Bolalarning yosh xususiyatlari va internet




Download 221,89 Kb.
Sana26.12.2019
Hajmi221,89 Kb.
#5042
BOLALARNING INTERNETDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH Mazmuni Kirish Internetdagi xavf va undan xavfsiz foydalanish qoidalari....... Bolalarning yosh xususiyatlari va internet................................................ Internetdan foydalanish etikasi................................................... Bolalarni internetda ishlash xavfsizligini oshirishning texnik vositalari............................... Uydan tashqarida xavfsiz internetdan foydalanish.................. Internetni xavfsiz boshqarish bo’yicha ota-onalarga eslatma........... Bolalarni internetda xavfsiz ishlashi bo’yicha eslatma..................... Kirish.......................................................... Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda. Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni hatdan tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda. Umumjahon miqyosida olganda ham bu miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni sotib olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.
Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.
Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qildishning ajoyib va foydalasi vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xso bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas. Oxirgi paytlarda Internetda ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar paydo bo’lib qolmoqda. Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir. Bugungi kunda axborot texnologiyalari shiddat bilan yoyilmoqda. Bugungi kunda 600 millionga yaqin kompyuterdan foydalanuvchilar haqida so’z borayotgan bir sharoitda uning miqdori 1 milliardga etishi ham shubhasiz. Kompyuerdan faqat ishchi o’rinlarida emas, balki maishiy turmush masalalari, xonadonda va dam olishda ham keng foydalanilmoqda. Bular orasida shaxsiy kompyuterdan tashkilotlardan ko’ra xonadonda foydalanishi ko’p hajmni tashkil emoqda. Bu xalqaro an’anaga aylangan holat bo’lib, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tmaydi. Axborot texnologiyalardagi taraqqiyot yoshlarimizni, o’sib kelayotgan avlodni uchun yangi qirralarni ochilishiga imkon bersa-da, undan foydalanishning ham o’ziga xos muammolari mavjud.. INTERNETDAGI XAVF VA UNDAN XAVFSIZ FOYDALANISH QOIDALARI INTERNETDAGI JINOYAT XAVFINI PASAYTIRISH UCHUN NIMA QILISH LOZIM Bolalar internetdan foydalana turib yovuz niyatli odamlarga duch kelib qolmoqdalar. Internetdagi noma’lum kishi bilan muloqot ishonchli va do’stona munosabat o’rnatishga imkon yaratadi. Jinoyatchi ushbu afzallikdan foydalangan holda tajribasiz yoshlarni o’ziga bog’lab olmoqda. Siz farzandingizni interetdagi xavfdan asray olasiz, qaysiki uni tarmoqdan qanday foydalanayotganligini nazorat qila olsangiz. JINOYATCHILARNING INTERNETDAGI HARAKATLARI: Jinoyatchilar bolalar bilan chatda lahzali axborotlar almashtirishda, elektron pochta yoki forumlardan foydalanib aloqa o’rnatish ustunligiga erishmoqda.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Ko’pgina o’smirlar o’zlarini muammolarini hal etish uchun konferensiyaga murojaat etadilar. YOvuz niyatli kishilar esak bundan foydalangan holda, ularga mehribonlik, g’amxo’rlik ko’rsatish va sovg’alar berish orqali o’smirlarni e’tiborini o’ziga qaratib olmoqda. SHuningdek, ular yoshlar yoqtiradigan va qiziqadigan yangi hamda zamonaviy musiqalarni yaxshi o’zlashtirib olganlar. Ular o’smirlar muammosini tinglaydi va ularga hamdard bo’ladi. YOvuz niyatli kishilar sekin-astalik bilan suhbat mavzusiga shahvoniy (seksual) tus berib boradi yoki erotik mazmundagi materiallarni ochiqdan ochiq namoyish etib boradilar. Bu orqali o’smirlarning axloqiy taqiblarini susaytirib boradi. Ayrim jinoyatichlar esa suhbat mavzusini birdaniga shahvoniy mavzuga bag’ishlaydilar va o’smirlarni kechinmalarini o’zlariga bog’lab olishga erishadilar. SHuningdek, jinoyatchilar o’smirlar bilan real kundalik turmushda uchrashish imkoniyatini ham baholashga erishadidar. FARZANDINGIZNI JINOYATCHILAR MAQSADIGA AYLANGANLIGINI QANDAY BILISH MUMKIN QUYIDA QUYIDA KELTIRILADIGAN BELGILAR FARZANDINGIZGA YOVUZ KISHI E’TIBOR QARATGANLIGINI ANGLATADI. FARZANDINGIZ KO’P VAQTINI INTERNETDA O’TKAZMOQDA. Ko’p vaqtini Tarmoqda, xususan, chatda o’tkakzayotgan, Ular xonalari eshigini bekitib olib nima bilan mashg’ul ekanliklarini yashiradigan ko’pgina bolalar Internet jinoyatchiligi tuzog’iga tushib qolmoqda. OILAVIY KOMPYUTERLARDA OSHKORA MAZMUNDAGI MATERIALLARNING PAYDO BO’LIB QOLGANLIGI. YOvuz niyatli odam shahvoniy mavzuni muhokama qilish vajida bolalarga saytlarga suratlar taqdim etmoqda. Bolaga bolalar bilan kattalar o’rtasidagi jinsiy munosabatlarning tabiiyligi haqidagi fikrlarni singdirish uchun bolalarga xos pornografik tasvirlardan foydalanmoqda. Bolangiz oiladagilar foydalanayotgan kompyuterdagi pornografik faylarni disklarda yashirayotgan bo’lishi mumkin. FARZANDINGIZGA SIZ TANIMAYDIGAN ODAM YOKI BOLANIGIZ SIZGA NOTANISH TELEFON RAQAMIGA QO’NGIROQ QILMOQDA. Farzandingiz bilan internet orqali bog’lanayotgan yovuz niyatli kishilar bolaga telefon orqali shahvoniylikni