Fe`l zamonlari mavzusini o`rganish




Download 0,67 Mb.
bet6/7
Sana11.12.2023
Hajmi0,67 Mb.
#115514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob 4 sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rga

2.2. Fe`l zamonlari mavzusini o`rganish.
Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo’limlar orasidagi bog’lanish, dastur materialining hajmi, uni har sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi uning lingvistik xusisiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. “Fe’l” mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bo’gliq holda aytrim orfografik qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir – biri bilan bo’gliq holda hal etiladi.
Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savod o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi. Fe’l uchun tipik hisoblangan leksik grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishini umumlashtirish imkonini beradigan aniq manba yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe” dagi so’z va matnlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishiga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi.
Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi.
Shu bois ham, darsni tashkil qilishda unga integratsion va innovatsion yondashish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Zero, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmunini, mohiyatini, ularni darsga qanday tadbiq etish usullarini puxta bilmog‘i darkor.
Quyidagi 4-sinf ona tili darsligidagi Fe’l zamonlari mavzusi asosida ko‘rib chiqamiz:
Darsning mavzusi: Fe’l zamonlari.
Darsning maqsadi:
- Ta’limiy: o‘quvchilarga fe’lning uch zamoni, zamonning nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma’lumot berish;
- Tarbiyaviy: kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lishga undash;
- Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish;
Darsning metodi: tushuntirish, suhbat, ”Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini, ”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini.
Darsning borishi: O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida ”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini o‘tkaziladi. ”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini.
O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi uch guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uchun alohida kungaboqar guli doskaga ilib qo‘yiladi va kapalakchalarning qanotlariga har xil so‘z turkumlariga oid so‘zlar yozilgan bo‘ladi. 1-guruhga fe’l so‘z turkumiga oid, 2-guruhga ot so‘z turkumiga oid, 3-guruhga esa sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar yozilgan kapalakchalarni kungaboqar guliga qo‘ndirish topshirig‘i beriladi. To‘g‘ri va birinchi bajargan guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. IPT Fe’l so‘z turkumi Ot so‘z turkumi Sifat so‘z turkumi
Yangi mavzu: Yangi mavzuni e’lon qilishdan avval, o‘qituvchi doskaga bittadan misol yozilgan varoqlarni iladi, o‘quvchilarga navbat bilan bajartiradi va birgalikda bajarilgan misollarni tekshiradi, xatosi bo‘lsa, to‘g‘rilaydi. Shundan so‘ng varoqlarning orqasini o‘giradi va bugungi mavzu nomi (Fe’l zamonlari) kelib chiqadi. O‘qituvchi mavzuni tushuntiradi va o‘quvchilar bilan suhbatlashadi. Fe’llarda harakat uch zamonda bajariladi.

