ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
134
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA DIDAKTIK O’YINLI TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLIGI
Sarvinoz Rahimjonova To’lqin qizi
Qo’qon universiteti bakalavrianti
https://doi.org/
10.5281/zenodo.6660387
Annotatsiya.
Maqolada boshlangʻich sinflarda tabiatshunoslik fanini oʻqitish jarayonida
didaktik oʻyinlardan foydalanish va uning metodologiyasi haqida soʻz yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Oʻqitish metodi, taʼlim texnologiyalari, verbal muloqot, taʼlim jarayoni,
shaxs, didaktika.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В статье освещены место и значение использования дидактико-
игровых образовательных педагогических технологий, а также методика их применения
в процессе обучения природоведению в начальных классов.
Ключевые слова:
Mетод обучения, образовательные методы, вербальное общение,
процесс обучения, личность, дидактика.
EFFECTIVENESS OF DIDACTIC GAME EDUCATION TECHNOLOGIES IN
PRIMARY EDUCATION
Abstract.
In the article is lightened the place and importance of didactic game
educational technologies implementation in teaching of nature studies in the primary classes and
its methodics in the teaching process.
Keywords:
teaching method, educational methods, oral speech, teaching process,
personality, didactics.
KIRISH
Ushbu muammolarni tahlil qilishdan avval quyidagi maʼlumotlar, tushuncha va atamalar
ustida toʻxtab oʻtish lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar mohiyati oʻquvchiga
bilim
berish, ularni toʻliq oʻzlashtirishdan iborat. Taʼlim muassasalarida pedagogik texnologiyalar
asosida dars oʻtishda asosiy talab oʻquvchining hayotiy tajribasi, avval oʻzlashtirgan bilimi va
qiziqishlari asosida yangi bilim berishni koʻzda tutadi.
Taʼlim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi oʻzining koʻp
qirraliligi bilan namoyon boʻlmoqda. “Oʻquvchining ruhiy holatlari, uning kelajakda rivojlanishi
(yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti?”, degan savollarning yechimiga bogʻliq. Shu jihatdan
olganda, pedagogik texnologiya shaxs rivojlanishi
bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash va
differensiyalash imkoniyatlariga ega. Bu pedagogning taʼlim texnologiyalaridan
foydalanish
qobiliyatiga bogʻliq.
Uzluksiz taʼlim tizimida zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalaridan foydalanish
oʻquv materiallarini oʻquvchi tomonidan qabul qilish va oʻzlashtirish samarasini oshiradi.
Shu bois shaxsiy kompyuterlar taʼlim vositasiga aylanmoqda. Bu shaxsiy kompyuter
oʻqituvchining barcha funksiyalarini oʻz zimmasiga oldi, degani emas, albatta.
Balki
oʻquvchining shaxsiy kompyuter bilan ishlashi taʼlim jarayonini samarali tashkil qilishga
imkoniyat yaratadi.