LOF – biror voqeani o’ta bo’rttirib aytish, hazil-mutoyibaga asoslangan janr. LAPAR




Download 102,2 Kb.
bet10/17
Sana18.12.2023
Hajmi102,2 Kb.
#122982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
pedagogika

LOF – biror voqeani o’ta bo’rttirib aytish, hazil-mutoyibaga asoslangan janr.
LAPAR - xalq qo’shiqlarining bir turi, asosan, iki kishi tomonidan yoki ikki taraf tomonidan aytiladi.Lapar aytishuv deb ham yuritiladi.
TERMALAR – pand-nasihat,odob-axloq,soz va so’z haqida yaratilgan ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag’ishlangan baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200 , ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo’lgan lirik,liro-epik she’rlar.
Doston xalq og’zaki ijodining eng murakkab,yirik va keng tarqalgan janrlaridan biri.Doston so’zi qissa,hikoya,shonu shuhrat,sarguzasht,ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi.Dostonlar lirik doston (Mirtemirning “Surat”,A.Oripovning “Yuzma-yuz” dostonlari), epik doston (Oybekning “Davrim jarohati, M.Shayxzodaning “Toshkentnoma”, E.Vohidovning “Istanbul fojeasi” dostonlari) , dramatic doston (Fitratning “Shaytonning tangriga isyoni”, A.Oripovning “Jannatga yo’l” dostonlari) kabi uch turga bo’linadi.
Xalq dostonlarini do’mbira jo’rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor shoir yoki baxshi deb atalgan. Xalq dostonlarini ijro etish uslubiga ko’ra Bulung’ur,Shahrisabz,Sherobod,Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari mavjuddir.
Fol’klorshunoslar tomonidan o’zbek xalq baxshilarining aytib turishi asosida 150 dan ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq) dostonlar yozib olingan bo’lib, ularning ko’pchiligi kitob holiday nashr qilingan.Bu dostonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Qahramonlik dostonlari: bunday dostonlar urug’chilik zamonlari bilan, xalqning ko’chmanchilik hayoti bilan bog’liq. “Alpomish”, “Yodgor”.
2.Jangnoma dostonlar: bunday dostonlarda o’zaro jangu jadallar, afsonaviy yoki tarixiy urushlar, bunday urushlardagi qo’shin yoki yakka shaxsning jasoratlari tasvirlangan. “Yusuf va Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Xoldorxon”.
3.Ishqiy-romantik dostonlar : bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastic sarguzashtlar uyg’unlashib ketadi. Murodxon, Rustamxon, Kuntug’mish,Malikai ayyor
4.Tarixiy dostonlar: bu turdagi dostonlarda tarixda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar,ayrim tarixiy shaxslarning faoliyati ifoda etilgan. Edega, Shayboniynoma, Oychinor.
5.Kitobiy dostonlar: ular yaratilishi jihatidan yozma adabiy manbaga ega bo’lgan bevosita yozma adabiyot ta’sirida yaratilgan dostonlardir. Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Zevarxon, Rustami doston.\
Afsona-o’zbek xalq og’zaki jodining xushchaqchaq va kulguli bir janri.Askiya atamasi arabcha zakiy so’zidan olingan bo’lib, zehni o’tkir, so’zamol,zakovatli ma’nolarini bildiradi. Zakiy so’zining ko’plik shakli askiyo bo’lib, talaffuzda askiya ko’rinishini olgan.Askiyalarning o’z syujeti va kompozitsiyasi bo’ladi.Bu ayniqsa payrov turida ravshan ko’rinadi.Payrov askiya aytuvchilar tanlagan mavzudir.
TEZ AYTISH – ma’lum so’zni,so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz qilishga , uni boshqa tovushglardan farqlashga o’rgatadigan,xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o’stiradigan janr hisoblanadi.

Download 102,2 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Download 102,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LOF – biror voqeani o’ta bo’rttirib aytish, hazil-mutoyibaga asoslangan janr. LAPAR

Download 102,2 Kb.