|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
|
bet | 1/7 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 404,93 Kb. | | #120922 |
Bog'liq 1-amaliy dars (2)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va matematik usullar kafedrasi
Raqamli biznes transformatsiya fanidan
1-Amaliy darsi
Mavzu:Raqamli biznes transformatsiya faniga kirish.(4soat)
Tuzuvchi: Yuldosheva Z.S
Mavzu:Raqamli biznes transformatsiya faniga kirish. (4soat)
Amaliy darsning umumiy maqsadi: Raqamli biznes transformatsiya haqida ma’lumot, yirik kompaniyalar misolida raqamli transformatsiya jarayonlari bilan tanishish (2soat)
3 ta sanoat inqilobining umumiy ko’rinishi, sanoat inqiloblarining sabablari, sanoat inqiloblari (2soat)
Raqamli transformatsiya nima?
Raqamli transformatsiya — bu kompaniyaning biznes jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish usuli bo‘lib, unda raqamli texnologiyalaridan biznes faoliyatini o‘zgartirish va yaxshilash uchun foydalaniladi. Buning hisobiga uning miqyosi kengayib, yanada samarali va daromadliroq bo‘ladi.
Biznesning raqamli transformatsiyasi yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Bir oz oldin biznes sohasiga ijtimoiy tarmoqlarning joriy etilishini inqilob deb atash mumkin edi. Bugun esa bu yetarli emas bo‘lib qoldi. Kompaniyalar takomillashtirish va rivojlanish uchun zamonaviy texnologiyalarga muhtoj. Biznesni yuritishning an’anaviy strategiyalaridan raqamli biznes strategiyalariga inqilobiy o‘tish tufayli kompaniya raqobatchilarga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega bo‘ladi. Biroq qat’iy harakat qilish zarur. Yangi jarayonlarning ba’zilari tez va samarali ishga tushiriladi, boshqalari esa uzoq muddatli o‘zgarishlarga olib kelishi va hatto qisqa masofalarda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, ba’zi mijozlar innovatsiyalarni qabul qilishni istamasliklari sababli rad etishadi. Biroq raqamli transformatsiyaga to‘g‘ri yondashish va samarali vositalarni joriy etish kompaniyani «raqamlashtirish» va uning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
Bu shunchaki ma’lumotni raqamlashtirish emas. Bu kompaniyani raqamli makonda targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarning katta to‘plamidir. Siz turli tajribalarga tayyor bo‘lishingiz, eskirgan biznes jarayonlaridan voz kechishingiz va biznesingizni kengaytirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishingiz kerak.
|
| |