1-MAVZU:
Nomanfiy butun sonlar yig’indisi va ko’paytmasining bo’linishi. Tub va murakkab sonlar. Eratosfen g’alviri. Sonlarning eng kichik umumiy karralisi va eng katta umumiy bo’luvchisini topish. Murakkab songa bo’linish alomati.
2, 3, 4, 5, 6, 8, 9, 10, 11, 25 sonlarga bo’linish alomatini aniqlang va asoslang.
1 bilan 100 oralig’idagi tub sonlarni Eratosfen g'alviri usulida aniqlang.
15 121, 117 342, 1 897 524, 2 134 579, 31 445 698 sonlari orasidan 6 ga bo'linadigan natural sonlar to 'p lamini tuzing.
1440, 17600, 429 sonlarining kanonik yoyilmasini toping.
Sonlarning EKUBni va EKUKni toping:
a) 144 va 360; b)351 va 28; d) 80, 120, 280; e) 238, 266, 329.
Quyidagi sonlar o ‘zaro tubmi:
a) 15 va 95; b) 144 va 169; d) 143 va 144; e) 250 va 131;
Kasrlarni qisqartiring: , ,
Kasrlarni umumiy maxrajga keltiring: va
2-MAVZU:
O’nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallarni bajarish algoritmi. Davriy o’nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallar.
1. Quyidagi kasrlarni chekli o’nli kasrlarga aylantiring.
a) b) d) e)
2. Quyidagi o'nli kasrlarni qisqarmas oddiy kasr ko'rinishida yozing:
a) 0,125; b) 0,625; d) 0,1375; e) 0,2454.
3. Oddiy kasrlarni cheksiz o'nli kasrlarga aylantiring:
a) b) d) e)
4. a) va sonlari orasida maxraji 48 ga teng bo’lgan nechta oddiy kasr son mavjudligini va ularning yig’indisini toping.
b) va sonlari orasida maxraji 48 ga teng bo’lgan nechta oddiy kasr son mavjudligini va ularning yig’indisini toping.
5. Qo’shish va ayirish amallarini bajaring:
Oddiy kasrlar
|
O’nli kasrlar
|
|
5,7 + 6,6; 4) 2,77 + 3,4;
7,8 + 8,34; 5) 2,256 – 0,742
12,87 – 3,29; 6) 20,75 –18,215
|
6. Ko`paytirish amalini bajaring:
2,6 ·3,4= b) 7,8 · 5,12= c) 0,27 · 1,8 d) 9,7 · 8,27
7. Bo’lish amalini bajaring:
1 : 0,8= b) 1,48 : 0,4= c) 158,73 : 3,7= d) 5 : 0,4= e) 2.88 : 0,8=
3-MAVZU:
Haqiqiy sonlar. Haqiqiy sonlar ustida arifmetik amallar. Haqiqiy sonlar to’plamining xossalari. Sonlarni yaxlitlash qoidalari. Kompleks sonlar. Kompleks sonlar to’plami.
Amallarni bajaring:
a) (1,6 : 1,28)+ (1,5 : 0,24) + (1,1 : 0,08);
b) (1,14 + 0,76) : (1,14 - 0,76) + 0,54 : 0,012;
d) 1 : 2,5 + 1,44 : 3,6 + 3,6 : 1,44 · (0,1- 0,02);
e) (0,45 : 0,9 + 0,9 : 0,45 + 1,5 : 3 + 0,242 : 0,11 ): (2,3 -1,26).
Amallarni bajaring:
Haqiqiqy sonlarni yaxlitlang:
17302 sonini minglarga yaxlitlang;
0. 17378 sonini yuzlikka yaxlitlang;
17378.45 sonini oʻnlikka yaxlitlang;
378,91434 sonini yuzdan bir qismga aylantiring;
2123,2385 sonini yuzdan bir qismga aylantiring.
Kompleks sonlar ustida amallar.
𝑧1 = −0,13 + 2𝑖 va 𝑧2 = 7 + 3,6 sonlarni qo’shing.
𝑧1 = 13 − 7𝑖 va 𝑧2 = −5 + 4𝑖 sonlarini ayiring.
𝑧1 = 3 + 2𝑖 va 𝑧2 = 7 + 6𝑖 sonlarini ko‘paytiring.
𝑧1 = 2 − 𝑖 sonni 𝑧2 = −3 + 2𝑖 songa bo‘ling.
4-MAVZU:
Matnli masalalar va yechish metodlari. Sonli va o’zgaruvchili ifodalar.
Bir kg olmaning narxi 17000 soʻm. Agar nokning 1 kg mi 12000 soʻm qimmat boʻlsa, 1 kg nok qancha turadi?
Toʻgʻri to'rtburchakning eni uning boʻyining 8/9 qismiga teng. Agar uning eni 32 sm bo'lsa, toʻgʻri to'rtburchakning yuzi va perimetrini toping.
Do’konda 50 qop un bor edi. Birinchi kuni 9 qop, ikkinchi kuni esa undan 6 qop ko’p un keltirildi. Do’konda jami necha qop un bo’ldi?
Chumchuq 2 soatda 14 km uchdi, burgut esa 3 soatda 210 km uchdi. Burgutning tezligi necha marta koʻp?
Kitob narxi 15%ga kamaydi. Agar kitobning dastlabki narxi 6000 soʻm boʻlsa, uning hozirgi narxini toping?
Birinchi kitob javonida ikkinchisiga qaraganda uch marta koʻp kitob bor. Agar birinchi javondan 8 ta kitob olinib, ikkinchisiga 32 ta kitob qoʻyilsa, javonlardagi kitoblar soni tenglashadi. Dastlab har bir kitob javonida nechtadan kitob boʻlgan?
Terimchi 8 soatda 96 kg paxta terdi. U 5 soatda necha kg paxta teradi?
Kosa va ikkita chinni piyolaga 740 g suv ketadi. Kosaga piyolaga qaraganda 380 g ko‘p suv ketadi. Kosaga necha gramm suv ketadi?
|