|
Mexnat tarbiyasi nima beradi
|
bet | 14/17 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 102,2 Kb. | | #122982 |
Bog'liq pedagogika18.12.2023
Mexnat tarbiyasi nima beradi
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, „mehnat taʼlimi“, „kasbga yoʻnaltirish“, „politexnik taʼlim“, „kasb taʼlimi“ singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur..
|
| |