• Nazariy asoslar
  • Laboratoriya mashg`uloti №03 Bir fazali transformatorning xarakteristikalar va parametrlarini tadqiq qilish




    Download 222.56 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.06.2023
    Hajmi222.56 Kb.
    #75017
    Bog'liq
    3-lab
    Matematik paketlarning qo’llanilishi Matlab dasturida matematik , 2 ишчи дастур Кабел монтажи 13 14 , ЭМТ Эсп 2014-2015, МИ умумий талаб (5)


    Laboratoriya mashg`uloti № 03 
    Bir fazali transformatorning xarakteristikalar va parametrlarini tadqiq 
    qilish 
    Ishdan maqsad:
    1. Bir fazali transformatorni salt yurish (salt yurish tajribasi) va qisqa tutashuv 
    (qisqa tutashuv tajribasi) metodlari bilan tadqiq qilish
    2. 
    Yuklamalarning 
    turlicha 
    tiplarida 
    transformatorning 
    tashqi 
    xarakteristikasini olish 
    Laboratoriya ishini bajarish natijasida talabada injenerlik izlanishlarini 
    o`tkazish metodiga ko`nikma, faoliyat profili bo`yicha vatan va xorij tajribalaridan 
    ilmiy-texnik axborotlarga ega bo`lish tushunchasi shakllanadi. 
    Nazariy asoslar 
    Transformator ─ bu bir xil chastotali o`zgaruvchan tok kuchlanishini boshqa 
    boshqa kuchlanishdagi o`zgaruvchan tokga o`zgartirishga mo`ljallangan statik 
    elektromagnit qurilmadir.
    Transformatorlar elektr energiyani uzatish va taqsimlash uchun, turli 
    texnologik maqsadlarda, radioelektron, hisoblash va televizion apparaturalarda
    aloqa, avtomatika va telemexanika qurilmalarida va shu kabilarda keng qo`llaniladi. 
    Funktsional vazifasi bo`yicha transformatorlar turlicha bo`ladi: 
    ─ kuchlanishni pasaytiruvchi, 
    ─ kuchlanishni orttiruvchi,
    ─ izolyatsiyalovchi, 
    ─ moslashtiruvchi,
    ─ chiqish transformatorlari va shu kabilar. 
    Konstruktiv jihatdan transformator odatda ferromagnit materialdan tuzilgan 
    magnitoprovodga o`ralgan umumiy magnit oqimi bilan qamrab olingan bitta 
    chulg`amdan (avtotransformator) yoki bir nechta izolyatsiyalangan chulg`am 
    (g`altaklar)dan tuzilishi mumkin. Bir va uch fazali transformatorlar farqlanadi. 
    Rasm 2.1 ─ Ikkita chulg`amli transformatorning sxemasi 
    A ─ X kuch transformatorining tarmoqqa ulanishida (Rasm 2.1) birlamchi tok 
    i
    1
    uning chulg`amlari w
    1
    orqali o`tayotganida o`zakda sinusoidal magnit oqimi Φ-ni 
    qo`zg`aydi. 


    Φ = Φ
    m
    ·sin(ω·t) 
    bunda Φ
    m
    ─ oqim amplitudasi, ω ─ oziqlantiruvchi kuchlanish u
    1
    ning 
    burchak chastotasi. 
    Birlamchi chulg`amdagi w

    o`ramlar va ikkilamchi chulg`amdagi w

    o`ramlarni kesib o`tib, magnit oqimi ularda EYuKlar hosil qiladi. 
     
     
     
    bunda ─
    1
    ,
    2
    , mos ravishda birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarning 
    oqim ilashuvchanligi. 
    Bu EYuKlarning ta’sir etuvchi qiymatlari 
     
     
    Ikkilamchi chulg`amdan u
    2
    kuchlanish olinadi, olingan kuchlanish elektr 
    energiyaning iste’molchisi Z
    yu
    -ga uzatiladi. 
    Transformatorning yuklama o`chirilgan hol (Z
    yu
    =∞)dagi birlamchi 
    chulg`amidan oqayotgan tok uning salt yurishdagi toki I
    0
    hisoblanadi. Salt yurish 
    tokini birlamchi chulg`am nominal toki I
    1n
    -ning foizlarida ifodalaydilar. Salt yurish 
    toki kuch transformatorlarida nominal toki I
    1n
    -ning (2…5) %-ini, kam quvvatli 
    transformatorlarda (10…20) %-ini tashkil etadi. 
     
    Transformator birlamchi chulg`ami EYuKining ikkilamchi chulg`am 
    EYuKiga nisbati, tegishlicha chulg`amlar o`ramlari sonining nisbatiga teng bo`lib, 
    transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti deyiladi. 
     
    Transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti k-ni, almashuv sxemasining 
    parametrlarini va transformatordagi isroflarni aniqlash uchun salt yurish va qisqa 
    tutashuv tajribalari o`tkaziladi. 


    Rasm 2.2 ─ Transformatorni salt yurish 
    rejimida tadqiq qilish sxemasi 
    Rasm 2.3 ─ Transformatorni qisqa tutashuv 
    rejimida tadqiq qilish sxemasi 
    Rasm 2.4 ─ Transformatorning tashqi xarakteristikalari 
    Laboratoriya ishini bajarish uchun stend yoki maket platasi, qarshiliklar, 
    batareyalar (EYuKlar), LATR, volьtmetrlar, ampermetrlar. 

    Download 222.56 Kb.




    Download 222.56 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg`uloti №03 Bir fazali transformatorning xarakteristikalar va parametrlarini tadqiq qilish

    Download 222.56 Kb.
    Pdf ko'rish