yoki real hayotda uchrashishi taklifini beradi. Agar bolalar telefon raqamlarini yovuz kishilarga bermasa, aksincha ular o’zlarinikini ularga taklif etadilar. O’zingizni nazoratingizsi farzandingizni notanish kishilar bilan shaxsan uchrashiga imkon bermang. FARZANDINGIZ NOTANISH KISHILARDAN XAT, SOVG’A YOKI POSILKA OLMOQDA. YOvuz niyatli kishilar o’zlarining qurbonliklari uchun xat, fotografiyalar va sovg’alar taqdim etadi. Hattoki, boshqa mamlakatlarda ular bolalar bilan shaxsan uchrashishg maqsadida samolyot chiptalari ham yuboradilar. FARZANDINGIZ OILADAN VA DO’STLARIDAN O’ZINI CHETGA OLAYOTGAN BO’LSA, KOMPYUTERNI TEZDA ISHGA TUSHIRADI, XONADA BIRON BIR KATTA KISHI KIRGANDA BOSHQA OYNANI OCHISHGA URINADI. Internet jinoyatchi zo’r berib bolalar va ularning oilalariga suqilib kirib keladi. Bolaning oila a’zolari bilan noxushliklar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari bolalar jinsiy taqibga duchor bo’lganda, tund va mayus bo’lib qoladi. FARZANDINGIZ INTERNETGA KIRISH UCHUN BEGONA KISHINING HISOB YOZISHMASIDAN FOYDALANMOQDA. Agar farzandingiz uydagi Tarmoqdan kirishga ruxsat bo’lmasa, aloqag chiqish uchun do’stlari yoki biron-bir jamoatchilik joylardan foydalanishga harakat qiladi. Ba’zan jinoyatchilar bolalar bilan munosabtalarini davom ettirish uchun hisobga olish raqamlarini taqdim etadilar. AGAR FARZANDINGIZ JINOYATCHINING TUZOG’IGA TUSHIB QOLGAN BO’LSA, NIMA QILISH KERAK Kompyuternidagi oshkoro xarakterdagi yoki shahvoniy tusdagi munosabatlardan ogohlantiruvchi materiallarni muttasil tekshirib boring. Farzandingizni muloqotga kirishiga imkon beruvchi, aniq vaqt rejimidagi chat aloqalari, lahzali ma’lumotlar va elektron pochtalarni nazorat qilib boring. Internet jinoyatchi o’zining qurboni bilan birinchi navbatda chatda uchrashuv tashkil etadi. So’ngra ular bilan elektron pochta yoki lahzali ma’lumotlar orqali muloqot o’rnatadi. . Bolalarni ayblamang. Qanchalik chora-tadbirlar ko’rishingizga qaramay farzandingiz yovuz kishilar bilan tanishgan bo’lsa, bunda butun mas’uliyat qonunbuzarning zimmasiga tushadi. Bu sizdan ehtiyokorlik hamda farzandingizni ular bu toifa odamlar bilan aloqa qilishini cheklash uchun qat’iy harakatlarni amalga oshirishingizga to’g’ri keladi. Mabodo farzandingiz oshkoro mazmundagi fotosuratlar yoki shahvoniy mazmundagi ma’lumotlarni olmoqda, elektron pochtasiga kirib, sayt adreslariga va chatga kirib barcha ma’lumotlarni saqlab qo’ying. Bu orqali kimlar hukumat vakillarini tanishish imkinoyatiga ega bo’ladi.
Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
BOLALAR INTERNETDAGI ZARARLI VA NOMAQBUL DASTURLAR HAQIDA BILISHI ZARUR. Zarar keltiruvchi dasturlarga chuvalchang va “troyan otlari” kabi viruslardan iborat kompyuter dasturlari kiradi. Ular oilaviy kompyuterlar va ularda saqlanayotgan ma’lukmotlarga zarar etkazadi. SHuningdek, Internetdagi ma’lumotlar almashish jarayonini ham susaytiradi. Agar bunday zarar keltiruvchilarning oldini olish choralarini ko’rish, zararli tomonlarini tushuntirish va ularga qarshi kurashish uchun sog’lom fikrni shakllantirish orqali farzandlaringiz va oilangizga keladigan zararni kamaytirgan bo’lasiz.
Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
VIRUS NIMA Bolalarga virusni kompyuterlarni me’yorda ishlashiga, yozib olish xalaqit beruvchvi, ma’lumotlarni zararlovchi yoki ularni uchirib yuborishga olib keluvchi dasturligini tushuntiring. Ular Tarmoqdagi kompyuterlar va Internet orqali tarqaladi. Ularni ishlashini susaytiradi va boshqa nosozliklarni keltirib chiqaradi. Insondagi viruslar singari xavflilik darajasiga ega. Kompyuter viruslari engil noxushlikdan so’zsiz vayrona qiluvchi darajasidagi kuchga ega. Biroq ularning yaxshi tomonlari ham bor, ya’ni inson ishtirokisiz uni tarqatib bo’lmaydi.Virus shikast etkazish uchun fayl yoki elektron xat kimdir tomonidan tarqatilishi lozim. CHuvalchang singari murakkab viruslar avtomatik tarzda boshqa kompyuterlarga yoyilishii mumkin. Bir qator viruslar esa –“troyan otlari” (afsonaviy Troyan otlari sharafiga bag’ishlab nomlangan) foydali dasturlarni tanlab, foydlanuvchilarni ularni yuklab olitshga ishontirish orqali shikastlantiradilar. Alohida “troyan otlari” foydali dasturlar singari ishlab, tizimni yoki Tarmoqqa ulangan kompyuterlarga zarar etkazadi. Viruslarning har xil turlari va ularning funksiyalari haqida tasavvurlarga ega bo’lish zarur, ammo xavfsizlik tizimini antivirus vositalarini muttasil yaxshilash zarur. NOMAQBUL DASTURIY TA’MINOTLAR NIMA Farzandlaringizga “nomaqbul dasturiy ta’minot” sifatida sizning roziligingizsiz notanish kishini kompyuterda dasturiy jarayonni bajaruvchi dastur tushunilishini tushuntiring. Ular siz va oilangiz haqida shaxsiy ma’lumotlar yig’ishi yoki reklama ma’lumotlari, e’lonlarni ko’rsatishi mumkin. KOMPYUTERINGIZNING SHIKASTLANGANLIGINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN Kopyuteringiz sekin ishlay boshlashi yoki to’xtab qolishi va har daqiqada yuklashga zarurat tug’dirishi mumkin. Ba’zan viruslar kompyuterlarni qo’shish uchun zarur fayllarga hujum qiladi. Bunday hollarda kompyuterni qo’shasiz va bo’sh ekranga duch kelasiz. Bu asoratlar kompyuterni virus bilan