• Pedagogika
  • Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
  • Shaxsni shakllantirish jarayoni”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi”, “tarbiya texnologiyasi” masalalarini alohida o’rganish;
  • Pedogokika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat




    Download 102,2 Kb.
    bet1/17
    Sana18.12.2023
    Hajmi102,2 Kb.
    #122982
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    pedagogika


    20.11.2023
    Pedogokika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat
    Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.
    Pedagogika  ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi.Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
    Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.

    • milliy pedagogika sifatida tarkib topishi, byurokratizm rasmiyatchilik illatlaridan qutulish, jahon fanida yuqori darajaga ko’tarilishi. Milliy mafkura, kadrlar tayyorlash Milliy modeli, bozor iqtisodi talablari va jahon fani tajribalari asosida o’z metodologiyasi va yo’nalishini tubdan o’zgartirish;

    • pedagogik tadqiqot metodologiyasi va metodikasini takomillashtirish, uning samaradorligini, insonshunoslik fanlari bilan hamkorligini amalga oshirish, shaxsni bir butunlikda o’rganish va uni shakllantirish metodologiyasini yaratish;

    • pedagogik investitsiyani rivojlantirish, ilg’or pedagogik texnologiyani yaratish, jahonda raqobatbardosh loyihalarni ishlab chiqish, ekstentsiya (eksport)ni kengaytirish, pedagogik ixtiro-innovatsiyalarni boshqa mamlakatlar tajribasida sinab ko’rish;

    • eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo’lgan pedagogika tariximizni chuqur o’rganish, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr mezonida tahlil qilish, xalq pedagogikasi, ma’naviy qadriyatlar asosida qo’llanmalar yaratish, milliy pedagogikada xalqimizning tarbiya borasidagi tajribasini singdirish, undan foydalanish metodikasini yaratish;

    • pedagogika fanlari tizimi va tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy pedagogika sohasida oila pedagogikasi, ma’naviyat-ma’rifat ishlar pedagogikasi alohida fan sifatida tarkib topishi. Professional pedagogikada iqtidorli bolalarni tanlash va ularni o’qitish, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish institutlari oliy va xususiy o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish;

    • pedagogika nazariyasi va amaliyotining o’zaro bog’liqligi, pedagoglar ommasining erkin ijodkorligiga sharoit yaratish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish tizimini tarkib toptirish;

    • pedagogika fanining tarkibida “Shaxsni shakllantirish jarayoni”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi”, “tarbiya texnologiyasi” masalalarini alohida o’rganish;

    • xalqimizning mentaliteti, milliy mafkura, bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati talablari asosida mustaqillikni mustahkamlash, ma’naviy salohiyatni oshirish, har bir insonni, yosh avlodni XXI asr sharoitida baxtli yashashga tayyorlash omilini oshirish.

    • uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarini qadrlar tayyorlash Milliy modeli, jahon andozalari asosida




    Download 102,2 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 102,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedogokika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat

    Download 102,2 Kb.