• MUSTAQIL ISHI MAVZU: BYUDJETLARARO O’ZARO HISOB KITOBLARNI HUJJATLASHTIRISH VA HISOB REGISTRLARIDA AKS ETTIRILISHI
  • Islom banklari faoliyatining qonunchilik asoslari. Islom banklari faoliyati me’yoriy-huquqiy asoslarining o‘ziga xos xususiyatlari.
  • Malayziya bank qonunchiligiga ko‘ra
  • Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti




    Download 419.11 Kb.
    bet1/2
    Sana15.04.2024
    Hajmi419.11 Kb.
    #196181
      1   2
    Bog'liq
    BYUDJETLARARO O’ZARO HISOB KITOBLARNI HUJJATLASHTIRISH VA HISOB REGISTRLARIDA AKS ETTIRILISHI


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


    SIRTQI FAKULTETI



    5230600 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
    4-kurs SMMT-88 guruh talabasi
    Yoqubova Sarvinoz Ahmadovnaning


    MUSTAQIL ISHI
    MAVZU: BYUDJETLARARO O’ZARO HISOB KITOBLARNI HUJJATLASHTIRISH VA HISOB REGISTRLARIDA AKS ETTIRILISHI


    Toshkent-2024
    ISLOM BANKINING RIVOJLANISHI VA TARIXI
    REJA:


    1. Islom bankining rivojlanishi va tarixi.


    2. Islom banklari faoliyatining qonunchilik asoslari.


    3. Islom banklari faoliyati me’yoriy-huquqiy asoslarining o‘ziga xos xususiyatlari.

    Islom moliyasining rivojlanish tarixi. O‘tgan asrning 50-60 yillarida Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq musulmon o‘lkalarining mustaqillikka erishishlari hamda 70-yillarda jahon bozorida bo‘lib o‘tgan neft inqirozlari hozirgi zamonaviy Islom moliyasi tizimining vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Neft eksport qiluvchi Fors ko‘rfazi davlatlarining moliyaviy ahvoli yaxshilana boshladi. Islom olamining davlat arboblari, siyosatshunoslari va diniy ulamolar bir necha marta yig‘ilishib, musulmonlar uchun zarur Islom moliyasi va Islom bank tizimini yaratish haqida anjumanlar o‘tkazishdi. Natijada, 1975 yil musulmon davlatlarining hamkorligida Saudiya Arabistonida joylashgan Islom Taraqqiyot Banki (Islamic Development Bank) tashkil etildi. Mazkur yilning o‘zida shu mintaqaning bir qancha tadbirkorlari ishtirokida dunyoning birinchi xususiy Islom banki – Dubay Islom Banki (Dubai Islamic Bank) tashkil etildi. Ikki yildan so‘ng yana uchta Islom banki: Misrning Faysal Islom Banki (Faisal Islamic Bank of Egypt), Sudanning Faysal Islom Banki (Faisal Islamic Bank of Sudan) va Quvaytning Kuwait Finance House nomli Islom banklari faoliyat boshladi [6, 14]. Keyingi o‘n yilliklarda Islom moliyasi tizimi yanada taraqqiy eta boshladi. 80-yillarda Eron va Sudan o‘z moliya tizimlarini tubdan isloh qilishdi, natijada, mamlakat bank tizimida umuman foiz degan tushuncha qolmadi. Hozirgi kunda Eron dunyoning eng katta Islom moliyasi bozoriga ega: 2016 yil yakuniga ko‘ra, u 560 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Malayziyada ilk Islom moliyaviy tashkiloti 1963 yilda tashkil etilgan. Bu tashkilot Musulmon Hojilarning Jamg‘arma Tashkiloti sifatida ta’sis etilib (hozirgi Tabung Hajj tashkiloti), hajga bormoqchi bo‘lgan musulmonlarning pul mablag‘larini jalb qilish, boshqarish va ularni investitsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Bu tashkilot juda muvaffaqiyatli faoliyat olib borib, 1983 yilda Malayziya Islom Bankining tashkil etilishida katta rol o‘ynadi. Hozirgi kunda Malayziya bank tizimida an’anaviy banklar ham, Islom banklari ham birday faoliyat yuritadi. Ilgari Bahrayn Islom moliyasi tizimining “poytaxti” sanalgan bo‘lsa, hozirgi kunda Malayziya bu yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan. Islom moliyasi va Islom banki faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunchilik
    bazasining mukammalligi, Islom bank sektorining hajmi, Sukuk nomli Islom obligatsiyalar (qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar) bozorining salmog‘i, Islom moliya bo‘yicha ta’lim va malaka oshirish dasturlari va umuman shakllangan Islom moliya infrastrukturasi jihatidan Malayziya eng ilg‘or davlat sanaladi. Mamlakatning Bursa Malaysia birjasi Sukuk listinglari bo‘yicha dunyoning eng katta fond birjasi hisoblanadi. Thomson Reuters agentligining tahliliga ko‘ra, 2017 yilda Malayziya Islamic Economic Indicator (Islom iqtisodiy indikaroti) bo‘yicha dunyoning peshqadami bo‘lgan. Undan keyin BAA, Bahrayn, Oman, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt, Iordaniya, Pokiston va Indoneziya davlatlari o‘rin olgan [9, 10, 11]. Islom moliyasining bugungi kundagi holati. O‘tgan davr davomida Islom moliyasi tizimining hajmi ancha kengaydi. Hozirgi paytda butun dunyo Islom moliya institutlarining soni 700 dan ziyod. 1990-yillarning o‘rtalarida Islom moliya tizimi faqat Yaqin Sharq va Malayziyada mavjud bo‘lib, Islom moliyaviy tashkilotlar soni 144 ta, aktivlarining yig‘indisi esa 150 mlrd. AQSh dollari atrofida edi. Dunyo musulmon aholisining soni va daromadlari oshishi, iqtisodiymoliyaviy inqirozlarga nisbatan chidamliligi, Islom banklariga, va umuman, Islom diniga dunyo xalqlarining qiziqishi va boshqa bir qancha omillar sababidan Islom moliya tizimining ahamiyati kundan-kun oshib bormoqda. So‘nggi o‘n yil davomida Islom moliya tizimining yillik o‘sish sur’atlari o‘rtacha 10-12% ni tashkil qildi. 