shikastlanganligini alomatlari sanaladi. Maslahat: SHikastlangan faylni ochish va uchirishda shikastlantiruvchi dasturni olganligingizni birdan payqamaysiz. Ko’pincha viruslar o’zlarining shikastlantirish ishini birdaniga boshlamaydi. Xo’p bolalar ichida virusi bo’lgan elektron xatda jo’natgan ma’lumotlarga e’tiborli bo’lsin. Bunda virus zararlangan xat jo’natuvchisi sifatida sizning adresingizni ko’rsatish mumkin. Sizning kompyuteringizda virus bo’lishi shart emas. Bir qator viruslar elektron adreslarni soxtalashtiradilar. Agar kompyuteringiz to’satdan sekin ishlay boshladi yoki Internetga ulangan bo’lmasa ham nomaqbul dasturlar va shpion-dasturlarning qurboniga aylangan bo’lasiz. Ular hech qanda ogohlantirishsiz tizimga avtomatik yuklanadi. Ko’pincha ular siz yuklab olgan yoki o’rnatgan fayllarga birikib oladi. SHpion-dastur bannerni oddiygina chersangiz ham kompyuteringizni yuklanishga olib keladi. SHIKASTLANISH IMKONIYATINI QANDAY PASAYTIRISH MUMKIN Kompyuteringizni himoyalash imkoniyatini oshirish zarur. Kompyuteringizni himoyalashni kuchaytirishning uchta bosqichi bor: tarmoqlararo ekranni qshllang; yangilashni amalga oshiring; yangi antivirus dasturini qo’llang. Bu yuzasidan batafsil ma’lumotlarni httMicrosoft.com RusSecurityProtectDefault.mpsx veb-saytidan olishingiz mumkin. Ammo hech bir narsa kompyuterinegizning yuz foiz himoyalash kafolatini berishini unutmang. SHu sababli farzandlaringiz nama’lum muallifli ma’lumotlarni krib qolishidan ehtiyot bo’lishi lozim. Amalda barcha viruslar va tappon yuqtirilgan dasturlarni qo’shmasangiz va ochmasangiz ularnini shikast etkazishi amalga oshmaydi. Xavfli viruslardan ko’pgichiligi elektron xatda –fayllar orqali tarqaladi. Virus kasallanga fayllarni ochsangiz virus ishga tushadi. Maslahat. Bolalardan hech qachon bilib turgan holda buzilgan fayllarni ochishni taqiqlang. Mabodo siz yoki farzandlaringiz notanish kishidan elektron xat olsang uni so’zsiz uchirib tashlang. Baxtga qarshi ayrim hollarda tanish kishidan kelgan bu toifadagi fayllar ehtiyotsizlik oqibatida ochib yuboriladi. Viruslar va tapponlar pochta dasturlaridagi axborotlarni barchasini buzadi va belgilangan manzillar bo’yicha tarqaladi. Kompyuteringizga tushgan barcha boshqa manbalardagi axbortlarni tekshiring va buni farzandlaringizdan ham talab eting. Viruslar siz Internetdan yuklab olgan dasturlar yoki do’stlaringizdan olgan zararlangan disklar yordamida yoyilishi ham mumkin. Ammo ko’p hollarda shikastlantiruvchi dasturlar sizga kelgan noma’lum kishidan kelgan ma’ulumotlarni ochish yoki yuklab olishdan kelib chiqadi. Agar bolalar muttasil kompyuterdan foydalanganda adashib fayllarga kirib qolishi yoki fayllarni yuklab olishi oqibatida ham shikastlantirishi mumikn. Ba’zan farzandlaringiz o’zlari anglamangan holda kompyuterni shpion-dastur bilan zararlantirishi ham mumkin. Maslahat:Kalit so’zga amal qiling-fayllarni ishonchli manbalardan yuklab oling va xavfsizlikni kafolotlovchi ogohlantirishlarni o’qib boring. Bolalarga Tarmoqdan yuklab oladigan ma’lumotlarni sizdan so’rab so’rab amalga oshirishlarini tushuntirib qo’ying. Bolalar ishonchlii manbalardan yuklab olishni tushunmasalar, ogohlantirishlarga e’tibor qaratmaydi desangiz yordamchi ehtiyot choralarini ko’ring. Buning uchun bolalarni kompyuterdan cheklangan darajada foydalanishi uchun qo’shimcha hisobga olish papkasini oching, Internetdan foydalanishini, shpion-dastur yoki boshqa nomaqbul dasaturlarni yuklab olishini nazorat qiling. Antivirus dasturlari, shpion-dasturlar va kopyuterdan foydalanish xavfsizligini ta’minlovchi boshqa vositalarni Microsoftning httMicrosoft.com RusSecuritydownmoads Default.mpsx saytidan olishingiz mumkin. BOLALAR INTERNET TOVLAMACHILIK VA KREDIT KARTALARI MA’LUMOTLARINI O’G’IRLASH HAQIDA BILISHI LOZIM. Respublikamizda internet yordamida tovlamachilik qilish va kredit kartalari ma’lumotlarini o’g’irlash keng ko’lamda tarqalgani yo’q. Biroq bu hodisaning yuz berishi ostonasida turibmiz. Uning oqibatlari oldida g’aflatda qolish kerak emas. TOVLAMACHILIK NIMALARDAN IBORAT Internet muhitida tovlamachilik xakeralarning “phishing” texnikasini qo’llash orqali keng tarqalgan. Bunda soxta elektron xatda etakchi tugun (uzel) hovalasi kiritiladi. U foydalanuvchi uchun amalda tovlamachilik xarakteriga ega bo’lsa-da, ammo rasmiydek ko’zga tashlanadi. Xaker foydalanuvchini ishonchini qozonib, uning parolini, kredit kartasi raqamini va boshqa maxfiy axborotlarni uning zarariga foydalanish uchun o’zlashtirishga harakat qiladi. Bundan tashqari o’zingiz yoki farzandlaringiz Internet orqali tovar va xizmat to’lovlarini kredit kartada amalga oshirishi tovlamachilar uchun yaxshi himoyalanmagan sanalasiz. Tovar sotib olish va xizmat to’lovlarini amalga oshirishdan oldin kompaniyaning kredit kartasidan foydalanb amalga oshirilgan har qanday opertsiyadan so’ngra hisobingizni tekshiring. Kredit kartalar haqidagi ma’lumotlar ulkan serverlarda saqlanadi. Afsuski xakerlar bunday tizimlarni hech qiynalmasdan buza oladilar va undagi ma’lumotlarni zararli maqsadlarda foydalanidilar. Masalan, sizning kredit kartangizdagi pullarni o’zining hisobiga o’tkazib olish yoki biror to’lovni amalga oshirishda foydalanadi. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI O’G’IRLASH XAVFINI KAMAYTIRISH. Veb-saytlarga tashprif etishda sharhlovchidagi veb-sayt manzilini yoki “Saralangan” («Izbrannogo»Favorites) havoladan foydalaning. Hech qachon shubhali elektron xat aks etgan havolalarni bekorga bosmang. Notanish kimsadan farzand SHAXSIY MA’LUMOTLARNI O’G’IRLANGANDA NIMA QILISH QILINADI Agar sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz o’g’irlangan bo’lsa, tezkor chora-tadbirlar ko’ring: Parolni o’zgartiring;. Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limlaridan ma’lukmot bering; O’zingizni bank yoki moliyaviy tashkilotlaringiz xabar berib, vaqtinchalik hisobingizni muhosara qilishlarini ayting; Moliyavi opertsiyalar haqida ma’lumot oling va ularni to’g’riligini tekshiring, o’zingizni moliyaviy muassasangizga aniqlangan ma’lumotlarni etkazib qo’ying; Hammasini qayd eting va saqlab boring. Har bir ishni bajarib bo’lganingizdan so’ngra hujjatlardan nusxa oling. BOLALAR INTERNETDAGI QIMOR (AZART) O’YINLARDAN QANDAY EHTIYOT QILINADI ODATIY O’YIN VA QIMOR O’YINLI SAYTLAR ORASIDAGI FARQLAR. Ko’pgina bolalar Internetdan ko’ngilochar saytlarni (masalan, o’yinlar) izlaydilar. Ular yangi o’yin saytini izlab turib, kartochli serverlarga tushib qolishi mumkin. Ko’pgina o’yinlar va ko’ngilochar saytlar voyaga etmaganlar uchun mo’ljallanmagan. Ular pulda qimor o’ynashi mumkin emas. O’yin saytlari bilan qimor o’yinlari saytlari stolli va so’zli o’yinlar, ochko to’plashga asoslangan arkadiy va boshqotirmalar o’yinlari tipiga ajratiladi. Bu erda o’yinli, na haqiqiy pul sarflanmaydi. Qimorli o’yin saytlari o’yin pullarini yutub olishga asoslangan. Pulli o’yinlarga asoslangan saytlarda esa haqiqiy pul yutuqlari o’ynaladi. BOLALAR PULGA O’YNALADIGAN O’YINLARDAN QANDAY EHTIYOT QILINADI Ota-onalar farzandlari nimani o’ynashi kerakligini aniqlashlari lozim. O’yin mavzularini belgilab olishlari lozim (faqat bilyar, strategiya va shaxmat deb aytishimiz mumikn) va o’yin ishtirokchilarini ajratib ko’rsatish lozim. Bolalarga pulli yutuqli o’yinlar o’ynash kerak emasligini uqtirish lozim. Ularga naqd yoki naqd bo’lmagan pulga daxldor bo’lmagan qiziqarli o’yinlarni o’ynashni taklif etish lozim. Bolalarga bunday o’yinlarning mexanizmlarini tushunishga yordam bering. Bu toifa o’yinlarni yaratuvchilari foyda olish uchun O’yinchilar yutganga nisbatan ko’proq pul yo’qotadilar. Farzandlaringizga Internetdagi kredit kartangiz raqamidan foydalanishga imkon bermang. Ularni bolalar olishi mumkin bo’lmaydigan joyga joylashtiring. Pulli tarmoqdagi o’yinlarda unga talab bor. Bolalar bilmasdan qarzdor bo’lib qolishlari mumkin. Pulga o’yin o’ynashga ishqiboz bo’lib qolishini tushuntiring. Bunga tobe bo’lish doimo yomon oqibatlarga olib keladi. Uni kasallik deb baholash mumkin. Agar kredit karata etarlicha mablag’ bo’lsa kishi uni tugatmagunga qadar o’ynaveradi. Bolangizning Internetdagi xatti-harakatlarini nazorat qiling. Ularni Internetdagi qaysi saytlarga kirishi va unda nima bilan mashg’ul bo’lishini kuzating. MABODO FARZANDINGIZ INTERNETGA BOG’LANIB QOLGAN BO’LSA-CHI Ko’pchilik ota-onalar farzandlarining ineternetda vaqtlarini o’tkazishlaridan aziyat chekmoqdalar. Dastlab katta yoshdagilar Tarmoqni yangi bilimlarning cheksiz manbai sifatida ijobiy qabul qilgan edilar. Ko’p o’tmay Internetdan o’smirlar uy vaziflarini bajarish yoki foydali manbalarni izlash uchun emas, balki chatda so’zlashish va onlayn o’yinlarini o’ynash bilan cheklanayotganligi aniq bo’ldi. Bolalarni o’yin bilan boshqa mashg’ulotlari orasida muvozanatini saqlash ota-onalar uchun doimiy yumush bo’lib kelgan. Internetning paydo bo’lishi bu vazifani yanada murakkablashtirib yubordi. Internetdagi muloqot va interaktiv o’yinlar bolalarni vaqtni sezish idrokini susayishiga olib kelmoqda. Quyida keltiriladigan bir necha maslahatlar farzandingizni Internet-tobeligidan xalos bo’lishiga yordam beradi. INTERNETGA TOBELIKNI PROFLAKTIKASI YUZASIDAN MASLAHATLAR. Farzandigizni psixologik xususiyatlariga e’tibor qarating. Ijtimoiy moslashishga qiynladigan bolalarda Internetga tobelik yuqori bo’ladi. Internetda noma’lum kishi sifatida qolish, biron bir xatoga yo’q qo’ysa uni muhokama qilmaslik, real hayotdan ko’ra muloqot qilish imkoniyatining yuqoriligi bunga sababdir. Bola internetda o’zining virtual olamini ancha oson tashkil etadi, bu esa unga qulaylik tug’diradi.SHu sababli bola real hayotda biror narsaga erishmasa, o’zi uchun qulay bo’lgan erga intiladi. Boshqa tomondan Internet tortinchoq bolalarni ancha kirishimli bo’lishiga, muloqot muhitini yaratishga yordam beradi. Uning rivojlanishiga va o’zini yuqori baholashiga olib keladi. Agar farzandingiz hayotda tund, tortinchoq yoki ma’yus bo’lsa, uning Internetga munosabatini e’tibor bilan kuzating. Internitga tobelik alomatlarini kuzating. Bu alomatlar ko’proq o’zining real hayotidan ko’ra o’zining ko’p vaqtini o’tkazayotgan Internetdagi virtual hayotiga mehr qo’ygan bolalarda uchraydi. Internetga tobe bolalar ko’pincha unda ishlab boshlagandan keyin undan chiqib ketishi qiyinlashadi. Mabodo uni Internetdan bir necha kun ajratib olsangiz, ruhiy siqilgan (depressiya) yoki asabiy bo’lib qoladi. Internetga tobe bola zarurat tug’ilganda Internet uchirilgandan so’ngra muloqotning boshqa kanallariga engil ko’chadigan bo’lib qoladi. U hozir qaerda muloqot qilayotganligini Tarmoqdamiyoki boshqa joydaligini oson farqlay oladi. Farzandingizdan Tarmoqda vaqtini o’tkazishi maktabdagi yutuqlariga, sog’lig’iga, oiladagilar va do’stlari bilan munosabatlarida qanchalik ijobiy ta’sir ko’rsatayotganligini so’rang. Farzandingiz qancha vaqtini Internetda o’tkazayotganligini aniqlashtiring. YOrdam uchun mutaxassis murojaat qiling. Agar farzandingizda internetga tobelikning jiddiy alomatlari namoyon bo’lsa, pedagog yoki psixolokka maslahat uchun murojaat qiling. Internetdan foydalanishga bog’lanib qolish depressiya, asabiylik yoki o’zini o’zi past baholash kabi muammolarning asorati bo’lishi ham mumkin. Bu muammolar hal etiladigan bo’lsa, Internetga tobelik o’zi-o’zidan o’tib ketadi. Internetda ishlashni taqiqlamang. U ko’pchilik bolalar ijtimoiy hayotining muhim bo’lagiga aylangan. SHunga ko’ra “Internetdan foydalanishning oilaviy qoidalar”ini o’rnating. Ularga quyidagi cheklovlarni kiritish mumkin: bolaning vaqtini kunora Internetda o’tkazish; uy vazifalarini bajarmasdan turib, Tarmoqqa kirmaslik; “katta yoshdagilar” uchun muljallangan materiallarga e’tibor qaratmaslik yoki chatga tashrif etishini cheklash. Muvozanatli holatni qo’llab-quvvatlang. Bolaning ochiq havoda boshqa bolalar bilan o’ynashiga olib keling va uni bunday muloqtga yo’naltiring. Bolaning Internetdan tashqarida muloqot o’rnatishiga yordam bering. Agar farzandingiz tortinchoq yoki tengdoshlari bilan muloqotda o’zini noqulay sezsa nima uchun maxsus treninglardan foydalanmasligingiz kerak Farzandingizni hammani qiziqishlariga ko’ra birlashtiradigan tugaraklarga ishtirokini ta’minlang va uning faoliyatini rag’batlantiring. Farzandlaringizni nazorat qiling. Internetdan foydalanishni va qaysi saytlarga murorjaat etayotganligi nazorat qiluvchi maxsus dasturlar mavjud. Masalan, ulardan biri MSN @Premium dir. Zukkoroq bolalar esa bunday xizmat turini uzib qo’yishga harakat qiladilar. Sizning yakuniy maqsadingiz esa farzandingizda o’zini o’zi nazorat qilishga o’rgatish hamda tartib-intizomlilik va mas’uliyatlilikni rivojlantirishdan iborat. Muqobillikni taklif eting. Agar farzandlaringiz onlayn tizimimdagi o’yinlarni yoqtirsa unga o’zi yotiradigan o’yinlarni muqobilini tanlashni taklif eting. Masalan, farzandingiz rolli o’yinlarni yoqtirsa, unga ushbu mavzuga bag’ishlangan kitoblarni o’qishni taklif eting. Uyingizda onlayn qaroqchiligini qanday oldini olish mumkin Onlayn qaroqchiligi –bu mualliflik huquqni beruvchi materiallarni, masalana, musiqa, filmlar, o’yinlar yoki dasturlarni huquqiy egasining ruxsatisiz noqonuniy nusxa olish va tarqatishdan (shaxsiy va tadbirkorlik maqsadlari uchun) iborat. Uyingizdagi qarorchilik xavflarini pasaytirish. Farzandingizni mavjud xavflar haqida ogohlantiring. Qaroqchilik mohiyatan odatiy o’g’irlikdir. Uning mohiyatini farzandlaringiz ilgariroq tushunsa yaxshi. Biroq bolalarga biron-bir faoliyatni yomon ekanligini har doim ham aytib bo’lmaydi. Mabodo farzandlaringizga noqonuniy fayllarni yuklab olish kompyuteringizni viruslar yoki shpion dasturlar orqali zararlanishiga olib kelishini tushuntiring. Maslahat: Farzandlaringizga filmlar, musiqali fayllar va dasturlarni noqonuniy yuklab olish yoki tarqatish kerak emasligini uqtiring. Farzandalarga haqiqiy (ltsenziyali) mahsulotlar qarorqchilik mahsulotlariga nisbatan doimo foydali va ishonchli ekanligini tushuntiring tushuntiring.
Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Rasmiy ishlab chiqaruvchi sizga sotgan narsasi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.U o’zining obro’sini ko’tarishga harakat qiladi. Dasturiy ta’minotni ltsenziyali foydalanuvchi ishlab chiqaruvchining xizmat turlari va maslahatlariga tayanishini ham hisobga oladi. Ltsenziyali mahsulotni olish orqaoi iste’molchi ushbu mahsulotni rivojlanishini inobatga oladi, uning ancha mukammal va qulay versiyalarini yaratilishiga imkoniyat yaratadi. Farzandlaringizga fayllarni qonuniy yo’llar bilan yuklab olish yo’llarini o’rgating. Internetda siz va farzandlaringizni arzon va tekinga dasturlar, filmlar, musiqalarni yuklab olishingiz uchun etarlicha joylar bor. Masalan, MSN Music sayti har xil studiyalarning milliondan ortiq musiqa yozuvlarini taklif etadi. Farzandlaringiz bilan musiqalar yoki o’yinlar yuklab olishda yo’l qo’yilgan xarajatlar yosh avlodning noqonuniy yuklab olish uchun havasini keltirish kerak emaligini muhokama qiling. BOLALARNING INTERNETDA XAVFSIZ MULOQOTINI TASHKIL ETISH Internet ishtirokchilar, xususan, bolalar va o’smirlar o’rtasidagi sevimli muloqot shakllari sifatida chatlar, lahzali axborotlar almashinish tizimi, bloglar yoki Internet-kundaliklarni taqdim etadi. BOLALARNING CHATDAGI VA LAHZALI AXBOROT ALMASHINISH TIZIMIDAGI MULOQOTINI NIMA TASHKIL ETADI CHatda, odamlarning ma’lum mavzu yuzasidan axborot almashish uchun uchrashishlari haqida eshitgansiz. Hattoki, buni o’zingiz ham amalga oshirgan bo’lishingiz mumkin. Tarmoqdagi muloqot amalga oshiriladigan virtual xona, ya’ni chat xonasida odamlar ma’lumotlarni tersalar deyarli lahzadayoq boshqa ishtirokchilarning kompyuterlari ekranlarida paydo bo’ladi. CHatlar odatda anonim xarakterga ega bo’lib, ishtirokchilar taxalluslardan foydalanadilar. Internetda har xil yo’nalishdagi ko’pgina chatlar mavjud. Ularda er yuzidagi odamlar bilan turli xil mavzularni muhokama qilishning hayratga soluvchi imkoniyatlari taqdim etiladi. CHatlar bolalar o’rtasida ommaviylashib ketganki, bundan jinoyatchilarning xabardor ekanliklari esa achinarlidir.SHu sababli bu muloqot shakli bolalar va o’smirlar uchun ancha xavfli. Ko’pchilik odamlar lahzali axborot almashinish tizimida muloqot qilish haqida gapirib, buni chatdagi muloqot deb nomlaydilar. Biroq hammasi ozroq farq mavjud. Birinchidan odatda ikki suhbatdosh o’rtasidagi suhbat uchun foydalaniladi.Bu vaqtda chatda odamlar guruhi bilan suhbat borayotgan bo’ladi. Ammo ulardagi umumiy xavfsizlik qoidalari bir xilda qolaveradi. INTERNETDA QANDA QULAY MULOQOT O’RNATISH MUMKIN Farzandingizni chatdan foydalanishini nazorat qiling. Bolalar chatda saytdagi vaqtida, chat dasturini qo’llab-quvvatlash , uyali telefonlar va birq qator onlayn o’yinlarni qo’llab-quvvatlash uchun ishtirok etishgini esga oling. Bolalarni chatda hech qachon o’zlarining shaxsiy ma’lumotlari taqdim etmaganliklariga erishing. Taxallus tanlaganda ham o’zilarining shaxsiy ma’lumotlariga tayanmasliklari lozim. Masalan, DetroitSue taxallusi bilan SassySue birga foydalanish mumkin. Ular chatda tanishganlariga ham fotosuratlarini jo’natmaganliklariga erishish lozim. Bolalar doimo sizga maslahat yoki yordam so’rab murojaat qilishlarini bilishlari kerak. Bolani agar chatda o’zini noqulay sezsa uni tark etib, noqulaylik haqida katta yoshdagilardan birortasini xabardor qilishi lozim. Bolalar sizni doimo chatda uchrashishni taklif qiladigan kishilar haqida xabardor qilib tursunlar. Bolalar suhbatdosh bilan virtual maydondan real uchrashuvga rozilib berishda juda ehtiyotkor bo’lishlari lozim. Ular Internetda tanishgan notanish kishilar bilan yuzma-yuz uchrashishga hech qachon rozilik berishlari kerak emas. Bolalarga moderiruemlashgan chatlarga tashrif etishlarini tushuntiring. Suhbatga kirishishdan oldin chatda ishtirok etish holatlari va shart-sharoitlari, konfedensiallik haqidagi nizom hamda xulq-atvor qoidalari bilan tanishsinlar. INTERNET KUNDALIKNI XAVFSIZ YURITISH ASOSLARI Veb-jurnallarga qiziqish yong’in singari keng tarqalmoqda, bu esa o’smirlar orasida kattalarnining rahnamoligisiz Internet kundalik yuritishga imkoniyat tug’dirmoqda. Oxirgi tadqiqotlarda qayd etilishicha bugungi kunda veb-jurnallarning yarmi o’smirlarga tegishli. SHu bois uchtadan ikkitasi o’z yoshini ma’lum qilsa, beshtadan uchtasi yashash joyi va aloqa ma’lumotlarini, har beshtasi esa o’zining to’liq ismini taqdim etmoqda. SHaxsiy ma’lumotlarini to’lig’incha taqdim etish ancha xavfili ekanligi sir emas. SHu bois ko’pchilik yosh foydalanuvchilar o’zlarining shaxsiy kundaliklarini yaratmoqdalr va unga ko’proq kishini e’tiborini jalb qilishga intilmoqdalar. Ba’zan esa bu bolalarni bloglarda o’zlari yoki do’stlarining noqulay provoktsion fotosuratlarini joylajtirib qo’ymoqdalar. Kundalikni to’g’ri yuritish bolalarga va ularning ota-onalariga bir-birlari bilan muloqot qilish va tajriba almashinish imkonini berishi mumkin. Bolalar ota-onalariga yangi texnologiyalar haqida ma’lumot kiriishi, ota-onalar esa hayotiy maslahatlar berib borishlari mumkin bo’ladi. Kundalik yuritish tartibi va mas’uliyatini olib kirish o’zini ijodiy namoyon qilish imkoniyatini, do’stlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini, kompyuter va internet texnologiyalarga o’rganishni, hamda klaviaturada harf terish, to’g’ri yozish, yozma nutq va tahrir etish malakalarini rivojlantirish ustunligiga ega. INTERNET KUNDALIKNI XAVFSIZ YURITISH ASOSLARI Farzandlaringizdan familiya, aloqa ma’lumotlari, uy manzili, telefon raqami, maktab nomi, elektron pochta manzili, do’stlari yoki qarindoshlari familiyasi, shaxsiy ma’lumotlarni, lahzali ma’lumotlar almashinish tizimidagi o’z ismini, yoshini yoki tug’ilgan sanasini ma’lum qilmasligini talab eting. Farzandlaringizdan hech qachon jurnalda o’zlarining yoki yana biror kishining provoktsion rasmlarni joylashtirmaslikni va uni tekshirib borishni, shaxsiy ma’lumotlarni biron-bir ifoda etuvchi tasvirlarni oshkor qilmaslikni talab eting. Farzandlaringiz Internetda berilayotgan materiallar u erda uzoq saqlanishini va kim ixtiyor etsa veb-jurnaldan oson chop ettirib olishi yoki uni o’zining kompyuteriga saqlab olishni bilsinlar. Farzandlaringizga veb-jurnallardan aniq foydalanish va tekshirish shartlariga, parol yordamida himoyalanishga asoslanib, foydalanishlarini tavsiya eting. Farzandlaringizni etakchi veb-jurnallarida boshqa bolalar bilan musoboqalashishga intilmasliklarini tavsiya eting. Farzandlaringiz o’z bloglarini ijobiy kalitlarda foydalanib, uning boshqalar nomiga tahdid maqsadida foydalanmasinlar. QANDAY QILIB INTERNETDA XAVFSIZ O’YNASH MUMKIN Kompyuter o’yinlari televidenie, musiqalar va filmlar bilan taqqoslaganda ko’pdan beri ommaboplashib ulgirganligini guvohi bo’linadi. Hattoki