• 3 ta sanoat inqilobining umumiy ko’rinishi, sanoat inqiloblarining sabablari, sanoat inqiloblari natijalari (2soat) Birinchi va Ikkinchi sanoat inqiloblari
  • Hozirda dunyoga mashhur kompanyalarning raqamli biznes StartApplari




    Download 404,93 Kb.
    bet5/7
    Sana16.12.2023
    Hajmi404,93 Kb.
    #120922
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-amaliy dars (2)

    Hozirda dunyoga mashhur kompanyalarning raqamli biznes StartApplari.
    NIKE
    NIKE – sport poyabzali va kiyim-kechak sanoatidagi gigant kompaniya. Ammo biznes egalari bu bilan to‘xtab qolmay, raqamli transformatsiyani amalga oshirdilar. Ular oyog‘ingiz shakli va o‘lchamini skanerlash orqali poyabzal tanlashga yordam beruvchi ilovani yaratdilar. Dastur nuqtalarni yaratadi, shundan so‘ng u mijozga to‘g‘ri poyabzal tanlashni taklif qiladi. Bunda menejerlar ma’lumotlarni olib, zaruratga qarab ularni qayta ishlaydilar va mijozlarga moslab poyabzal yaratadilar.
    Mobil ilovalarni ishlab chiqishdan tashqari, kompaniya mijozlarning sodiqligini oshirishga sarmoya kiritdi va NIKE+ dasturini ishlab chiqdi. U heshteglarni Internetda joylashtirgan, brendni targ‘ib qilishga yordam beradigan va sodiq mijozlar bo‘lgan faol foydalanuvchilarni mukofotlaydi. O‘z mijozlariga nisbatan bunday munosabat savdo hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Ishlanma Yaponiyada sinovdan o‘tkazildi va natijalari a’lo darajada bo‘ldi.


    3 ta sanoat inqilobining umumiy ko’rinishi, sanoat inqiloblarining sabablari, sanoat inqiloblari natijalari (2soat)
    Birinchi va Ikkinchi sanoat inqiloblari
    XVIII asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat inqilobining harakatlantiruvchi kuchi sifatida bug‘ mashinalari ishlab chiqarish jarayonlariga kirib keldi. Jamiyat hayotida, qishloq xo‘jaligi yoki sanoatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Yerga ishlov berishda texnika, kimyolashtirish va biologik vositalar qo‘llanishi ortiqcha ishchi kuchini siqib chiqardi. Ishsiz aholi shaharlarga ish izlab bordi hamda sanoat korxonalarida ishga yollandilar. Birinchi sanoat inqilobining o‘ziga xos jihatlarini ishsizlikning ortishi, jismoniy mehnatga bo‘lgan talabning yuqoriligicha qolishi, aholi harakati oqibatida epidemiologik vaziyatning xavfliligida ko‘rishimiz mumkin.
    XIX asr oxirida kelib elektrdan keng miqyosda foydalanishga o‘tilishi ikkinchi sanoat inqilobiga asos bo‘ldi. Biroq, avvalgisidan farqli ravishda bu inqilob aholi orasida ishsizlik ortishi bilan kechmadi. Sanoat korxonalarining keng miqyosda qurilishi va konveyerlash tizimi joriy etilishi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirdi. Bundan tashqari, konveyerdagi ishchi mehnat jarayonining kichik bir qismidagi doim takrorlanib turadigan amaliyotda ishtirok etgani sababli yuqori darajada bilim va ta'lim ko‘nikmalari unga zarur emas edi.
    Ikkinchi sanoat inqilobining o‘ziga xos jihatlariga jismoniy kuchga bo‘lgan talab saqlanib qolishi, ishsizlikning qisqarishi, notenglikning kamayishi hamda Buyuk Britaniya sanoat zonasidan tashqari Prussiya (Germaniya), AQSh, aponiy ava sovetlar ittifoqining o‘z sanoat zonalarini shakllantirishlarini ham kiritish mumkin. Shu qatorda, energetika, konveyerlash tizimi va standartlashtirish natijasida mahsulotning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi narxlarni arzonlashtiribgina qolmasdan, iste’mol bozorlari va resurslar uchun qirg‘inbarot urushlarga ham sabab bo‘ldi.

    Download 404,93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 404,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirda dunyoga mashhur kompanyalarning raqamli biznes StartApplari

    Download 404,93 Kb.