Kirish hikoya ustida ishlashning asosiy bosqichlari
Mavzu: 4-sinfda hikoya ustida ishlashda izzohli o’qish va aqliy hujum usulidan foydalanish.
KIRISH
Hikoya ustida ishlashning asosiy bosqichlari.
Ertak matnini o’qitish metodikasi.
Hikoya ustida ishlashda tanlab o’qish matnni tasvirlash usullaridan foydalanish.
O’qish darslarida interfaol usullardan foydalanish.
O`qish darslarining aqli hujum metodidan faydalanish usullari.
XULOSA.
Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo'g'ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro'y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag' va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko'zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”1
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hik oya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar.
O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
|