ulardan oldinga o’tib ham ketdi. Siz o’z farzandlaringizga o’zini yoshiga mos qiziqarli va o’rgatuvchi o’yinlarni o’rganishga yordam berishingiz mumkin. Bir qator maslahatlarga quloq tutishi lozim. BOLALARNING TARMOQDAGI ONLAYN O’YINLARDA XAVFSIZ ISHTIROK ETISHI YUZASIDAN MASLAHATLAR. Axborotlar to’plang. O’yinlar tasnifi va konfedensiallik shartlari bilan tanishing.O’yinlar saytidagi qoidalarini o’rganing. Misol sifatida Xbox®Live xulq-atvor kodeksi bilan tanishing. Farzandingiz qaysi o’yinlarni va kimlar bilan o’ynayotganligidan xabardor bo’ling. Kompyuter yoki o’yin konsolini o’zingiz uchun qo’lay va bolalar o’ynayotganligini kuzatish imkonini beradigan o’ringa joylashtiring. Qoidalar o’rnating. “Uyda Internetdan foydalanish qoidalari” asosida qoidalar ishlab chiqing. Bu farzandlaringizni Internetdan chiqqunigacha bo’lgan holatiini nazorat qilish imkonini bersin. O’yin vaqtida chatni va ma’lumotlar olishni nazorat qiling. Agar biron bir ishtirokchi nazorat qilinmagan so’z ishlatgan bo’lsa, bolalardan u haqida sizga ma’lum qilishlarini so’rang.Bu holatda dilozorni ro’yxatdan belgilab oling va uning ma’lumotlarini to’sib qo’ying. Boshqa varianti-chatdagi, elektron pochtadan va boshqa usullar bilan o’yinlar ma’muriyatiga o’zini noqulay tutgan ishtirokchi haqida xabar qiling. Bunday o’yinchilarga qo’shimcha chora-tadbirlar qo’llash haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun maxsus o’yin saytlariga murojaat qilish mumkin. Konfedensiallikka ishoning. Bolalardan o’yin chatlarida hech qachon shaxsiy axborotlar, fotosuratlar bermaslikni va uchrashuvga rozilik bermasliklarini talab eting (masalan, ismi, jinsi yoki uy ianzili). Biron bir holat yuz bersa bolalar sizga yordam uchun murojaat qilishlari zarurligini bilsinlar. Mos keluvchi ismni tanlang. Bolani o’yinga mos qoidalardan va muvofiq keluvchi qahramonlar ismlaridan foydalanishga majburlar. Bu ismlar shaxsiy ma’lumotlar haqida hech narsa anglatmasin. Izoh:Kompyuterlar va Xbox tipidagi o’yin konsoleylari uchun bolaning haqiqiy ovozini yashiruvchi maxsus maskirovka texnologiyalari mavjud. Katta yoshdagilar ham o’zlarining asl holatini yashirishda bu toifa dasturlardan foydalanishi mumkin. Birgalikda o’ynang. Farzandingiz bilan birgalikda internetda o’ynashingiz bolalar uchun eng xavfsiz hisoblanadi. Bu Tarmoqda muloqot qilishga o’rgatishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. INTERNET BEZORLIK CODIR ETILGANDA O’ZINI QANDAY TO’G’RI TUTISH MUMKIN Kundalik turmushdagi singari Internetda ham foydalanuvchilarning hayotini murakkablashtiruvchi o’zining bezorilari mavjud. INTERNET BEZORILARI KIMLAR VA ULAR NIMA QILADILAR Ularni griferlar, zadiramlar, axmoq o’yinchilar, o’zgalar va h.k.z deb nomlashadilar.Bunday yaramaslardan biri farzandlaringizni Halo2, EverQuest, The Sims, Jnline, SOCOM Star Wars Galaxies singari o’yinglardan foydalanayotgan vaqtlarida bir marota bo’lsa ham bezovta qiladi. Dilozorlar (griferlar) ko’cha bezorilari atrofdagilarga surbetlik va qo’pollik qiladilar. Odatda bezorilar endi o’rganishni boshlaganlarni (choynaklarni) xafa qiladi. O’rtoqlari bilan komanda bo’lib o’ynashlariga xalaqit beradilar; noqobul leksikani qo’llaydilar; qalloblik qiladilar, boshqa griferalar bilan birgalikda daydi to’dani tashkil qiladilar; xonalardan chiqish yo’llarini to’sib qo’yadilar; ehtiyotsiz o’yinchilarni ayyorlik bilan qo’lga kiritadilar yoki o’yindan foydalanib, yaqqol insonlarning joniga tegadilar. Griferlar foydalanuvchilarning kamchilik qismini tashkil etsalar-da, ammo bir qator kompaniyalar o’z mijozlarini ular orqali yo’qotdilar. Oqibatda o’yinlarni yaratuvchilar bunday bezorilardan nolimaydilar va ular bilan hisoblashishning har xil usullaridan foydalanadilar. BOLALAR GRIFERLARGA TO’QNASH KELSALAR NIMA QILISHLARI KERAK Farzandlaringiz ularga e’tibor qaratmasinlar. Agar bolalar ularning ta’siriga berilmasa, oqibatda bezor bo’lib, o’zlari ketib qoladilar. Bolalar bilan o’yin parametrlarni o’zgartirishni maslahatlashib oling. Bolalar o’zgartirish mumkin bo’lgan tartib va qoidalargacha o’yini o’ynab borishsin, masalan, komandadoshini o’ldirishning iloji yo’q.SHunday hollarda griferlar taktikasi o’z ma’nosini yo’qotadi. Xususiy o’yinlarni tavsiya eting. Ko’pchilik ishtirok etadigan anchagina o’yinlar yopiq faqat do’stlarini o’tkazib yuborish uchun xonalarni tashkil etishni talab etadi. Bolalar saytlarda qat’iy qoidalarga tayanib o’ynasinlar. Qat’iy qoidalar o’rnatilgan joylarda ma’mur tezlik bilan bezorilarning yo’llarini to’sib qo’yishi mumkin. Griferlardan oson xalos bo’lish mumkin bo’lgan o’yinlarni o’ynasinlar. Bolalarga bezorilarning ma’lumotlari cheklab qo’yiladigan o’yinlarni o’ynashini taklif eting. YAna nimanidir o’ylab toping.Dilozorlar bolangizni bezovta qilishni davom ettirsa, u o’yinni almashtirsin yoki tanaffus qilsin va keyinroq o’yinni davom ettirsin. Farzandingiz alangadek javob berishdan tiyilsin. Bolangizni dilozorlarning taktikasidan o’ziga qarshi foydalanmaslikka ishontiring. Bu tezda griferlarni biror narsaga erishishi uchun jahlini chiqarib, g’azabini qo’zg’aydi. SHu tarzda bolalarning xavafa qiluvchilar tasavvurini yanada boyitish lozim