|
1. Traktorlar yurish qismini vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash jarayoni; Yurish qismining tuproqqa ta’siri va uni kamaytirish yo‘llari
|
bet | 1/5 | Sana | 28.09.2023 | Hajmi | 0.94 Mb. | | #85313 |
Bog'liq 3-maruza. Taqdimot 1-bosqich Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., 1С, 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI QIShLOq Xo’JALIGINI mexanizaTsiyalashtirish VA AVTOMATLAShTIRISh fanidan ma’ruza darsi. 3-mavzu: TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMI, BOSHQARISH MEXANIZMLARI VA ISH JIHOZLARI Reja: 1. Traktorlar yurish qismini vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash jarayoni; 2. Yurish qismining tuproqqa ta’siri va uni kamaytirish yo‘llari. 3.Rul boshqarmasi. Tormozlash sistemasi. 5. Quvvat olish valining turlari, tuzilishi va ishlashi. Tayanch iboralar: transmissiya, yetakchi va boshqaruv g’ildiraklar, o’rmalovchi zanjirli traktor, agrotexnika masofasi, traktor koleyasi, tuproq zichlanishi, zichlanish turlari, zichlanishni kamaytirish usullari, o’rnatma gidrotizim, o’rnatish qurilmasi, tirkalma, osma va yarim osma o’rnatish turlari, ikki va uch nuqtali ulash usullari, quvvat olish vali va uning doimiy yoki o’zgaruvchan aylanishli. 1. Traktorlar yurish qismini vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash jarayoni
Traktor yurish qismi o‘zining og‘irligini va ortilgan yuk, ya’ni o‘rnatilgan mashina yoki qurolning og‘irliklarini erga uzatadi hamda uning ilgarilanma xarakatini ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlarning yurish qismi asosan g‘ildirakli va zanjirli (lentali) turlarga bo‘linadi.
G‘ildirakli traktorlarda uning kuch uzatish mexanizmlari orqali dvigateldan xarakatga keltiriladigan g‘ildiraklari etakchi g‘ildiraklar, boshqarish mexanizmi orqali xarakat yo‘nalishi o‘zgartiriladigan g‘ildiraklar esa, boshqariluvchi g‘ildiraklar deyiladi.
1.14-rasm. G‘ildirakli traktorning etakchi g‘ildiragi:
1- pokrishka; 2- kamera; 3- to‘g‘in; 4-ventil; 5- disk; 6-gubchak; 7- yarim o‘q
Traktor old yoki orqa ko‘prigining yerdan balandligi traktorning agrotexnika tirqishi (h) deyiladi (1.15-rasm). Ketingi va oldingi g‘ildiraklar o‘rtasidagi oraliq(l) esa traktorning koleyasi deyiladi. Bu o‘lchamlarning ahamiyati shundan iboratki, qishloq xo‘jaligi ekinlarining qator orasini kengligi va ularning o‘sish balandligini turlicha bo‘lishini hisobga olgan holda g‘ildiraklarning koleyasi va agrotexnika masofasi o‘zgartiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Traktorlar yurish qismini vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash jarayoni; Yurish qismining tuproqqa ta’siri va uni kamaytirish yo‘llari
|