2016 yil yakuniga ko‘ra, Islom moliya tizimi 2,293 trln. AQSh dollarni tashkil qildi. Islom moliya institutlari nafaqat Yaqin Sharq va Malayziyada, balki boshqa musulmon o‘lkalarda, hatto G‘arb va Shimoliy Amerika davlatlarida ham faoliyat yurita boshladi. Misol uchun, AQShda JP Morgan, The Bank of Whittier, American Finance House, Standard Chartered Islamic Banking va boshqalar, Buyuk Britaniyada esa, Islamic Bank of Britain, European Islamic Investment Bank, HSBC, Halal Mortgages singari tijorat banklari shariat talablariga javob beruvchi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Buyuk Britaniya, Gonkong, Janubiy Afrika davlatlarining Sukuk obligatsiyalari chiqargani, AQShning Goldman Sachs investitsion banki yaqinda Sukuk obligatsiyalari orqali 500 mln. dollarlik kapital jalb qilganligi nomusulmon davlatlarning ham Islom moliyasiga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi. 2013 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan 9-chi Jahon Islom Iqtisodiy Forumida (9th WIFE) Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Devid Kemeron “London hozir ham musulmon olami tashqarisida Islom moliyasining eng katta markazi. Men Dubay va Kuala Lumpur qatori London ham Islom moliyasining butun jahonda eng katta markaziga aylanishini istayman”, degan edi. Darhaqiqat bugungi kunga kelib Islom moliyasining jahondagi moliya bozorida munosib o‘rin egallashiga Arab mamlakatlaridan Saudiya Arabistoni, Quvayt, Malayziya, Qatar, BAA, Bahrayn, Oman d avlatlari banklari aktivlari munosib hissa qo‘shishmoqda
    1 -rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2018-2020 yillarda islom moliya bozorining asosini tashkil etuvchi islom banklari aktivlari o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu sohada yetakchilik jahon islom bankingida ikkinchi o‘rinni egallagan Saudiya Arabistoniga tegishli bo‘lib, unda umumiy aktivlardagi islom aktivlarining hissasi ortib, 50,6 foizni tashkil etgan. mamlakatda islom aktivlarining hissasi 2020 yilda 16,8 foizga o‘sgan, bu ko‘rsatkich 2019 yilda 13,8 foizni tashkil etgan. Bunday o‘sish tendensiyasi Quvayt, Malayziya davlatlariga ham xosdir. Islom banklari aktivlarining hissasi Qatarda -26,6 foizni, BAA – 18,9 foizni, Bahraynda – 15,2 va Omanda – 14,3 foizni tashkil etgan.
    2019 yilga kelib dunyoda 526 ta islom banklari va banklarda islom darchalari mavjud edi. Jahon islom bank bozori yuqori raqobatli bozor bo‘lib, uning yirik qatnashchilarining asosiy ko‘rsatkichlari 1-jadvalda ko‘rsatilgan. AlRajhi banki, Dubai Islamic banki, Quvayt moliya uyi (Kuwait Finance House), Qatar Islamic Bank, va Abu Dhabi Islamic banki bu bozorning eng yirik qatnashchilaridir. Malayziya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Quvayt islom banklari aktivlari jami islom banklari aktivlarining 79 foizini tashkil etadi. Islom moliya tizimi asosan quyidagi xizmat sektorlaridan iborat: Islom banklari, qimmatli qog‘ozlar, sug‘urta, mikro-moliyalashtirish, investitsion fondlar va boshqa xizmatlar. Islom banklari Islom moliya tizimida jalb qilingan aktivlarning hajmi bo‘yicha eng peshqadam sektor bo‘lib, ularning hissasi 75% ni tashkil etdi. Islom moliya tizimida 15% ulushga ega bo‘lgan Sukuk obligatsiyalari, islom banklaridan keyin Islom investorlarining mablag‘larini jalb qiluvchi eng katta moliyaviy instrument hisoblanadi. Islomiy investitsion fondlar (4%), Takaful (1%), ya’ni Islomiy sug‘urta xizmatlari, Islomiy mikromoliyalashtirish (1%) sektorlari esa sekinlik bilan rivojlanib borayotgan, ammo ulkan o‘sish salohiyatiga ega bo‘lgan moliyaviy xizmatlardan sanaladi. Soha ekspertlarining aytishicha, Islom moliya tizimi keyingi yillarda ham sezilarli sur’atlarda o‘sishi kuzatiladi. Islom moliyaviy institutlar safiga qo‘shilayotgan yangi tashkilotlar, Islom moliya qonunlarini qabul qilayotgan davlatlarning soni ko‘payib borishi bu tizimning keng istiqbollarga ega ekanligidan dalolatdir. Islom moliyasining afzalliklari. Islom moliya tizimining o‘sishiga, ommalashuviga, geografik kengayishiga uning an’anaviy moliyaga nisbatan bir qancha afzalliklar va ustunliklarga ega ekanligidir. Xususan, Islom moliya tizimi: Moliyaviy adolatni targ‘ib qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Moliyaviy adolat Islom ta’limotining bosh tamoyilidir. Islom moliya institutlari foyda va zarar taqsimotida muvozanatni saqlashga harakat qiladi. Ular loyihada tadbirkor bilan teng huquqli sherik sifatida ishtirok etishadi. Loyihadan tushadigan daromadlar ham, loyiha bilan bog‘liq risklar ham tomonlar kelishuvi asosida adolatli taqsimlanadi. Agar Islom banki moliyalashtirish orqali