|
Tarbiya jarayoni deb nimaga aytiladi
|
bet | 6/17 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 102,2 Kb. | | #122982 |
Bog'liq pedagogika27.11.2023
Tarbiya jarayoni deb nimaga aytiladi
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlari tashabbus va gʻayrat koʻrsatishi asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va koʻrsatkichlarini ishlab chiqishlariga erishish muhimdir. Shuningdek, jamoaning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini stendlarda aks etishini ta’minlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy axborotlar uchun tashkil etish maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa faoliyatining muhim asosi boʻlib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim.
Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita ta’sir koʻrsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.
04.12.2023
Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi. Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir,tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
|
| |