Harakatning qachon bajarilayotganini so‘zlab turgan paytingizga qarab belgilaysiz. Agar so‘zlab turgan paytingizdan oldin bajarilgan bo‘lsa, o‘tgan zamon fe’li, so‘zlab turgan paytingizda bajarilsa, hozirgi zamon fe’li, so‘zlab turgan paytingizdan keyin bajarilsa, kelasi zamon fe’li bo‘ladi.
Mavzu asosida mashqlar bajartiriladi. Mashqlarni multimedia vositalaridan foydalanib tushuntiradi. Mavzuni mustahkamlash maqsadida ”Bulutlarni tarqating” o‘yini o‘tkaziladi. ”Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini. O‘qituvchi doskaga quyosh rasmini iladi va ularni Fe’l zamonlari mavzusiga oid savollar yozilgan bulutchalar bilan yopib qo‘yadi. Sinf jamoasi 3 guruhga bo‘linadi. IPT O‘quvchilarning qo‘llariga tabiatshunoslik faniga oid savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalarga javob bera olgan o‘quvchi bulutlarni olib, savolga javob beradi.
Agar qo‘lidagi savolga javob bera olmasa, jamoasidan yordam olishi mumkin, ammo bulutlardagi savolga o‘zi javob berishi lozim. O‘yin shu tariqa davom etib, hamma bulutlardagi savollarga javob berilgandan so‘ng quyosh porlaydi. Qaysi guruh to‘g‘ri va ko‘p savollarga javob bergan bo‘lsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa: Fe’l zamonlariga oid gaplar tuzib kelish. Bu dars orqali o‘quvchilarda zamonlarni farqlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o`qituvchilari hamda oily ta’limning bitiruvchi kurs talabalariga ham ushbu maqoladan foydalanishini tavsiya beramiz.
Xulosa
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa va tavsiyalar
Bugungi kunda yuksak ma’naviyatga ega bo`lgan, har tomonlama rivojlangan sog`lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga zamonaviy pedgogik texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ustivor vazifalardan biri hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiyaning yangicha mazmuni o`quvchilarning bilim sifatini yanada oshirish, o`quv-tarbiya jarayonini yana takomillashtirish; o`qitish metodlarini hozirgi kun talablari darajasiga ko`tarish; bolaning bilim qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantirish; berilgan bilim va ko`nikmalarning ongli, puxta o`zlashtirilishiga erishish; o`quvchilarning mustaqil amaliy mehnat ko`nikmalarini o`stira boorish kabi vazifalarni ko`zda tutadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda 4-sinf o`qish darslari ham katta o`rin egallaydi. Ayniqsa, 4-sinf she’riy asarlarni o`rganish darslari o`quvchilarda nafosat hissini shakillantirishda, ularning ma’naviy-ruhiyat olamini boyitishda katta ahamiyat kasb etadi.
4-sinf o`quvchilari she’riy asarlarni o`rganish darslarida “O`qish kitobi” darsligida berilgan A.Oripov, A.Avloniy, Erkin Vohidov, Zafar Diyor, Sh.Sa’dulla, Qudrat Hikmat, Miraziz A’zam, Anvar Obidjon, T.Adashboyev, Sulton Jo`ra kabi ko`plab shoirlarning she’riy asarlari bilan yaqindan tanishadilar. Ayniqsa, Zafar Diyorning “Serquyosh o`lka”, Sh. Sadullaning “Kuz”, A.Oripovning “Sharq hikoyasi”, Mirtemirning “Qush tili” kabi she’rlarini o`quvchilar sevib o`qiydilar. Ularni yod oladilar, bu she’rlar o`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usini shakllantirishda, ona diyorni ardoqlash tuyg`ularini, tabiatga mehr hislarini rivojlantirishda juda katta o`rin tutadi.
4-sinfda har bir she’rning tarbiyaviy jihatlariga e’tibor bergan holda, ularni o`qish darslarini samaradorligini oshirish har bir o`qituvchining mas’uliyatli vazifasidir.
4-sinf she’rlarni o`rganish darslarida asosiy ish usuli ifodali o`qish sanaladi. Ifodali o`qishni shunday olib boorish kerakki, she’rni ifodali o`qiganda o`quvchilarning unda tasvirlangan poetik tasvirlardan hayojonlanishlariga eishish muhim bo`ladi.
Ifodali o`qilgan she’r mazmunan va g`oyasi yuzasidan suhbat uyushtirishadi. Suhbat o`qilayotgan she’rning o`quvchilar tomoniodan to`la idrok qilinishini taminlashga xizmat qilishi zarur. Shuning uchun savol berishda, uni to`g`ri shakllantirishda o`qituvchi ziyrak bo`l;ishi maqsadga muvofiqdir.
Mening tavsiyalarim she’rlarni o`qishda uning matnida o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lgan so`zlar va iboralar ustida ishlash ham muhimdir. Chunki, bu jarayonda o`quvchilarning nutqi o`stiriladi , lug`atlari yang- yangi so`zlar bilan boyitiladi. Shu bilan birga, she’rda ifodalangan tasviriy ifoda vositalari ustida ishlash hanm o`quvchilarni o`zbek tilining sehrli olamiga olib kiradi.
4-sinflarda o`rganiladigan ko`pgina she’rlarni tahlil qilib ifodali o`qish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi.
She’riy nutq yengil yodlab olinadi, bolada estetik his-tuyg`u uyg`otadi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda dars jarayonida interfaol metodlarini qo`llash orqali erishiladi.

Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fe`l zamonlari mavzusini o`rganish

Download 0,67 Mb.