Mundarija: Kirish I bob. 4-sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rganishning nazriy asoslari




Download 0,67 Mb.
bet3/7
Sana11.12.2023
Hajmi0,67 Mb.
#115514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob 4 sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rga

kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, ajab emas. (A. Qahhor)
3-§. Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik usuldan tashqari quyidagi unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:1) leksik- semantik usul. Grammatik jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik anglatuvchi jamlovchi otlar orqali: xalq, armiya, to‘da, poda; 2) leksik-sintaktik usul. Son va ot turkumiga oid so‘zlarni biriktirish hamda takroriy otlar orqali: o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta daraxt, dasta - dasta gul, qop - qop un, ombor-ombor g‘alla kabilar. Narsaning birdan ortiqligini qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, otning morfologik ko‘pligi birgina –lar affiksi orqali shakllanadi. Unga (oppozetiv) qarama-qarshi bo‘lgan grammatik shakl esa birlik hisoblanadi.
Grammatik son kategoriyasi otdan boshqa so‘z turkumlarga ham xos bo‘lib, ular ham birlik va ko‘plikda ishlatilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ayni paytda son kategoriyasi bilan qo‘llanadigan so‘zlar ot o‘rnida ishlatilishi va otlashishi jihatidan ikki guruhni tashkil qiladi.
1.Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism guruhi deb nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh kabilar va fe’lning harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, ism guruhiga mansub Men, hech kim, hech nima va o‘z olmoshlari har doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, asosan, birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va ko‘plikda ishlatilishi mumkin: Sen-senlar, u-ular, biz-bizlar, siz-sizlar, kim-kimlar, har nima-har nimalar kabi. Bu olmoshlardan ba’zilariga –lar affiksi qo‘shilganda ular turli ma’no nozikliklarga ega bo‘ladi: Sen olmoshiga –lar qo‘shilganda tinglovchi va boshqalarga murojaat yoki tinglovchini kamsitish, mensimaslik ma’nosi yuzaga keladi: Senlarga gapirayapman! O‘zlik olmoshiga –lar qo‘shilganda esa piching, kesatiq ma’nosi anglashiladi: O‘zlari qadam ranjida qilibdilar-da.
2. Ism guruhiga mansub sifat, sifat o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, ba’zi ravishlar va fe’lning sifatdosh shakli kabi so‘zlarga –lar affiksi qo‘shilganda otlashish asosida grammatik son tushunchasi yuzaga keladi: yaxshilar, kattalar, kichiklar, o‘shalar, shular, avvallari, ilgrilari, ko‘plar, o‘qiganlar, boradiganlar kabi. Miqdor sonlarga –lar qo‘shilgan-da taxmin-chama ma’nosi hosil bo‘ladi: Soat ikkilarda uchrashamiz.

Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: Kirish I bob. 4-sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rganishning nazriy asoslari

Download 0,67 Mb.