|
Xalq og’zaki ijodi o’z ichiga nimalarni oladi
|
bet | 9/17 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 102,2 Kb. | | #122982 |
Bog'liq pedagogikaXalq og’zaki ijodi o’z ichiga nimalarni oladi
Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning bunyodga kelishi uchun zamin hozirlagan.Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ahralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og’izdan-og’izga , avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi deyiladi.Xalq og’zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq,maqol,matal,topishmoq,afsona,rivoyat,asotir,ertak,latifa,lof,lapar,termalar,doston,askiya,tez aytish,masal,alla,yor-yorlar, kelin salomlar va h.k. Lapar,lof,askiya kabi janrlar tortishuv, bahslashuv,aytishuv,hazil-mutoyiba,mubolag’a,asosida,ijro,etiladi.
QO’SHIQ – kuyga solib aytiladigan kichik lirik sher.Qoshiqlarning quyidagi turlari mavjud:
1.Lirik qo’shiqlar. Bunday qo’shiqlarda insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, to’rt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb,payt,o’rin tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda istalgan kishi xohishiga ko’ra baland ovoz bilan yoki xirgoyi qilib aytaveradi.
2.Mehnat qo’shiqlari:
a)Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: qo’sh qo’shiqlar, o’rim qo’shiqlari, yanchiq qo’shiqlari (“Xo’p mayda”lar ), yorg’ichoq qo’shiqlar
b)Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar: sog’im qo’shiqlari: xo’sh-xo’sh govmishim, turey-turey, churiyalar.
c)Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: charx qo’shiqlari,bo’zchi qo’shiqlari,o’rmak qo’shiqlari (o’zbek ayollarining gilam to’qish bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari), kashta qo’shiqlari
3.Mavsumiy – marosim qo’shiqlari:
Yil fasllari tasvirlangan qo’shiqlar mavsum qo’shiqlari deyiladi.Qadimgi qo’shiqlarning namunalari Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit - turk” asari orqali yetib kelgan.Bizgacha yetib kelgan mavsumiy – marosim qo’shiqlari quyidagilar:
a)Sust xotin (yomg’ir chaqirish qo’shig’i). Sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriyaning xalq o’rtasida nomi o’zgarib ketgan obrazidan iborat.Bunda bahor oylarida yomg’ir yetarli yog’masa, qishloq ayollari yig’ilib, poliz qo’riqchisiga o’xshash qo’g’irchoqqa keksa ayol ko’ylagini kiydirib, qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib, Susut xotin qo’shig’ini aytib yurganlar.Xonadon egalari ularni shodlik bilan qarshi olib, qo’g’irchoq ustidan suv sepishib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaqa qilishgna.Marosim tugagach yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga Sust xotinga atab katta is chiqarishgan.
b)Choy momo (shamol to’xtatish). Bunday qo’shiqlarda iltijo qilinadigan Choy momo tarixan Chuy momo, ya’ni Shamol momo obrazidan iborat bop’lib, u zardushtiylikning shamol tangrisi hisoblangan.Bu marosim quyidagicha o’tkazilgan: ikki kampir eski kiyim va chopon kiyib, yuzlariga qora quya surtishib, qo’llariga aso ushlab oldinda Choy momo qo’shig’ini aytib yurishgan.Bo’y yetib qolgan beshta qiz boshlariga sholcha yopib, kampirlar ortidan ergashib, qo’shiqqa jo’r bo’lib yurishgan.7-8 yoshlardagi bir yoki bir necha o’g’il bolalar xurjun osilgan eshaklarga minishib, xonadonlardan xayr-sadaqalarni yig’ib yurishgan.Eshakka o’qlog’, yumshoq supurgi va keli sopi sudratib qo’yilgan.Marosim tugagach, yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga shamol tangrisi sharafiga is chiqarilgan.Choy momo marosimlari hozir Qozog’istonning Turkiston,Sayram atroflarida yashovchi o’zbeklar orasida saqlab qolgan. MAQOL – xalqning dono, purhikmat ifodalari,yirik madaniyat arboblari,olimlar,davlat arboblarining ibratomuz gaplari, xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarni ixcham shaklda ifodalovchi asarlardir.Maqollar she’riy va nasriy tuzilishga ega.Ularda mehnatsevarlik,vatanparvarlik,mardlik,saxiylik,adolat,insof,do’stlik,olijanoblik,chininsoniy g’oyalar,sof muhabbat,ilm olisga da’vat kabilar o’z eksini topgan.Misollar: Azob ko’rmay – rohat yo’q, Ishl;amay yegan – og’rimay o’lar, Tirishgan tog’dan oshar, Vataning tinch – sen tinch va boshqalar.