kerakli foydani ko‘zlayotgan bo‘lsa, albatta, zararga ham sherik bo‘lishga tayyor bo‘lishi shart. Moliyaviy faollikni oshiradi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, dunyo musulmonlarining to‘rtdan uch qismi an’anaviy banklar bilan deyarli aloqa qilmaydi. Islomiy bank tizimi esa bu to‘siqni olib tashlashga va musulmonlarning banklar bilan faolroq hamkorlik qilishiga yordam beradi. Harom va zararli narsalarning ta’sirini kamaytiradi. Islom moliyaviy institutlari jamiyatga zararli faoliyatlarni moliyalashtirmaydi. Yaxshiroq e’tibor berilsa, Islom moliyasi nafaqat musulmonlarga, balki boshqa e’tiqod vakillariga ham manfaat keltiradi. Moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaydi. Islom banklari mijozlar risklarining ma’lum qismini zimmalariga olishlari sababli har bir arizani, loyihani puxtaroq o‘rganishadi, ularning qaror
    qabul qilish jarayoni ham ancha keng qamrovli. Risklari haddan ziyod katta bo‘lgan loyihalar, albatta, Islom banklari tomonidan rad etiladi. Islom moliya tizimining moliyaviy barqarorlikni saqlashdagi eng katta omil – Islom moliyasining real iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liqligi. Hali ishlab chiqarilmagan yoki yo‘q narsani sotish, opsion, derivativ, fyuchers kabi negizi real biznes bilan asoslanmagan qimmatli qog‘ozlar savdosi, Short Sales singari qarzga olingan va o‘ziga tegishli bo‘lmagan aktivlarni sotish, shartnoma muddatlari va narxlari mavhum bo‘lgan narsalarning tijorati va shunga o‘xshash barcha moliyaviy spekulyatsion faoliyatlar shariat tomonidan ta’qiqlangan. An’anaviy moliya bozorlarda keng avj olgan “qarzlarni sotish va sotib olish” faoliyati ham qat’iyan man qilingan. Bunday faoliyatlar moliya bozorining hajmini sun’iy tarzda “sovun pufagiday” shishirib, juda katta iqtisodiy muammolar keltirib chiqarishini 2007 yil AQShda ro‘y bergan va butun jahon moliyaviy inqiroziga sabab bo‘lgan subkreditli ipoteka inqirozi misolida kuzatish mumkin [7, 8]. Islom moliya tashkilotlari real iqtisodiyot bilan asoslangan, moliyalashtirish shartlari barcha ishtirokchilarga birday ravshan bo‘lgan, keyinchalik tomonlarning nizolariga sabab bo‘lmaydigan investitsion loyihalarga mablag‘ kiritadi. Shuning uchun ham Islom moliya tizimi ustuvor bo‘lgan iqtisodiyotning moliyaviy sektori ham barqaror bo‘ladi. Barcha biznes vakillari singari Islom moliya tashkilotlari ham o‘z faoliyatidan foyda ko‘rishni maqsad qiladi. Ammo, Islom moliya tashkilotlari daromadni boshqa birovning zarari evaziga emas, balki iqtisodiy qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan va ishlab chiqarish samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarga adolat va oshkoralik asosida pul kiritish orqali foyda topishni ko‘zda tutishadi. Islom banki – mijoz, Islomiy investor – tadbirkor o‘rtasidagi oldiberdilar faqat va faqat o‘zaro manfaat ustiga quriladi. Moliyaviy spekulyatsiya, real iqtisodiy sektorga bog‘lanmagan qimmatli qog‘ozlar va qarz oldi-berdilari hamda shariat ruxsat bermagan boshqa faoliyatlar, yuqorida guvohi bo‘linganidek, iqtisodiy-moliyaviy mutanosiblikka rahna solganidek, Islom moliya tashkilotlari mamlakatda sog‘lom va samarali iqtisodiy-moliyaviy muhit yaratilishiga zamin yaratadi va o‘sha mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ham bevosita, ham bilvosita hissa qo‘shadi.
    Islom moliya tamoyillarining yana bir muhim nuqtasi – to‘lov qobiliyati yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdorlarga yengillik berish, iloji boricha, ularning ahvollari yaxshilanguncha qarz muddatlarini cho‘zib, ularga yordamlashish. O‘zbekistonda Islom moliyaviy xizmatlar bilan ham hozircha faqat bitta, Islom Taraqqiyot Bankining ICD kompaniyasi tashkil qilgan “Taiba Leasing” kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Hozirgi paytda respublikaning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarida jiddiy islohotlar olib borilayotgani, monetar siyosat va bank-moliya tizimida ulkan o‘zgarishlar bo‘lib turgan bir paytda Islom moliyasini joriy qilish masalasini bugungi kun tartibiga kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Mahalliy tadbirkorlar bilan moliya-investitsiya masalalari bo‘yicha yaqindan ishlaydigan mutaxassislarning fikricha, Islom moliyasi va Islomiy bank faoliyatiga mamlakatimizda qiziqish va talab katta. Mamlakatimizning barcha mintaqalarida tadbirkorlik sub’ektlari orasida ham, oddiy aholi orasida ham islom moliyaviy xizmatlar talabgorlari ko‘payib bormoqda. Islom moliyasi mamlakatimizga bir qancha ijobiy o‘zgarishlar olib kelishi mumkin, shular qatorida: Bank tizimining faollashuvi. 2017 yil boshida respublika bank tizimining jami kredit portfeli YaIMga nisbatan o‘rtacha 26 foizni, jalb qilingan bank omonatlari esa YaIMning 18 foizini tashkil qildi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar kam daromadli rivojlanayotgan mamlakatlarda 47% va 33%, rivojlangan davlatlarda esa 60-70%, ayrimlarida hatto 100% dan ham yuqori. Bundan ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekistonda bank xizmatlaridan foydalanish koeffitsienti boshqa davlatlarga nisbatan ancha past. Islom moliyasi va Islomiy bank faoliyatining joriy qilinishi bu koeffitsientni ko‘tarishga yordam berishi muqarrar.
    Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Hozirgi kunda xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha barcha mamlakatlar raqobat maydoniga kirishgan. O‘zbekiston qatoridagi davlatlar o‘z mablag‘lari bilan kiradigan investorlar uchun qulay qonunchilik va soliq bazasi, infratuzilma va barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berishmoqda. Xususan, arab va musulmon davlatlardan keluvchi investorlar uchun Islomiy banklar va takaful sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilishmoqda. Yirik investitsion dasturlarga ega bo‘lgan O‘zbekistonning ham kerakli Islom moliya infratuzilmasini yaratishi hozirgi zamon talabidir. Xalqaro arenada davlat obro‘yi. Islom moliya va Islomiy bank to‘g‘risidagi qonunlar mamlakatning vijdon erkinligi va diniy erkinlik bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlariga yanada yorqin va keskin tus berib, uning musulmon olamida va boshqa dunyo davlatlarining nazarida mustaqil, erkin, demokratik davlat degan obro‘yiga katta hissa qo‘shadi.
    Ajdodlarimizning ilmiy merosini tiklash. O‘zbekistonda Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Quddusi sharifdek aziz va ko‘hna Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlari bor. Bu yurtdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Xoja Bahouddin Naqshband singari ulug‘ ajdodlarimiz ilm-ma’rifat nurini butun dunyoga sochishgan. Tomirlarida ajdodlarining qoni oqayotgan, yurti bir paytlar Islom tamadduni markazi bo‘lgan bu xalq O‘zbekistonni nafaqat minataqamizning, balki butun dunyoning Islom moliya markazlaridan biriga aylantirishga qodir va haqlidir
    Hozirgi davrda (2017 y.) Malayziyada 18 ta mahalliy va xorijlik islom banklari bo‘lib, ularning aktivlari 170 mlrd. aQSh dollariga yetdi.
    Dunyo bo‘yicha islom banklarining aktivlari 2 trln. dollarga yetdi
    Faqat litsenziyaga ega bo‘lgan islom banklarigina faoliyat ko‘rsatishga haqli.
    Litsenziya berishning majburiy shartlari:
    Banklarning maqsadi va vazifalari shariat qoidalariga zid keladigan elementlarni o‘z chiiga olmasligi kerak.
    Bank nizomida shariat kengashini tuzish to‘g‘risidagi band bo‘lishi shart
    Malayziya bank qonunchiligiga ko‘ra:
    * Har qanday islom banki Depozitlarni sug‘urtalash tashkiloti a’zosi hisoblanadi.
    * Markaziy bank kamida 21 kun oldin litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risida islom bankini xabardor qilish kerak.
    Litsenziyasi chaqirib olingan bank 1 oy ichida Oliy sudga appelyatsiya berishga haqli.
    Har bir islom banki majbur:
    - zaxira fondlari tashkil qilishga;
    - depozitlarga nisbatan ma’lum nisbatda likvidli aktivlarni saqlab turishga
    islom banklarining likvidli aktivlariga quyidagilar kiradi:
    - banknotalar va tangalar;
    - Markaziy bankdagi pul mablag‘lari;
    - investitsion sertifikatlar.
    Bank qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan 20 ming ringgitgacha jarima yoki 3 yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.
    Mansabdor shaxs bir vaqtning o‘zida jarima to‘lashi va qamoq jazosi ham olishi mumkin
    Islom banki Malayziya davlatining istalgan hududida filial va vakolatxonalar ochishga haqli
    * Islom banki boshqa banklar bilan, shu ujmladan, xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o‘rnatishga haqli
    * Islom banklari insayderlarga imtiyozli kreditlar berishga haqli emas.

    Download 419.11 Kb.
      1   2




    Download 419.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti

    Download 419.11 Kb.