bo’ladi. Bolarlarning ig’vo qilishdan qochishlarini tavsiya eting. Agar bola dilozorlikni keltirib chiqaruvchini asabiylashtirishda taxallusdan foydalana olmasa muammolardan o’zini chetga olgani ma’qul. Bolalar o’zlari haqida ma’lumotlar berishdan yiroq bo’lsinlar. Bezorilar (kimga qanday qulaay bo’lsa) esa bolaga noxushlik tug’dirishda o’zlarini haqiqiy ismidan, telefon raqamidan, shuningdek, uy manzili yoki elektron manzilidan foydalanaversin. SHUBHALI MA’LUMOTLARDAN QANDAY SAQLANISH MUMKIN Internet o’rganish uchun hatdan ortiq ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi. Ammo taqdim etiladigan axborotlar orasidan anchagina qismini na foydali, na ishonchli deyish mumkin.Tarmoqdan foydalanuvchilar esa axborotlarni aniqligini baholash uchun tanqidiy munosabat bildirishlari lozim. Internetda har qanday kishi axborotlar e’lon qilishi mumkin. Bu ko’proq “Internet –haqqoniy ma’lumotlarga ega” deb o’ylashga moyil bolalarga taalluqli. Gazeta va jurnallarni muharrir va tahrirchilar to’g’rilab boradilar. Internet esa joylashtiriladigan axborotlarni qanchalik haqqoniy ekanligini tekshira olmaydi. Bolalarga Internet qanday ishlashini so’zlab bering. Har bir kishi sayt tashkil etishi mumkin. Bu haqida unga hech kim savollar bera olmaydi. Bolalarni keng ko’lamdagi manbalardan foydalanishga va Tarmoqda ko’rayotgan narsalarini tekshirishga o’rgating. BOLALARNI YOLG’ON MATERIALLARNI ANIQLASHGA QANDAY O’RGATISH MUMKIN Farzandingizni yoshlik vaqtidayoq tushuntirishni boshlang. Hozirgi kunda maktabagacha yoshdagilar Internetdan foydalanmoqda. Ularni oldindan faktlarni farqlashga o’rgatish zarur. Bolalardan Internetda topgan ma’lumotlar haqida so’rang. Masalan, bu sayt niima uchun kerak Ko’ngil ochar saytmi Tovarlar savdosiga taalluqlimi Saytda aloqa qilish axboroti yoki “Biz haqimizda” sahifasi bormi Unga kimdir xomiymi yoki bu ijtimoiy munozara olib boriladigan joymi O’ylab ko’ring Internetda ushbu axborotni izlashga yaxshiroq joy mavjudmi Singari savollar bilan murojaat eting. Bolalar Tarmoqda topgan axborotlarini boshqa manbalar bilan solishtirishlarga ishonch hosil qiling. Materiallarni tekshirishda boshqa saytlarga yoki Ommaviy axborot vositalariga (OAV)-gazeta, jurnal va kitoblarga murojaat qiling. Bolalarni siz bilan maslahatlashishga o’rgating. Bolalarni har xil manbalardan foydalanishlarini rag’batlantirib turing.Ularni o’zingiz bilan kutubxonaga olib boring yoki ular uchun enseklopediyaning diskdagi variantini sovg’a qiling. Bu bolalarga axborotlarning muqobil manbalariga kirish huquqini beradi. Bolalarni samarali izlash usullariga o’rgating. Bu esa ularning ishonchli axborotlar olish imkoniyatini oshiradi. Bunday usullardan biri bolalarni bitta emas, bir necha izlash mashinasidan foydalanishga o’rgatishdan iborat. NOMAQBUL MAZMUNLI MATERIALLARDAN QANDAY EHTIYOT BO’LISH MUMKIN NOMAQBUL MAZMUNLI. Odatda ko’pchilik ota-onalar farzandlarini ponografik, nafratlantiruvchi mazmunli, sutsidal yo’nalishdagi materiallar, guruhbozik (sektant) materiallari, me’yorga solinmagan leksikalar bilan tanishishlari xohlamaydilar. Bu toifa axborotlar nmaqbul xarakterli materiallarga taalluqlidir. Pornografik materiallar yoki me’yorga solinmagan leksikali materiallarni oson muvofiqlashtirish mumkin va filtrtsiya vositalari yordamida uzib qo’yish mumkin. Nomaqbul mazmunli materiallarning boshqa turlaridan bolalarni himoya qilish ancha qiyin. Masalan, bolalar saytlarida irqchilikni yoqlovchilikdan tortib qo’pol masxara qiluvchi ko’rinishdagi nafratlantiruvchi har xil ifodalarni uchratish mumkin. Qaraganda ushbu saytlar ranjitmaydigandek tuyulsa-da, ammo ular boshqalarga qo’pol munosabat onlayn madaniyatini shakllanishida xizmat qiladi. Irqchilar va nafratlantiruvchi guruhlar Internetni yoshlarni o’z saflariga tortish uchun foylanmoqdalar. Oxirgi vaqtlarda chat va elektron pochtadan foydalanib, zehnli, ta’sirchan yoshlarni izlamoqdalar, so’ngra ularni o’zlarining jamoalariga jalb etmoqdalar. Bir qator nafratlantiruvchi saytlar bollar uchun maxsus bo’limlar tashkil etmoqdalar. Serverning bu qismi maxsus jozibador ko’rinishga ega bo’lib, ranjmaydigan o’yin mashg’ulotlari taqdim etiladi va hurmatli saytgga havola beriladi. BOLALARIMIZNI NOMAQBUL MATERIALLARDAN EHTIYOT QILISHGA QANDAY YORDAM BERISH MUMKIN Nomaqbul materiallarni filtrtsiyalash vositalaridan (masalan, MSN PREMIUM’S PARENTAL CONTROLS yoki INTERNET EXPLORER®dagi o’rnatilgan) foydalaning. Ammo filtrlar ayrim nomaqbul materiallardan foydalanishni to’sib qo’yishi mumkin, ammo ular muammoni to’liq hal etib bera olmaydi. Internetda uchraydigan nafratlantiruvchi ifodalarni filtrtsiya har doim ham payqavermayli va ularni muloyim shaklda qabul qiladi. SHu sababli bolalarni sizga ikkilanmasdan yordam surashi uchun murojaat qilishi uchun ishonchli munosabatlarini qo’llab quvvatlash lozim. Internetdan foydalanishini nazorat qiling va bolalarni kuzating.Odatda o’n yoshga etmagan bolalarda hali tanqidiy tafakkur, mustaqil Tarmoqqa kirish uchun zarur malakalar shakllanmagan..
Download 221,89 Kb.




Download 221,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalarning yosh xususiyatlari va internet

Download 221,89 Kb.