MATAL – ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi.Matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi,unda o’xshatish,kinoya,qochirma so’z va boshqa til vositalari qo’llaniladi.Bunda majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chirilgan ma’nosi o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’ladi. TOPISHMOQ – narsa yoki hodisalarning ataylab yashiringan belgisi, shakli,xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisaslarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlar.Topishmoqlar o’zbeklar o’rtasida topishmoq, jumboq ushuk, top-top kabi atamalar bilan yuritiladi.topishmoqlar xalq turmush bilan chambarchas bog’liq holda yaratiladi.Ularning zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, ularning olamni bilish va idrok etishga bo’lgan intilishlari yotadi.
AFSONA (legenda) – xayoliy uydirmalar asos bo’lgan kichik nasriy hikoyalar hisoblanadi.Afsona atamasi forscha fusun – sehr,avrash so’zidan olingan.Afsonalar asosida muayyan darajada tarixiy voqea va hodisalar yotadi, uzoq davrlar o’tishi bilan o’zining aniq ildizlarini yo’qotadi, voqelikni yuksak badiiylikda aks ettirmaydi.Afsona ijrochisi xalq ommasidir.Aristotel afsonalarni haqiqatdan xabar beruvchi yolg’on hikoyalar deb atagan.Afsonalar o’z mavzusiga ko’ra tarixiy,toponomik,diniy,maishiy kabi turlarga bo’linadi. Misollar: Xazorasp, Guldursun, Ayoz qal’a, Shohsanam ko’shki, Obshir ota, To’maris, Shiroq va boshqalar.Qadimgi turk adabiyotida afsona sav deb atalgan.
RIVOYAT – xalqning tarixiy o’tmishi haqidagi badiiy yodnomalar.Biz rivoyatlar va afsonalar tufayli ajdodlarimiz ko’rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi tarixni bilib olamiz.Rivoyatlar afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi.Ular ham xalq ijodidir.Ertakli ertakchi, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin. ASOTIR – ibtidoiy insonlarning koinot, tabiat hodisalarining mohiyati, paydo bo’lish sabablarini o’zlaricha izohlash maqsadida yaratgan og’zaki hikoyalari.Asotirlarda barcha mavjudot jonli obrazlar vositasida harakat qiladi.Biror narsa yoki hodisaningf paydo bo’lishi (etimologiya) va yo’qolib ketishi (esxatologiya) haqida ham juda ko’plab asotirlar mavjud.Asotirlar ertaklarga yaqin turadi.Ularning har ikkisida ham fantastika, badiiy xayolot yetakchilik qiladi.Asotirlar bir qancha turlarga bo’linadi: a)Etiologik miflar – tabiat hodisalari,tabiatdagi biror predmetlarning paydo bo’lishi haqidagi miflar; b) kosmologik miflar – dunyoning paydo bo’lishi , koinot jismlari haqidagi miflar; c)etnogonik miflar – biror urug’, qabilaning paydo bo’lishi haqidagi miflar; d)antropogonik miflar – insonlarning paydo bo’lishi haqidagi miflar; e) esxatologik miflar – insonlarning kelajagi haqidagi miflar va h.k. ERTAK – hayot haqiqatiga asoslangan,xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo’g’rilgan , odamlarga ibrat o’git beruvchi og’zaki hikoyalar hisoblanadi.O’zbeklar o’rtasida ertaklar varsoq, cho’pchak, masala kabi atamalar bilan yuritiladi.Ertaklarning o’ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar: 1.Og’zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo’lishi; 2.voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi; 3.estetik vazifaning yetakchilik qilishi; 4.o’ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo’lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo’q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi,birga turib, birga yashabdilar,soqoli ko’ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.)Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo’linadi:
1.Hayvonlar haqidagi hamda majoziy ertaklar (Susambil, bu ertakda yo’lda eshakka ho’kiz,xo’roz,ikkita kalamush, arilar hamroh bo’ladilar.Ertak qahramonlari – Ho’kiz (munkarnakir), kalamushlar (go’rkovlar), arilar (Azroil), xo’roz (so’fi), eshak (eshon), bo’rilar)
2.Sehrli – fantastic ertaklar (Guliqahqah – bu ertakda Tilla kokilli bola shum kampirning hiylasi bilan Guliqahqahni, qirq qozonni,oynayi jahonnamoni qo’lga kiritadi.Ertak qahramonlari: Tilla kokilli bola, Guliqahqah,chol,qush (o’z farzandini tanimagan podshohga tilla kokilli bola uning farzandi ekanligini aytgan), podsho (ikki xotinini vas hum kampirni otning dumiga bog’lab o’ldirgan), shum kampir va boshqalar. “Bitta dev tishini kavlasa, biror odamning soni chiqibdi” degan mubolag’a ham shu ertakda uchraydi ), Husniyabonu (ertak qahramonlari: Gardanshoh, Nodirai davron, Husniyabonu va boshqalar.Ertakda Husniyabonu o’g’rilarning boshlig’I eshon ekanligini aytganda, podsho darg’azab bo’lib, uni osishga buyuradi, lekin vazirining maslahatiga ko’ra Husniyabonu va uning doyasini dashtu biyobonga tashlab kelishadi, daraxt ostidan topib olgan xazinani Husniyabonu yetim-yesirlarga shahar qurish uchun sarflaydi.) , “Guljamol”
3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod)
Voqelikka hajviy yondashish orqali aks ettirish jihatidan o’zbek xalq ertaklari hajviy va hajviy bo’lmagan ertaklar kabi turlarga bo’linadi.Ishqiy-sarguzasht ertaklarda sevgida vafodorlik kuylanadi.Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlandi.
LATIFA - xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyalar.Xalq o’rtasida afandi deb ham yuritiladi.Mustaqil janr sifatida latifa quyidagi xususiyatlarga ega:
1.Yagona qahramon bilan bog’liq holda yaratiladi(Nasriddin obrazi, bu obraz asosan XIX asrdan boshlab o’zbek latifalariga kirib kelgan.XIX asrga qadar latifa qahramoni bir kishi, mashrab, fors-tojik latifalari ta’sirida mushfiqiy, bahlul yoki turkey xalqlar og’zaki ijodida keng tarqalgan aldar ko’sa, ko’sa, kal kabi turlicha nomlar bilan yuritilgan.)
2.Ixcham syujetga ega bo’ladi
3.Asar konflikti, qahramoni va uning muxolifi o’rtasidagi muloqot dialog orqali hal etiladi.Latifalar mazmuni va voqelikka munosabati jihatidan ikki turga bo’linadi: a) hajviy latifalar – ularda Nasriddin afandi yirik davlat arboblari, saroy ahli,mufti, qozilar, hokim va mirshablar, makkor mullalar va johil tabiblar o’rtasida taxvirlanadi.b) yumoristik alatifalar – ularda Afandi bevosita oilasi,bolalar,qo’ni-qo’shni va mahalla-ko’y davrasida tasvirlanadi.Latifani axsus ijro etuvchilar yo’q, uni har kim aytaverishi mumkin.
|
| |