O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak




Download 102,2 Kb.
bet3/17
Sana18.12.2023
Hajmi102,2 Kb.
#122982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
pedagogika

20.11.2023
O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak
O‘qituvchilik – katta san’atdir. Bu san’atga pedagog osongina, o‘z-o‘zidan erisha olmaydi. Mashhur pedagog Yan Amos Komenskiy “O‘qituvchilik yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” ekanligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar bo‘lishi kerakligini aytadi: vijdonli, mehnatkash, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va o‘z e’tiqodiga ega bo‘lgan shaxs. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilishicha tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tgachgina ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.Shu bilan birga pedagog xodimlarga bir necha majburiyatlar ham yuklatilgan:

  • ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishdagi obro‘sini hurmat qilish;

  • o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish;

  • ta’lim berishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanish;

  • ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olish, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish;

  • voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borish;

  • ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etish;

  • o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borish, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tish;

  • tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish shart.

Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.


Download 102,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 102,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchi qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak

Download 102,2 Kb.