|
ALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi.
11.12.2023
|
bet | 11/17 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 102,2 Kb. | | #122982 |
Bog'liq pedagogikaALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi.
11.12.2023
Pedogogika fanining obyekti
Har qanday fan mustaqil fan maqomiga, o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga ega bo‘ladi. Fan obyekti bu aniq bir fan o‘rganadigan borliqdagi biror bir qism, soha hisoblanadi. Pedagogika fanining obyekti va predmetini aniqlashga turli qarashlar mavjud. Pedagogika fanining obyekti sifatida keng ma’nodagi ta’lim qabul qilingan.
Pedagogika fanining obyekti bola, ya’ni yosh avlod, pedagogikaning predmeti esa bolaning, yosh avlodning tarbiyasidir. Pedagogikaning mustaqil fan sifatida tadqiqot predmeti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida shaxsni shakllanishi va tarbiyalanishining nazariy va metodologik muammolaridir. Demak, pedagogika fan sifatida tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish bilan shug‘ullanmaydi. Bu vazifalarni ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilar amalga oshiradi. Pedagogika fan sifatida ta’lim, tarbiya, rivojlanish vositalarini yo‘l va usullarini ko‘rsatib beradi. Pedagogika fanining tuzilmaviy elementlarini quyidagilar tashkil etadi: obyekt, predmet, kategorial apparat, nazariya, faraz, metodlar va faktlar.
Fan obyekti ko‘p aspektli fenomen bo‘lganligi uchun, uning aniq bir tomoni fan predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Taniqli rus pedagog olimi V.V. Krayevskiy pedagogika fanining predmeti kishilarning o‘zaro aloqasiga asoslangan, ta’lim-tarbiya jarayonlarining birligidan hosil bo‘lgan bir butun pedagogik jarayon hisoblanadi deb ta’kidlaydi.
Har qanday fan predmeti uni kategorial-tushunchaviy apparati orqali ochib beriladi. Shuning uchun «kategoriya», «tushuncha», «atama» so‘zlarini ma’nolarini farqlash maqsadga muvofiq.
Kategoriya (yunoncha. kategoria - aniqlovchi) - umumiy va fundamental tushuncha bo‘lib, ilmiy-nazariy tafakkur harakterini aniqlovchi va real borliq qonuniyatlarini va munosabatlarini, xususiyatlarini ifodalaydi.
Tushuncha - bu aniq mazmun bilan to‘ldirilgan so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Termin (atama) (lot. terminus - chegara) - maxsus soha doirasida real obyektni aniq belgilash va uni boshqa tushunchalar bilan munosabatini o‘rnatishni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilar kiradi: ma’lumot, tarbiya, ta’lim, pedagogik jarayon, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-o‘zini tarbiyalash. Ushbu kategoriyalarni ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish natijasi va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarni shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi.
Tarbiya - shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishga va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadiga yo‘naltirilib, maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, uning natijasida shaxsni tabiiy qobiliyatlari rivojlanishi hamda uning shaxsiy va ijtimoiy sifatlari shakllanadi.
Pedagogik jarayon - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi jarayon.
O‘z-o‘zini o‘qitish - bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonni o‘zida xulq-atvor normalari, sifat va fazilatlarini shakllanishini anglagan va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
Har qanday fan o‘z nazariyasiga, fundamental bilimlar tizimiga ega.
Pedagogik nazariya - bu pedagogik hodisalarni aloqalari, qonuniyatlari, obyektiv mohiyati to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ifodalaydi. V.V. Krayevskiyning fikricha, pedagogik nazariya pedagogik borliqni ayrim tomonlarini izohlovchi, tushuntiruvchi, tashhislovchi vazifalarni bajaradi.
Fundamental va xususiy pedagogik nazariyalar mavjud. Pedagogikaning fundamental nazariyalariga ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, pedagogik tizimni boshqarish nazariyasi kiradi. Pedagogikaning xususiy nazariyasiga masalan, G. I. Shukina tomonidan asoslangan o‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish nazariyasi, M.I. Maxmutovning muammoli ta’lim nazariyasi, L.V. Zankov, V.V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi, N.D. Xmelning pedagogik jarayonni bir butunligi nazariyasini kiritishimiz mumkin.
Har qanday nazariyani ishlab chiqishda faraz asosiy o‘rinda turadi. Faraz - bu haqqoniyligi amaliyotda tekshiriladigan, nazariy asoslangan taxminlar yig‘indisi.
Pedagogik faraz - bu borliqdagi hali ilmiy faktlar, metodlar, qonunlar yordamida tekshirilmagan, pedagogik hodisaga tegishli taxmin hisoblanadi. Har qanday pedagogik faraz aniq usul va metodlar yordamida tekshiriladi.
Pedagogika faniga nisbatan nazariyachilarning uch xil qarashlari mavjud:
pedagogika — insoniy bilimlarning predmetlararo sohasi hisoblanadi. Bunday yondashuv tarafdorlari pedagogikani mustaqil nazariy fan, pedagogik hodisalarni ifodalash sohasi sifatida inkor etadilar;
pedagogika — ta’lim yoki tarbiya sohasida paydo bo‘luvchi, vazifalarni hal etishga moslashtirilgan, ilmiy bilimlarni qo‘llash funksiyasini bajaruvchi amaliy o‘quv predmetidir. Pedagogik hodisalarni alohida tomonlari, tasavvurlari yig‘indisi ushbu pedagogikaning mazmunini tashkil etadi;
pedagogika — o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga ega bo‘lgan mustaqil
fandir.Uchinchi nuqtayi nazar pedagogikani mustaqil fan sifatida qabul qiladi. Pedagogika musaqil fan sifatida ta’lim-tarbiya hodisalarini aloqadorliklarini o‘rnatib, turli faktlarni umumlashtiradi.
U ta’lim-tarbiya ta’sirida nima uchun va qanday inson rivojlanishidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi degan savolga javob beradi.
Pedagogikani fan sifatida aniqlash uchun uning tadqiqot predmetini aniqlash hamda «pedagogika nimani o‘rganadi» degan savolga javob berish maqsadga muvofiq. Shuning uchun pedagogikaning obyektini va predmetini anglash zarur.
Fan obyekti — bu u yoki bu fan o‘rganadigan borliqdagi soha hisoblanadi. Pedagogikaning obyekti jamiyatdagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida inson rivojlanishini ta’minlovchi borliq hodisasi hisoblanadi. Borliqdagi bunday hodisa ta’limdir. Ta’lim - davlat, jamiyat inson qiziqishlarini ifodalovchi maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Fan predmeti —bu obyektni ushbu fan nuqtayi nazaridan qarashdir.
Pedagogikaning predmeti ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tashkil- lashtirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Pedagogik jarayon deganda aniq tarbiyaviy tizim doirasida tarbiyachi va tarbiyalanuvchi hamkorligida maxsus tashkil etilgan, rivojlanuvchi, qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, tarbiyalanuvchilarda shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon tushuniladi.
Pedagogika fani pedagogik jarayon mohiyatini, qonuniyatlarini, prinsip- larini, rivojlanish istiqbollarini va yo‘nalishini o‘rganib, uni tashkil etish nazariyasini va texnologiyasini ishlab chiqadi hamda mazmunini shakllantirib, ta’lim-tarbiyaning yangi metod va usullarini, tashkil etish shakllarini yaratadi.
Demak, pedagogika bu ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi fan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
ALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi.
11.12.2023
|