Sanoat korxonalarining elektr taʼminoti boʼyicha umumiy masalalar
Mavzu: Sanoat
korxonalarining elektr
taʼminoti boʼyicha umumiy
masalalar.
Odatda iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligi yalpi
ichki mahsulot (YAIM)ning energiya
sigʻimdorligi koʻrsatkichi
orqali ifodalanadi. U YAIMga nisbatan energiya resurslari
sarfining solishtirma
koʻrsatkichidir. Soddaroq tushuntirsak,
muayyan qiymatga teng YAIM yaratish uchun sarflanadigan
energiya resurslari sarfi energiya
sigʻimdorligidir.
Agar
mazkur
koʻrsatkichning
Oʻzbekiston
iqtisodiyoti
tarmoqlaridagi qiymati tahlil etilsa, energiya
sigʻimdorligi xorijiy
mamlakatlar bilan taqqoslaganda 2-3 barobar
koʻp. Yaʼni
muayyan
hajmdagi
mahsulotni
ishlab
chiqarishda
Oʻzbekistonda 3 tonna shartli yoqilgʻi energiya resursi sarflansa,
boshqa mamlakatlarda bu
koʻrsatkich 1-1,5 tonna shartli
yoqilgʻini tashkil etmoqda.
Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va
uni iste'molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat.Ushbu tarmoq
mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga
muhim
taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi.
Birinchi
yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan
iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni
rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi
yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon
elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani
koʻp
talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr
energiyasini
koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan,
alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak
ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60
ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab
chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf
boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulot tan narxining asosiy
qismini
energetika
harajatlari
tashkil
qilsa,
bunday
ishlab
chiqarish
koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb
ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga
qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va
qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va
toʻqimachilik
sanoati
kiradi.
Elektr
energiyasi
sanoatini
joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a)
yoqilgʻi va
gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr
energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v)
isteʻmolchining
joylashishi.
Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda
ishlatiladigan
yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga
ketadigan harajatga
bogʻliq. Shu sababli, elektr
stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda
yoqilgʻini
tashib kelishga va elektr energiyani
isteʻmolchiga yetkazib
berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar
yoqilgʻini tashib kelish harajati elektr energiyani oʻzatish
harajatidan ortiq
boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi
manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga
tushsa, uni
isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda,
elektr energiya juda
koʻp talab qilinadigan joylarda elektr
stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan
yoqilgʻiga
moʻljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini
uzatish mumkin
boʻlgan masofa yildan-yilga uzayib
bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish
mumkinligi uni
yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda
afzalroq qilib
qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga
oshirishga imkon beradi:
— yoqilgʻining maxalliy turlaridan
toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli
elektr stantsiyalar qurishga;
—xoʻjalikning hamma
tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga. Elektr
energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr
stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM),
atom elektr stantsiyalarida (AES) va
noanʻanaviy elektr
energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Jahonda
IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va
transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari
hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi.
Koʻpchilik IESlarda elektr energiya bilan birga issiqlik
energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr
stantsiyalar issiqlik elektr markazlari (IEM) deb ataladi.
Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan
suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish
extiyojlariga yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km
gacha
boʻlgan masofaga joʻnatish mumkin, shuning uchun
IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik
shaharlarda quriladi. Bu soha
boʻyicha Rossiya jahonda
yetakchi hisoblanadi. Gidroelektr stantsiyalarda (GES)
energiya ishlab chiqarish
toʻxtovsiz oqib tushadigan suv
oqimi kuchiga asoslanadi. Shuning uchun ham ularda
ishlab chiqarilgan elektr energiyaning tan narxi past
boʻladi. GESlar suv oqimi energiyasini elektr energiyaga
aylantirib beradigan inshootlar va jixozlar majmuidir.
Tekislik va
togʻ oldi daryolarida suvning toʻxtovsiz oqimi
asosan
toʻgonlar tufayli hosil qilinadi. GES binosi toʻgon
yonida, yoki ichida,
baʻzi xollarda toʻgʻondan pastda
joylashadi.
Togʻ daryolarida koʻpincha derivasion GESlar
orqali hosil qilinadi.
