Talim nazaryasi nimalarni o’rganadi




Download 102,2 Kb.
bet17/17
Sana18.12.2023
Hajmi102,2 Kb.
#122982
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
pedagogika

13.11.2023
Talim nazaryasi nimalarni o’rganadi
Ta’lim nazariya (konseptsiya)lari mazmuni. An’anaviy pedagogikada formal va moddiv ta’lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o‘rta ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadi? Formal ta’lim nazarivasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII—XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi (bu nom D. Shmit va A.A.Nemeyerning «Printsipo’ vospitaniya i obucheniya» asarida tilga olinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta’limni o'quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g‘oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko‘p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar rivojlantirishdi. Ular o‘qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o‘quvchining iqtidorini rivojlantirish’ o‘quvchining to‘g‘ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo‘lishi shart deb hisoblaydilar.Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationaits» — aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug‘iladi, shu bois ta’lim o'quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o‘stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya g'oyalari asosida ish ko‘riladi. XVII asr oxiri — XIX asr boshlarida moddiv ta’lim nazariyasi jadal rivojlandi. Nazariyaning paydo bo‘lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni «ensiklopedistlar» deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o‘zlari o'qitadigan fanga iloji boricha ko‘proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirishga bunday yondashishning samarasi kam bo‘lib chiqdi, chunki o‘quvchilarga juda ko‘p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o‘zlashtiriladi.Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g‘oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» — tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim manbayi faqat tajriba hisoblanadi, deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi: o‘quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o‘quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real vo‘nalish deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya va Turkistonda real gimnaziya va real bilim yurtlarida o‘qitish qadimgi va g‘arbiy Yevropa tillarini o‘rganishga emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o‘zlashtirishga asoslangan. Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o‘zlashtirishdan uzoq bo’lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o‘ylab topilgan yolg‘on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan emas, balki o‘zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. Shunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo’ladigan bilimlarni ham berishi kerak. 0‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878— 1934- yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o'tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o'xshaydi» deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda A. Avloniy fanni o'zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtayi nazaridan yondashish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib boMmaydi, lekin uni o‘rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o‘quvchilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
Download 102,2 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 102,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talim nazaryasi nimalarni o’rganadi

Download 102,2 Kb.