|
Лаборатория2
|
bet | 1/5 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #129980 |
Bog'liq mustaqil ish DT (1)
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
F.X.QO’CHQOROV
«DISKRET TUZILMALAR»
FANIDAN MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISH UCHUN
U S L U B I Y Q O‘ L L A N M A
SAMARQAND-2023
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
«DISKRET TUZILMALAR»
FANIDAN MUSTAQIL IShLARNI BAJARISh UChUN
U S L U B I Y Q O‘ L L A N M A
TATU Samarqad filiali
O‘quv –uslubiy kengashi
Tomonidan o‘quv maqsadlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan
S A M A R Q A N D - 2023
Qo’chqorov F.X. Diskret tuzilmalar fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun u s l u b i y q o‘ l l a n m a. – Samarqand: TATU Samarqand filiali, 2023. 35 bet.
Diskret tuzilmalar fanidan ushbu mustaqil ishlar bakalavrlar tayyorlash DTS bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, u Kompyuter injiniringi va TTKT fakultetining 2 kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanmada diskret tuzilmalar fanining mustakil ish mavzulariga doir nazariy ma’lumotlar, misol va masalalar yechish uchun uslubiy tavsiyalar keltirilgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma OTM 5330500 «Kompyuter injiniringi», 5330600 «Dasturiy injiniringi», 5350400 «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari soxasida kasb ta’limi», 5350100-«Telekommunikatsiya texnologiyalari» bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: TATU Samarqand filiali Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri, dotsent Bekmurodov Q.A.
SamDU “Dasturiy injiniringi” kafedrasi dotsenti Shodiyev U.R.
© TATU Samarqand filiali 2023
AMALIY IShLARNI BAJARISh QOIDALARI
Talabalar har bo‘limga oid barcha topshiriqlarni qo‘yidagi tartibda bajarishadi:
Har bir talaba o‘z guruh jurnalidagi raqamiga mos keladigan topshiriqni bajaradi. Masalan, 1- amaliy ishdagi 1)-topshiriqni guruh jurnalida familiyasi 1-o‘rinda turgan talaba, 2)- topshiriqni guruh jurnalida familiyasi 2-o‘rinda turgan talaba, 3)- topshiriqni guruh jurnalida familiyasi 3-o‘rinda turgan talaba bajaradi va hokazo shu tartibda barcha talabalar o‘z topshiriqlarini bajarishadi. Agar amaliy ishdagi topshiriqlar talabalar sonidan kam bo‘lsa, navbatdagi talaba yana 1)-topshiriqdan boshlaydi. Agar misol bitta topshiriqdan iborat bo‘lsa, uni hamma talabalar bajarishadi.
Har bir topshiriq yechilish yo‘li to‘liq ko‘rsatilgan, qaysi formula yoki teoremalarga asoslanganligi to‘liq yoritilgan holda bajariladi.
Mustaqil amaliy ishlar talabaning aniq ismi, sharifi, kursi va guruhi ko‘rsatilgan alohida daftarda bajariladi va amaliyot o‘qituvchisiga ko‘rsatilgan muddatlarda topshiriladi. Lozim bo‘lgan hollarda o‘qituvchi talabadan ba’zi misollarning ishlanish yo‘lini og‘zaki so‘rashi mumkin.
Har bir talaba o‘z raqamiga to‘g‘ri keladigan bitta mavzu buyicha referat tayyorlab, uni komissiyada himoya qilishi kerak.
1-MAVZU. FUNKSIYaLAR SISTEMASINING TO‘LIQLIGINI ANIQLASh
|
| |