bog'liq
    Allanova


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



    TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING


    QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
    IT biznes asoslari”
    fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha


    USLUBIY KO‘RSATMA

    Qarshi – 2024


    1-MASHG’ULOT.
    Mobil texnologiyalar va biznesning Raqamli transformatsiyasi
    Reja:

    1. Raqamli transformatsiya.

    2. “Raqamli” va “Raqamlashtirish” tushunchasi nima?

    3. Raqamli transformatsiyaning tarixi

    4. Biznes jarayonlarini qayta qurishga qarshi raqamli transformatsiya

    5. Raqamli transformatsiyani kelajakda nima kutmoqda?

    Raqamli transformatsiya – bu zamonaviy texnologiyalar va ma’lumotlarni tahlil qilish orqali mijozlar bilan samarali hamkorlik qilish uchun xodimlarning qanday ishlashini qayta ko’rib chiqishdir.


    Kichik va o’rta korxonalar – bu 250 kishigacha bo’lgan ishchilar soni bo’lgan korxonalar. Va O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni tashkil etadi. 2022 yilda biznesni raqamlashtirish nafaqat raqobatdosh ustunlik, balki kompaniyaning bozorda omon qolishi masalasidir. Raqobat kuchayib bormoqda, iste’molchi qulayroq va foydali xizmatni tanlashda doimiy jarayonda.
    Mavzu: Biznesning raqamli transformatsiyasi: yondashuvlar va ta’rif

    "Raqamli" ning bir nechta ta’riflari mavjud, ammo biz mashhur McKinsey kompaniyasi tomonidan keltirilgan ta’rif bilan cheklanamiz, ushbu ta’rifga ko‘ra raqamli atamasi tor ma’noda istalgan biror bir jarayonni, keng ma’noda kompaniyalar o‘z bizneslarini qanday yuritishlarini anglatadi.

    McKinseyning "raqamli" ta’rifi uchta asosiy qismga bo‘linishi mumkin:


    • biznes olamining yangi jabhalarida qiymat yaratish
    • mijozlar bilan munosabatlarda bevosita ta’sir ko‘rsatadigan jarayonlarni optimallashtirish
    • biznes yuritishning butun bir tizimi ishlashini ta’minlovchi salohiyat yaratish
    "Raqamlilashtirish" atamasi birinchi marta 1971-yilda Shimoliy Amerikada nashr etilgan maqolada qo‘llanilgan. Robert Machal kompyuter yordamida olib boriladigan tadqiqotlarning imkoniyat va cheklovlaridan kelib chiqqan holda "jamiyatni raqamlashtirish" haqida fikr bildirgan.
    Raqamli biznes bo‘yicha konsalting kompaniyasi - I-SCOOP raqamlashtirishning ta’rifini quyidagicha keltiradi.
    “Raqamlilashtirish atamasi daromad olish, biznesni takomillashtirish, biznes jarayonlarini almashtirish / o‘zgartirish (faqatgina elektron nusxalash emas) va raqamli biznes uchun muhit yaratish maqsadida raqamli texnologiyalar va ma’lumotlardan (elektronlashtirilgan va tabiiy raqamli bo‘lgan) foydalanishni anglatadi va shu bilan birga raqamli axborot raqamlashtirishning asosida turadi”.
    Yana bir mashhur Capgemini kompaniyasi raqamli transformatsiyaga "korxonalar faoliyati samaradorligini yoki imkoniyatlarini tubdan yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanish" deb ta’rif berganlar.
    Raqamli transformatsiyaning tarixi. Raqamli transformatsiya so‘nggi yillarda eng ko‘p muhokamada bo‘lmoqda, ammo raqamli mahsulotlar, xizmatlar va vositalar haqida g‘oyalar 1990 va
    2000- yillarda allaqachon keng tarqalgan edi.
    Masalan, chakana savdo sanoatida ommaviy axborot vositalarining reklama kampaniyalari 1990 va 2000-yillarda yuqori savdo ko‘rsatkichlariga erishish uchun muhim raqamli kanallar deb hisoblanardi, garchi xaridlar hali ham oflayn do‘konlarida, ko‘pincha naqd pul bilan amalga oshirilgan bo‘lsa ham.
    Korxonalar endi o‘z mijozlari bilan individual ravishda va ko‘pincha real vaqt rejimida raqamli aloqa qilish imkoniyatiga ega ekanliklarini tushuna boshladilar. PayPal kabi tobora o‘sib borayotgan raqamli to‘lov tizimlari onlayn tijorat va veb-savdo imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hissa qo‘shdi
    Elektron nusxalash nima? "Elektron nusxalash" ning bir nechta turli xil ta’riflari mavjud, ular kontekstga qarab farqlanadi. Elektron nusxalash atamasi bilan eng keng tarqalgan ta’riflardan biri analogdan raqamliga o‘tishdir. Turli sohalardagi tadqiqotchilar elektron nusxalashni analog yoki fizik artefaktning ba’zi turlarini raqamli artefaktga aylantirish sifatida izohlaydilar. Bunga bir (oson) misol suratga olish va uni raqamli fotosuratga aylantirish bo‘lishi mumkin.
    Ba’zi tadqiqotchilar va amaliyotchilar Biznes jarayonlarini qayta qurish (Business Process Reengineering, BPR) va raqamli transformatsiya o‘rtasida ba’zi o‘xshashliklarni keltirib o‘tishgan. BRP xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulot va xizmatlarni yaxshilash uchun biznes bilan bog‘liq jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni qayta tuzishdir.
    BPRning asosiy yo‘nalishi qoidalarga asoslangan jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan.
    Raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi yangi ma’lumotlarni olish va ushbu ma’lumotlardan eski, qoidalarga asoslangan jarayonlarni qayta tafakkur qilish uchun foydalanishdir.
    Raqamli transformatsiyani kelajakda nima kutmoqda?
    Bilimlar bozorining global provayderi bo‘lgan International Data Corporation (IDC) 2018-yilga kelib Internet buyumlari (IB) qurilmalari soni ikki baravarga ko‘payishini taxmin qildi. Shu sababli, mobil ilovalarni ishlab chiqish yaqin orada pasayib ketishini kutmaslik kerak bo‘ladi. Eng muhimi, IDC raqamli transformatsiya (RT) makroiqtisodiy miqyosga va ta’sirga erishishini bashorat qilmoqda. "Keyingi uch-to‘rt yil ichida RT
    sayi-harakatlari aksariyat korxonalar uchun endi "loyihalar", "tashabbuslar" yoki "maxsus biznes bo‘linmalar" bo‘lib qolmaydi.



    Download 131 Kb.
      1   2




    Download 131 Kb.