• Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • №1 – Amaliy mashg‘ulot Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Ishning maqsadi




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana05.10.2023
    Hajmi0.91 Mb.
    #86720
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi
    GLOSSARIY, talimda-axborot-texnologiyalari-fanining-predmeti-maqsadi-va-vazifalari (1), 2-dars.MS Word matn protsessori interfeysi, aqliy-hujum-va-keys-study-metodlari-yordamida-funksiya-hosilasi-mavzusini-o-qitish, Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, 3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur, titul, Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga, ЖК режа 2023, Startap ariza, 3498-Article Text-6447-1-10-20230808, 496-Article Text-1054-1-10-20220131 (1), mathcad-dasturida-ikki-va-uch-o-lchamli-grafik-qurish-hamda-turli-xil-masalalar-yechishda-qo-llash, Aliberdiyeva M kechki ta\'lim


    №1 – Amaliy mashg‘ulot 
     
    Zamonaviy kompyuterlar va ularning 
    arxitekturasi. 
     
    Ishning 
    maqsadi: 
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining o’quv-texnik vositalar: 
    kompyuter sinflari, multimedia proektorlari, elektron doskalar va 
    ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishish. 
     
    Zamonaviy kompyuterlarning barchasi Fon Neyman tamoyillari asosida 
    yaratilgan, ya’ni ularning barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega. Kompyuter 
    konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro’yxatiga va bu 
    qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi. 
    Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan. 
    1. Tizimli blok; 
    2. Monitor; 
    3. Klaviatura va sichqoncha. 
    Tizimli blok kompyuterning barcha ichki qurilmalarini o’zida jamlovchi va 
    barcha ichki qurilmalarni bir me’yorda ishlatib turuvchi qurilma xisoblanadi. 
    Monitor matnli va grafik ko’rinishdagi axborotlarni ko’rsatib beruvchi 
    qurilma. Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, u ma’lumotlarni foydalanuvchi 
    uchun qulay ko’rinishda tasvirlab bera olmasa, undan hech qanday foyda yo’q. 
    Foydalanuvchi kompyuterdagi ma’lumotlarni asosan, monitor orqali oladi. Monitor 
    ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi. 
    Hozirgi paytda sensorli (sezgir) ekranli monitorlar ham ishlab chiqarilsada, 
    ular shaxsiy kompyuterlarda hozircha keng tarqalmagan. Bunday sensorli 
    ekranlardan telefonlarda, bookreader (elektron kitoblarni o’qish uchun 
    mo’ljallangan qurilmalar), sotuv avtomatlarida va ba’zi noutbuklarda 
    foydalaniladi. Sensorli ekranlarda sichqoncha vazifasini foydalanuvchi barmoqlari 
    Qisqacha nazariy ma’lumotlar:


    bajaradi. Ularda biron ob’ektni sichqoncha yordamida chertish o’rniga ekrandagi 
    shu ob’ektni barmoq bilan chertish etarli. 
    Monitorlar birinchi navbatda ularda ekran sifatida nima ishlatilishi bilan 
    farqlanadi. Dastlab monitorlar elektron nurli trubkalardan foydalanganlar. Ular 
    CRT (Color Ray Tube – rangli nur trubkalari) deb nomlanadi. Ularda ekrandagi 
    tasvir elektron nur yordamida yaratiladi. Rangli tasvir yaratish uchun bunday 
    trubkalarda bir vaqtda uchta nurdan foydalaniladi. Bu nurlar asosiy ranglar deb 
    ataluvchi: Red (qizil), Green (yashil) va Blue (ko’k) ranglarga mos keladi. Uchta 
    asosiy ranglarni qo’shib, tabiatda uchraydigan deyarli barcha ranglarni yaratish 
    mumkin. Shu sababli, monitorlarda rang hosil qilish va rangli tasvirlarni 
    saqlashning ba’zi sistemalari RGB qo’shiluvchi ranglar sistemasi deb ataladi. CRT 
    monitorlari hozircha keng tarqalgan bo’lsa-da, bugungi kunda deyarli ishlab 
    chiqarilmaydi. 
    Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan monitorlarning deyarli barchasi suyuq 
    kristalli monitorlardir. Dastlab, bundan qirq yil oldin elektron soatlar va 
    kalkulyatorlarda foydalanilgan suyuq kristallar hozir deyarli barcha tasvirlarni aks 
    ettiruvchi qurilmalarda ishlatiladi. LCD (Liquid Crystal Display – cuyuq kristalli 
    displey) deb ataluvchi bu monitorlar foydalanuvchilar orasida o’zining tashqi 
    o’lchamlari sababli yassi monitor deb ham ataladi. Bu monitorlarda odatda suyuq 
    holda bo’ladigan, lekin elektr toki ta’sirida kristallana oladigan va rangini 
    o’zgartiradigan moddalardan foydalaniladi. 
    Yana bir monitorlarning turi bu plazmali 
    monitorlardir. Ularning ishlash tamoyili shimoliy qutb 
    yog’dusiga o’xshab ketadi. Bu monitorlarda gaz 
    yuqori haroratli plazma ko’rinishida bo’ladi va ulardan 
    elektr toki o’tganda o’zidan yorug’lik nuri chiqaradi. 
    Bu monitorlarda tasvir elementlari (piksellarning) 
    o’lchamlari 
    ancha 
    katta 
    bo’lib, 
    ularni 
    kichiklashtirishning deyarli iloji yo’q. Shu sababli, 
    bunday monitorlarning o’lchamlari bir necha metr bo’lib, ular shaxsiy 
    kompyuterlarda deyarli foydalanilmaydi. 
    So’nggi paytda yarim o’tkazgichli fotodiodlardan foydalanadigan monitorlar 
    keng ishlab chiqarila va narxlarning pasayishi sababli ommaviylasha boshlandi. 
    Bunday monitorlar LED (Light Electronic Diode – yarim o’tkazgichli fotodiod) 
    deb nom olgan. Suyuq kristallar yorug’lik manbasidan chiqayotgan nurlarni 
    o’tkazsa, fotodiodlarning o’zi yorug’lik manbasidir. Shuning uchun bu 
    monitorlarning bir qator parametrlari, birinchi navbatda tasvirning kontrastligi 
    boshqa turdagi monitorlarga nisbatan juda yuqori. 
    Ular LCD va plazmali monitorlarning kamchiliklari: ko’rinish burchagining 
    kichikligi, 
    ekrandagi tasvir kontrastligi va yorqinligining nisbatan pastligi kabi 
    kamchiliklardan holi. 
    Fotodiodli (boshqacha nomi nurli diodli) monitorlarning o’lchami 12 
    dyuymdan 200 dyuymgacha bo’lishi mumkin. Katta o’lchamli (masalan, 4X3m2) 


    monitorlar hozirgi kunda ko’chalarda ko’plab uchraydi. Ular, xattoki, quyosh 
    nurlari ostida ham yaqqol ko’rinadigan tasvirlar yarata oladilar. 
    Monitorlar o’lchamlarining nisbati bilan ham farqlanadi. CRT 
    monitorlarning o’lchamlari nisbati 4X3 kabi. Dastlab LCD monitorlarning nisbati 
    4X3 kabi bo’lgan bo’lsa, keyinchalik maishiy kinoteatrlarining keng tarqalishi 
    sababli, 5X3 nisbatdagi, so’ngra 16X9 nisbatdagi monitorlar ommaviylashib ketdi. 
    Monitorlarning yana bir muhim parametri ularning o’lchamlaridir. 
    Monitorlarning o’lchamlari televizorlardagi kabi ularning diagonali uzunligi bilan 
    o’lchanadi, bunda o’lchov birligi sifatida dyuymdan foydalaniladi. Bir dyuym 2,56 
    smga teng. Dastlab 12 va 14 dyuymli monitorlar ishlab chiqilgan bo’lsa, 
    keyinchalik 15 va 17 dyuymli, oxirgi paytda 19 va 22 dyuymli monitorlar urf 
    bo’ldi. Hozirgi paytda 32 va 42 dyuymli monitorlar ham ishlab chiqariladi. 
    Monitorlarning yana bir muhim parametri undagi piksellar sonidir. Bu son 
    undagi ustunlar va satrlar soni orqali aniqlanadi, masalan 640X480. 4X3 nisbatdagi 
    monitorlar uchun piksellar soni 800X600, 1024X768, 1280X960, 1600X1200 
    bo’lishi mumkin. 
    Keng formatli (16X9 o’lchamli) monitorlar uchun piksellar soni 1280X720 ga (HD 
    – High Definition – yuqori aniqlikdagi) teng. Hozirgi paytda piksellari soni 
    1920X1080 ga teng (Full HD – to’liq HD) monitorlar ham ko’plab ishlab 
    chiqarilmoqda. 

    Download 0.91 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 – Amaliy mashg‘ulot Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Ishning maqsadi

    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish