|
Mo’dabop eskiz yaratish
|
bet | 1/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 23,45 Kb. | | #136090 |
Bog'liq Mo’dabop eskiz yaratish
Mo’dabop eskiz yaratish
Bir necha eskiz modellarini tanlash va ularni qomatga mosligi hamda ranglarni to`g`ri tanlash. Konstruktsiya chizmasining sifat va qomatda kiyimning to’g’ri o’rnashuv o’lchamlarining aniq va to’g’ri olinishiga bog’liqligini o`rganish.
Barcha modellarga tug`risi ta`rif berishi nazarda tutiladi. Kiyimning vazifasi, mavsumiyligi, rangi, gigienik talablari, estetik talablari va iste`molchi talablarini ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq. Tanlangan modelning siluetlari to`grisida ma`lumotlar:
Kiyimning qomatga mos kelishi kiyimning yuqori qism balansi qanday aniqlanganligiga bog’liq. Qomatning turli joylarida kiyim bir xil yopishib turmaydi, lekin har doim kiyim bilan odam tanasining orasida uning bemalol nafas olib harakat qilish uchun zarur bo’lgan havo bo’shliqlari bor. Kiyimning ichki razmerlari orasidagi farq to’kislik qo’shimchalari deyiladi. Kiyim konstruktsiyalash jarayonida hisoblashlarni osonlashtirish maqsadida kiyim erkinligiga umumiy qo’shimcha olinadi. Uning tarkibiga ham texnik, ham dekorativ konstruktiv qo’shimchalar kiradi, lekin hech qachon umumiy qo’shimcha minimal zarur qo’shimchadan kam bo’la olmaydi. To’kislik qo’shimchalari kiyimning umumiy kengligiga yoki konstruktsiyaning ayrim uchastkalariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Kostyum kompozitsiya asoslari tushunchasini insonning qomat tuzilishidan ajratib bo’lmaydi. CHunki kiyim insonsiz mavjud emas, inson va kiyim-yagona, ajralmas bir butundir. Tikuvchilik sanoatining bo’lg’usi mutaxassislari amaliyotda kiyim kompozitsiyasi asoslari, ommaviy ishlab chiqarish sharoitida esa kiyimlarni modellashtirish xususiyatlarini o’zlashtirish uchun inson o’z ustida ishlamog’i lozim.
Tanlangan model tavsifi
Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil taosirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sunoiy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul taosirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi.
Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi.
Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda modeloer-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi. Konstruktsiya asosining chizmasini hisoblash va tuzish metodini tanlash ishlab chiqarish spetsifikatsiyasiga bog’liq. Kiyimning yakka buyurtma yo’li bilan tikishda o’lchab-hisoblab konstruktsiyalash metodi juda mos keladi, chunki bu metod aniq o’lchangan tufayli gavdaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
|
| |