|
Mundarija: Kirish I bob. 4-sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rganishning nazriy asoslari
|
bet | 1/7 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #115514 |
Bog'liq Mundarija Kirish I bob 4 sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rga
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………
I BOB. 4-SINFDA FE`L ZAMONLARI MAVZUSINI O`RGANISHNING NAZRIY ASOSLARI………………………………………………………………
1.1. So`z turkumi haqida umumiy ma`lumot……………………………….
1.2. Fe`l so`z turkumi haqida malumot………………………………………
II BOB. Boshlang`ich sinflarda so`z turkumini o`rganish metodikasi………...
2.1. Boshlang`ich sinflarda so`z turkumini o`rganish metodikasi…………….
2.2. Fe`l zamonlari mavzusini o`rganish……………………………………...
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………
ILOVALAR……………………………………………………………………….
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O`rta maktab ona tili dasturiga taalluqli ko`pgina masalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtirilishi kerak. Bunda o`zlashtirilgan bilimlar o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolishi va boshqa masalalar esa o`qitishning bosqichida keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malaka va ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.
Bu borada prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning: “Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste`dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e`tibor berishga bog'liq bo'ladi.
Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim. Bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi” – degan so’zlari ham barchamiz uchun muhim dasturulamal bo’lishi lozim.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
O`rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko`pgina masalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtirilishi kerak. Bunda o`zlashtirilgan bilimlar o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolishi va boshqa masalalar esa o`qitishning bosqichida keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malaka va ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog`lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intеlеktual bilimlarga ega bo`lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob bеradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yеtishi uchun zarur barcha imkoniyat samaralarini yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.
Boshlang`ich ona tili kursining vazifasi maktab oldiga qo`yilgan "o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo`naltirish, kasblarni ongli tanlashga o`rgatish kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.
Kurs ishning obyekti: 4-sinfda “Fe`l zamonlari” mavzusini o’rganish jarayoni.
|
| |