Xalq pedagogikasi o’z ichiga nimalarni oladi




Download 102,2 Kb.
bet8/17
Sana18.12.2023
Hajmi102,2 Kb.
#122982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
pedagogika

11.12.2023


Xalq pedagogikasi o’z ichiga nimalarni oladi
Xalq pedagogikasi - tarbiyaning maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir odam amal qilishi shart sanalgan va urfodat, udum, xulqodob, marosim, anʼana, turmush tarzi, badiiy ijod, uyin singari empirik vositalarda namoyon buladigan amaliy faoliyat hamdir. Xalq pedagogikasi fanda etnopedagogika deb ham yuritiladi. Ped. fanida Xalq pedagogikasiga xos eng muhim belgilaridan biri uning qadimiyligidir. Har qanday xalq muayyan etnos sifatida mavjud bulishi uchun oʻziga xos qiyofaga ega boʻlishi kerak. Xalqning ijtimoiy, maʼnaviy, intellektual qiyofasi esa uning ped. vositasidagina shakllanadi. Xalq pedagogikasi muayyan xalqning oʻzi bilan birga dunyoga kelgani uchun ham uning tarixi xalq tarixi bilan teng. Xalq pedagogikasining ikkinchi belgisi uning toʻliq amaliy xususiyatga egaligidir. Xalq taʼlim-tarbiya jarayoni va uning natijalariga pragmatik nazar bilan qaragani uchun Xalq pedagogikasi gʻoyalar shaklida emas, balki urfodat, anʼana, amal, udum, xulqodoblar tarzida namoyon boʻladi. Xalq pedagogikasi taʼlimtarbiya haqidagi fikrlar yigʻindisi emas, balki amal qilinishi majburiy boʻlgan va bajarilishi hamma tomonidan nazorat qilinadigan amaliy xulqiy koʻnikmalar va sh.k. majmuidir. Xalq pedagogikasining uchinchi xususiyati uning muallifi nomaʼlum, anonim ped. ekanligidir. Xalq pedagogikasi talablarining yaratuvchisi maʼlum boʻlmaganligi uchun ham muqaddas sanalgan va soʻzsiz bajarilgan. Etnopedagogikaga doyr biror talabning muallifi maʼlum boʻlsa, uning taʼsiri pasayib ketadi. Chunki u, kim boʻlsada, qandaydir bir odamning istagi sifatida qabul etiladi. Anonimlik esa urfodat, udum, xulqodatlarga sirlilik, muqaddaslik tusini beradi. Xalq pedagogikasining toʻrtinchi belgisi uning sinkretik (qorishiq) xususiyatga egaligidir. Xalq hayoti koʻp qirrali ekani holda yaxlit boʻlgani singari uning ped.si ham qorishiqdir. Xalqning turli yoʻnalishdagi pedagogik tadbirlari sinkretik tarzda birvarakaiiga olib borilgani uchun Xalq pedagogikasiga alohidalik emas, umumiylik xosdir. Xalq pedagogikasining beshinchi belgisi uning keng yoyilganligidir. Xalq pedagogikasiga oid amallar muayyan etnik birlikning hammasiga birday tatbiq qilinadi. Muayyan shaxslarning xohishirodasi qandayligidan qatʼi nazar, xalqning har bir vakili uning tarbiya va yashash tarziga doyr talablariga rioya etishga majbur. Xalq pedagogikasi talablarini bajarishda tarbiyalanuvchining istaklari inobatga olinmaydi. Muayyan etnik birlikning turmush tarzida namoyon boʻlishi Xalq pedagogikasining oltinchi xususiyatidir. 
11.12.2023

Download 102,2 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Download 102,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalq pedagogikasi o’z ichiga nimalarni oladi

Download 102,2 Kb.