GES binosi toʻgʻondan ancha pastda, ayrim xollarda yer tagida joylashtiriladi. Daryo
oqimi yil boʻyi energiya olishda, toʻla foydalanish maqsadida suv omborlar qurish orqali
tartibga solinadi. Yirik GESlar qurilganda daryo suvlaridan transport va irrigatsiya
maqsadlarida ham, suv taʻminoti uchun ham foydalaniladi. Bunday inshootlar
gidrouzellar deb ataladi. Gidrouzellar elektr energiyani ishlab chiqarish, yerlarni
sugʻorish, xoʻjaliklar va aholini suv bilan taʻminlash, kemachilik va baliqchilikni
rivojlantirish masalalarini xal qilishga imkon beradi. Hozirgi paytda GESlarning yangi
turi boʻlgan gidroakkumulyativ elektr stantsiyalar (GAES) ham qurilmoqda. Ular
energiya tizimlarida elektr energiyadan notekis foydalanish sababli quriladi. GAESlar
boshqa GESlar ishlab chiqargan energiyani toʻplaydi (akkumulyatsiya qiladi), bunda ular
stantsiyadan yuqorida joylashgan xavzaga suvni nasoslar bilan koʻtarish uchun qurilgan
tizimlardagi ortiqcha elektr energiyasidan foydalanadi (masalan, tunda). Elektr
energiyaga extiyoj oshganda bu xavzadagi suv ochib yuboriladi va hosil boʻlgan oqim
kuchi tufayli GAESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi. Bitta daryoning oʻzida bir
nechta elektr stantsiyalar pogʻonasini (kaskad) vujudga keltirish mumkin. U suv
resurslaridan koʻp marta foydalanishning eng yaxshi imkoniyatlarini yaratib beradi.
Masalan, Chirchiq daryosida 19 ta, Volga daryosida esa 12 ta elektr stantsiyalar
pogʻonasi
qurilgan.
Gidroenergetika
resurslarining
65
foizi
rivojlanayotgan
mamlakatlarga toʻgʻri keladi, ammo ulardan foydalanish darajasi past. Gidroenergetika
resurslaridan foydalanish darajasi AQSH, Rossiya va Norvegiyada juda yuqori.
Norvegiyada elektr energiyaning 99,5 foizi GES larda ishlab chiqariladi. Bu yerda
GESlarning asosiy qismi (200 dan ortiqrogʻi) yer tagida joylashgan. Jahonda ishlab
Elektr ta’minoti sistemasi (ETS) kuchlanishi 1000 V gacha va
undan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlari hamda transformatorlar
va o‘zgartirgichli podstansiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning
vazifasi xalq xo‘jaligi ob’ektrlaridagi
elektr ishlatuvchilarni
ko
‘rsatkichlariga ega bo’lgan elektr energiyasi bilan
ta’minlashdan iboratdir. Elektr ishlatuvchilarga turli mashina va
mexanizmlarning elektr dvigatellari, elektr pechlar, elektroliz
qurilmalari, payvandlash mashinalari, yoritish tizimi va
boshqalar kiradi.Elektr ishlatuvchilar va elektr iste’molchilari
(EI va I) elektr energiyasini energosistemaning rayon
podstansiyalaridan oladi. Ba’zi hollarda bir yoki bir necha
korxona uchun bir vaqtda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi
ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlari (IEM) xam
ko’rilishi mumkin.
ETS ning ish rejimi va uning parametrlari
elektr energiya
manbasi bo
‘lgan energosistemaning hamda ishlab chiqarish
jarayoni rejimlariga bog‘liq. Bu parametrlarga kuchlanish,
elektr yuklamalari, chastota va boshqa o‘zgaruvchan
fizik
ko
‘rsatkichlarining qiymatlari kiradi. Energnosistema
tomonidan ETS parametrlariga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
energosistemada aktiv quvvat balansi va chastota og‘ishi bilan
bog‘liq bo‘lgan elektr manbalarining quvvatlari o‘zgarishi,
reaktiv quvvat balansiga bog‘ liq bo‘lgan
kuchlanish satki
, qisqa
tutashuvlar va muvozanatning buzilishi. Korxonalardagi
texnologik jarayonlar yuklamalar rejimini aniqlaydi.
Elektr
taʼminoti
tizimining
sxemasi
elektr
energiyasi manbaidan energiyani
isteʼmolchilarga
uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya
(kuchlanishni
oʻzgartirish) bosqichlari soni kam
boʻlishiga,
energiya
manbaini
iloji
boricha
isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi.
Energiyani
isteʼmolchilarga uzatishda kabelli va
simli
uzatish
usullaridan
foydalaniladi.
Kuchlanishni
oʻzgartiruvchi
(asosan,
pasaytiruvchi)
st-yalar
isteʼmolchilar
zich
joylashgan hududning
oʻrtarogʻiga quriladi.
Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr
boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya qurish bilan
boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES,
Xoʻjakent GES, Gʻazalkent GES, Farhod GES,
eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM):
Fargʻona
IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr
uzatish
liniyalari
(EUL)
soni
20
dan
ortiq
(qarang
Energetika
). Resggublika shaharlari va
qishloqlarini
elektr
bilan
taʼminlash
markazlashtirilgan.
|