• To’g’ri o’qish
  • Ongli o’qish
  • Ifodali o’qish
  • O’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari




    Download 71,35 Kb.
    bet3/8
    Sana27.11.2023
    Hajmi71,35 Kb.
    #106106
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kirish hikoya ustida ishlashning asosiy bosqichlari-www.hozir.org

    O’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari
    Dastur talablarini to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur.
    O’qish ko’nikmalari savod o’rgatishg jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.

    O’qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish kiradi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularning asosiysi ongli o’qish hisoblanadi: o’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu, anglab o’kimasa yoki uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-yu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida pauzalarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi; to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
    O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o’qish malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida sistematik va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
    O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Yegorov o’zining «Ocherki psixologii obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va

    avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi, bunda so’zni bo’g’in-harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni sidirg’a o’qish harakterlidir; bunda so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi. O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O’quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish avtomatlasha boradi.
    O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lsin.


    To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik formalarni buzmasdan, so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, oshiqchasini qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi. M. Odilova va T. Ashrapovalar «Adabiy talaffuz normalariga qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham taaUuqlidir», - deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to’g’ri o’qishga quyidagicha ta’rif bergan: «To ’g’ri o ’qish - bu materialni tovush tomondan xatosiz va bir tekisda ravon nusha ko ’chirishdir». Demak, to’g’ri o’qish so’zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o’qishdir.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o’rtasida puxta sintez yo’q bo’lgani uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.
    To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga bog’liq. O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra xatoga yo’l qo’yadilar:
    l.So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida puxta sintez bo’lmagani uchun, ya’ni bola so’zning oldin tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So’zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.

    1. So’zning bo’g’in tuzilishi murakkabligi tufayli. So’z ko’p bo’g’inli bo’lsa, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa xatoga yo’l qo’yadi.


    3 So’zning ma’nosini bitlmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi.


    1. Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi.


    2. To’g’ri o’qish yoryog’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq.


    3. Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli so’zlarni o’qishda qiynaladilar.


    Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:


    1. Matnni o’qitishdan oldin undagi o’qilishi qiyin so’z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so’zlarni bo’g’inlab o’qilishini mashq qildirish.


    2. Matnni o’qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushuntirish. So’z ma’nosini izohlash usullarini aniqlash.


    3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish


    4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o’qishlari uchun sharoit yaratish.


    5. Oldin ichda o’qitish, so’ng ovoz chiqarib o’qitish.


    6.O’qitishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish,ya’ni matnnin oson, o’rtacha qiyinlikda va qiyin o’qiladigan o’rinlarini belgilab olib unga kuchi yetadigan o’quvchilarga oldindan taqsimlab olish.


    7.O’quvchilarning o’qishini muntazam tekshirib turish.
    8. Xatoning harakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish yo’lini aniqlash.
    9.O’quvchilarni xato qilish mumkin bo’lgan o’rindan ogohlantirib turish.

    1. Xat cho’pdan foydalanish.


    2. Xato o’qish o’quvchining shaxsiy ko’ruv sezgisiga ham bog’liq bo’ladi.


    O’qituvchi tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan doskaga yoki kartonga


    bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga xor bo’lib o’qitilishi yaxshi natija beradi.
    O’quvchilar yo’l qo’ygan xato ikki xil yo’l bilan tuzatiladi: 1) O’quvchi so’z oxiridagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, o’quvchini o’qishdanto’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin; 2) xato o’qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan foydalaniladi.Bunda o’quvchiga o’qigan matni yuzasidan savol berilsa, o’quvchi e’tiborli bo’lib qayta o’qiydi.

    Tez o’qish. Tez o’qish normal tezlikda o’lib, o’qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’suvi kerak. O’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni, matin mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qish tez o’qish deyiladi.
    O’qish sifatlarini yaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o’ta tez ham , o’ta sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiyinlashtiradi.
    O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005 - yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o’qish sur’ati
    20-25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi Xam 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25­30 so’z; 2- sinfning 1- yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’; 2-yarim yilligida 40-50 so’z; 3- sinfning 1- yarim yilligida 60-70 so’z; 2- yarim yilligida 70-80 so’z; 4- sinfning 1- yarim yilligidja ichda ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishda 90-100 so’z.
    Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. atijada u so’zlarni eslab qola olmaydi.2
    Bu 4- sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 so’zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi.4 - sinfda xatto bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor2.
    O’qish tezligi to’rt yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning harakterini , ya’ni g’oyaviy mavzuviy murakkabligshini , so’z va gaplarning tuzilishini , ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Bunga asosan matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish bilan erishiladi.

    Ongli o’qish.Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o’qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarin i va badiiy vositalarining rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqyea-hodisalarga o’zmunosabatini ifodalay olishdir.Ongli o’qish o’z navbatida, o’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksik ma’nosini,gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. Hozirda ongli o’qish atamasi adabiyotlarda va maktabtajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o’qish jarayonini egallashga nisbatan o’qish texnikasi
    ma’nosida,ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish sifatlaridan biri ma’nosida qo’llanadi.
    Matnni ongli o’qish uchun o’quvchilar o’qish sifatlaridan to’g’ri, me’yorida o’qishni egallagan bo’lishlari va o’qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O’quvchilar matnni ongli o’qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
    Ongli o’qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi.O’qituvchi ongli o’qishni matnni ifodali o’qishga (agar ovoz chiqarib o’qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to’g’riligiga qarab baholaydi. Ongli o’qish va ifodali o’qish bir -birini taqozo qiladi, ammo bir- biriga aynan o’xshamaydi.


    Ifodali o’qish intonastiya - ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. ”Ifodali o’qish adabiyotni konkret va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova. Demak, ”Ifodali o’qishning asarning mazmunini va emostionalligini intonastiya orq ali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir”.
    Ohang og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg’u, nutq temp iva ritmi, pauza , ovozning past-balandligining yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.
    O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:
    1. Nutq jarayonidan nafasni to’g’ri olish va to’g’ri taqsimlay bilish.


    2. Har bir tovushning to’g’ri artikulyastiyasi va aniq dikstiya(burro gapirish) malakasini egallash.


    3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash.


    Bu shartlar faqat ifodali o’qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O’quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali bo’lishi zarur.


    Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog’lanadi. Shuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland -pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan harakterlanadi. O’quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o’qish(gapirish)ga, nutqda tez, o’rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar. Ifodali o’qishga o’rgatishda o’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi.
    Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi:
    LAsaming aniq mazmunini tushunish , unda qatnashgan shaxslarning xatti- harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash,ya’ni asarning g’oyaviy mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

    1. Matnning qayerida pauza qilishni, mantiqiy urg’uning o’rnini,o’qish tempini belgilab olish.


    2. O’qishni mashq qilish. Avtor fikrini, uning tasvirlangan voqyea- hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish uchun matnni qayta o’qish.


    Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn ma zmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqyealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni o’qituvchining ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega.





    Download 71,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 71,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari

    Download 71,35 Kb.