4.O`qish darslarining aqli hujum metodidan faydalanish usullari.
O`qish darslarining samaradorligi ko`p jihatdan ta`lim metodlarining to`g’ri tanlanishiga bog’liq.
“Metod” atamasi yunon tilidan olingan bo`lib, muayan maqsadga erishish, borliqni amaliy va nazariy o`zlashtirish usullari majmuidir. Binobarin fanning o`zi kabi o`qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo`ladi. Masalan, eski maktablarda o`qish quruq yod olish metodi asosida o`rgatilgan bo`lsa, hozir izohli o`qish asosida olib boriladi. YOd olish metodida matndagi so`zlarga izoh berishga, ma`nosini tushuntirishga, o`qilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, o`qishning ongli bo`lishiga mutlaqo e`tibor berilmagan. Ularda ko`proq to`g’ri talaffuz, qiroat bilan o`qish, ifodali o`qish nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o`qish izohli o`qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o`qish nima?
Izohli o`qishga XX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o`qishda o`quvchilarni “ongli, tushunib, o`ylab o`qishga” o`rgatishni alohida ta`kidlaydi va uni “Izohli o`qish” deb nomlaydi.
Izohli o`qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o`qish o`quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o`quvchilarga o`qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o`qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o`quvchilarning oldin bilimlarni o`zlashtirishiga, so`ng yod olishlariga e`tibor berilishi ta`lim jarayonida izohli o`qish deb nomlanganini ta`kidlaydi.
Demak, izohli o`qish deb o`ylashga, his qilishga, asarni to`liq idrok qilishga, o`qilganning mazmunini o`zlashtirishga olib keladigan o`qishga aytiladi. Izohli o`qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g’oyani anglashni ta`minlaydi.
Izohli o`qish qo`yidagi tamoyillarga to`liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo`ladi.
1. O`qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish.
2. O`qishning ongli va ta`sirchan bo`lishi uchun o`quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.
3. O`qishni ko`rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o`simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o`quvchining ifodali o`qishi tarzida olib borish.
Boshlang’ich sinf o`qish darslarida asosan she`rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o`qib o`rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o`ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. SHuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o`ziga xos usulda o`qib o`rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o`qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o`qishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o`qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:
a) o`qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o`qishi hamda o`quvchilarning asarni to`g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emostional idrok etishlarini ta`minlash maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi;
b) o`qilgan asardan o`quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadiga ega bo`lgan va ularning diqqatini matnning muhim g’oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo`naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o`qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo`yilishi;
v) o`qituvchining asar o`qilganidan keyin o`quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida to`yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi .4
Ko`rinadiki, ijodiy o`qish izohli o`qishdan farqli o`laroq, to`g’ridan — to`g’ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Masalan 4-sinfda A. Oripovning “Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi” asarini ijodiy o`qish metodi asosida o`rganish jarayonida matn mazmuni va shoir g’oyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy hususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi.
2-sinfda “O`tinchi yigit”, Boshlang’ich sinfda O`tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, 4-sinfda S. Anorboevning “Qo`rqoq” asarlarini ham ijodiy o`qish metodi asosida o`qitish ijobiy samaralar beradi.
Badiiy o`qish. Badiiy o`qish ifodali o`qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so`z san`atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o`quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san`atkorona o`qishni talab etadi. Badiiy o`qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to`la anglab etilgandagina ta`sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o`qishga tayyorgarlik ko`rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o`quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo`llaniladigan usuldir.
O`qish darslarida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o`qituvchi dastlabki darslarda o`zi asar matnini qismlarga bo`ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo`lgan muhim fikriga o`quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko`rsatadi, o`quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma`noni ochib, o`quvchilarga ko`maklashadi. Bularning bari o`quvchilar uchun bir ko`rsatma vazifasini o`taydi.
YUqorida ta`kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o`qish darslarida ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar”, “Guruhlar bilan ishlash” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo`llash o`qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
XULOSA
Boshlang’ich sinflarda to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqyealar va uning rivojlanishi)ni, kompozistiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va harakterli xususiyatlarini, asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodali vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning harakterini aniqlab olishga yordam beradi
Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o’rganishda o’quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Karimov I.A. «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», T., 1998-yil.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr busag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O’zbekiston.1997-yil.
Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang’ich ta’lim, «Sharq» 1999-yil, 7-maxsus son.
Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. - Toshkent: O’qituvchi. 1985-yil.
Yangi tahrirdagi DTS - 2005-yil. Boshlang’ich ta’lim jo’rnali, 5-son.
Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev. O'zbek tilining imlo lug'ati, 1995-yil
Y.Abdullayev. Hamrohim Toshkent. 1996-yil.
Abdullaeva Q. va boshqalar. O'qish kitobi. 2-sinf Toshkent. O'zbekiston, 2003-
yil.
G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G. «Alifbe»-(«Savod»); «Ona tili», T., «O'qituvchi», 1999- yil.
G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. Sharq. 2003 -yil.
13.Shojalilov A. va boshqalar.«O'qish kitobi»,«O'qituvchi», 2004-yil.
Umarova M. «O'qish kitobi» 3- sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003- yil.
Umarova M. 3-sinfda O'qish darslari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent «Ijod dunyosi» 2003-yil.
16.Shojalilov A. va boshqalar. «O'qish kitobi», «O'qituvchi», 2004-yil.
Qosimova K., Fuzailov S. «Ona tili», 2-sinf uchun, T., «O'qituvchi», 2003-
yil.
|